O‘qish malakalarining sifatlari: tez, ongli, ifodali o‘qish




Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/163
Sana12.01.2024
Hajmi5,58 Mb.
#136140
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   163
Bog'liq
12590 2 CE8BD3CE1F03505534B64BE6967001D373895E4B

5.3.O‘qish malakalarining sifatlari: tez, ongli, ifodali o‘qish 
Tez o‘qish. Tez o‘qish normal tezlikda o‘lib, o‘qish sur’ati matnning 
mazmunini tushunishdan ajralib qolmasligi kerak. O‘qish tezligi matnni 
tushunish tezligi bilan muvofiq ravishda o‘suvi kerak. O‘qilayotgan asar 
mazmunini o‘zlashtirishni, matn mazmunini ongli idrok etishni ta’minlaydigan 
o‘qish tez o‘qish deyiladi. 
O‘qish sifatlarini yaxshi o‘zlashtirgan holda o‘quvchilarning o‘qish sur’ati 
bir-biridan farq qiladi. Bu dastur talablarini bajarmadi, degan gap emas. Og‘zaki 
nutq tempiga to‘g‘ri keladigan o‘qish sur’ati normal tezlik hisoblanadi. CHunki 
o‘ta tez ham, o‘ta sekin o‘qish ham matn mazmunini o‘zlashtirishni 
qiyinlashtiradi. 
O‘qish tezligi bir daqiqada o‘qiladigan so‘zlar soni bilan belgilanadi. 
2005- yilda e’lon qilingan o‘qish dasturida 1- sinfning 2- yarim yilligida o‘qish 
sur’ati 20-25 so‘z (notanish matnni o‘qish tezligi ham 20-25 so‘z); o‘quv yili 
oxirida 25-30 so‘z; 2- sinfning 1- yarim yilligida matnni o‘qish tezligi 30-35 
so‘z; 2-yarim yilligida 40-50 so‘z; 3- sinfning 1- yarim yilligida 60-70 so‘z; 2- 
yarim yilligida 70-80 so‘z; 4- sinfning 1- yarim yilligida ichda ovozsiz 110-130 
so‘z, ovozli o‘qishda 90-100 so‘z. 
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, bir daqiqada bola 250 so‘zli matnni o‘qisa, 
undagi 200 ta so‘zni eslab qolar ekan. Agar harflab, bo‘g‘inlab o‘qisa, uning 
diqqat markazida so‘z emas, bo‘g‘in bo‘ladi. natijada u so‘zlarni eslab qola 


205 
olmaydi. 
(J.G‘.Yo‘ldoshev.1992 
yil 
«O‘qituvchilar 
uyidagi 
ijodkor 
o‘qituvchilarning 1- anjumanidagi nutqidan). 
Bu 4- sinf o‘quvchilarining o‘qish tezligiga tatbiq etilsa, 125 so‘zdan 100 
so‘zni eslab qoladi. Bu esa yuqori ko‘rsatkichlarga erishish imkonini beradi.4- 
sinfda hatto bir daqiqada 170-180 ta so‘z o‘qiydigan o‘quvchilar ham bor. 
O‘qish tezligi to‘rt yil davomida to‘g‘ri va ongli o‘qish bilan bog‘liq holda 
asta ortib boradi. O‘qish tezligini tekshirganda o‘qituvchi o‘qiladigan 
materialning xarakterini , ya’ni g‘oyaviy mavzuviy murakkabligini , so‘z va 
gaplarning tuzilishini , ularning bolalar nutqida qaydarajada ishlatilishini, 
o‘qishning to‘g‘ri va ongli bo‘lishini hisobga oladi. O‘quvchilarning o‘qish 
tezligi har xil bo‘ladi, albatta. O‘qituvchining vazifasi barcha o‘quvchilarning 
o‘qish tezligini, iloji boricha bir xillikka keltirishdan iborat. Bunga asosan 
matnni ovoz chiqarib o‘qishni mashq qilish bilan erishiladi.

Download 5,58 Mb.
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   163




Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘qish malakalarining sifatlari: tez, ongli, ifodali o‘qish

Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish