201
«Tarmoqlar», «Guruhlar bilan ishlash», “Blist texnologiyasi” kabilardan ham
foydalanish yaxshi samara beradi.
Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, har bir darsda qanday metoddan
foydalanish, darsda qanday usullarni qo‘llash o‘qituvchi tomonidan oldindan
belgilab olinishi va puxta ishlab chiqilishi kerak.
5.2. O‘qish malakasi haqida tushuncha
Dastur talablarini to‘liq bajarish va amalga oshirish uchun, birinchi
navbatda o‘qish ko‘nikmalarini to‘g‘ri va puxta egallash
va takomillashtirib
borish zarur.
O‘qish ko‘nikmalari savod o‘rgatishg jarayonida shakllanadi, o‘qitishning
keyingi bosqichlarida takomillashadi.
O‘qish malakalarining sifatlariga badiiy asar matnini to‘g‘ri, tez, ongli va
ifodali o‘qish kiradi. O‘qish darslarida o‘quvchilarning o‘qish malakalari
shakllantiriladi va takomillashtiriladi. O‘qish malakasining sifatlari o‘zaro
bog‘liq bo‘lib, ularning asosiysi ongli o‘qish hisoblanadi: o‘quvchi
matnni tez
va to‘g‘ri o‘qisa-yu, anglab o‘kimasa yoki uning tez o‘qishi natijasida boshqalar
matn mazmunini tushunmasa, to‘g‘ri o‘qisa-yu, o‘ta sekin o‘qisa, nutq birliklari
orasida pauzalarga e’tibor bermasa, matnda ifoda etilayotgan fikr tushunilmaydi.
Muayyan tezlikda va to‘g‘ri o‘qish ongli o‘qishga xizmat qiladi; to‘g‘ri, tez va
ongli o‘qish esa ifodali o‘qishning asosi hisoblanadi.
O‘qish malakalarini egallash maktabda o‘qitiladigan barcha predmetlarni
muvaffaqiyatli o‘zlashtirishning muhim sharti hisoblanadi. O‘qish faoliyatning
asosiy turi bo‘lib, o‘quvchilarni g‘oyaviy-siyosiy, aqliy,
estetik va nutqiy
tomondan rivojlantirish uchun juda katta imkoniyat yaratadi. Bu jarayon esa
o‘qish malakalarini o‘stirish va takomillashtirish ustida sistematik va maqsadga
muvofiq ishlashni talab qiladi.
O‘qish malakasini egallash ancha murakkab bo‘lib, uni shakllantirish uzoq
vaqtni talab etadi. Psixolog T. G. Yegorov o‘zining «Ocherki psixologii
obucheniya detey chteniyu» nomli asarida o‘qish
malakalarini shakllantirish
jarayonini uch bosqichga ajratadi:
analitik bosqich, sintetik bosqich va
202
avtomatlashgan bosqich. Analitik bosqich savod o‘rgatish davriga to‘g‘ri keladi,
bunda so‘zni bo‘g‘in-harf tomonidan tahlil qilish va bo‘g‘inlab o‘qish malakasi
shakllantiriladi. Sintetik bosqich uchun so‘zni sidirg‘a o‘qish xarakterlidir;
bunda so‘zni ko‘rish orqali idrok qilish va uning talaffuzi so‘z ma’nosini
anglash bilan asosan mos keladi. O‘qish so‘z ma’nosini
idrok qilish bilan
amalga oshadi. O‘quvchilar sintetik bosqichga 3-sinfda o‘tadilar. Bundan
keyingi yillarda o‘qish avtomatlasha boradi.
O‘qish darslarida asar ustida ishlashni shunday tashkil etish kerakki, asar
mazmunini tahlil qilish o‘qish malakalarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan
bo‘lsin.