203
1.So‘zni talaffuz qilish bilan uning ma’nosini tushunish o‘rtasida puxta
sintez bo‘lmagani uchun, ya’ni bola so‘zning oldin tovush tomonini ko‘radi, uni
talaffuz qilishga oshiqadi. So‘zning ma’nosini esa e’tibordan chetda qoldiradi.
2. So‘zning bo‘g‘in tuzilishi murakkabligi tufayli so‘z ko‘p bo‘g‘inli
bo‘lsa, bola uni oldin eshitmagan bo‘lsa xatoga yo‘l qo‘yadi.
3 So‘zning ma’nosini bitlmaslik tufayli xatoga yo‘l qo‘yadi.
4. Tez o‘qiyman deb xatoga yo‘l qo‘yadi.
5. To‘g‘ri o‘qish yorug‘likning tushishiga ham bog‘liq.
6. Undosh tovush so‘zning o‘rtasida va oxirida kelgan yopiq bo‘g‘inli
so‘zlarni o‘qishda qiynaladilar.
Xato o‘qishning oldini olish uchun quyidagilar e’tiborga olinadi:
1.Matnni o‘qitishdan oldin undagi o‘qilishi qiyin so‘z, birikma va gaplarni
aniqlash va ular ustida ishlash usullarini belgilab olish.
Tuzilishi murakkab
so‘zlarni bo‘g‘inlab o‘qilishini mashq qildirish.
2.Matnni o‘qishdan oldin uning mazmunini tushunishni qiyinlashtiradigan
so‘zlarning lug‘aviy ma’nosini tushuntirish. So‘z ma’nosini izohlash usullarini
aniqlash.
3. Vazifalarni aniq va tushunarli qilib berish
4. Matnni diqqat-e’tibor bilan o‘qishlari uchun sharoit yaratish.
5. Oldin ichda o‘qitish, so‘ng ovoz chiqarib o‘qitish.
6.O‘qitishda o‘quvchilarning individual
xususiyatlarini hisobga olish,
ya’ni matnni oson, o‘rtacha qiyinlikda va qiyin o‘qiladigan o‘rinlarini belgilab
olib unga kuchi etadigan o‘quvchilarga oldindan taqsimlab olish.
7.O‘quvchilarning o‘qishini muntazam tekshirib turish.
8. Xatoning xarakteriga qarab, uni metodik tomondan to‘g‘ri
tuzatish
yo‘lini aniqlash.
9.O‘quvchilarni xato qilish mumkin bo‘lgan o‘rindan ogohlantirib turish.
10.Xat cho‘pdan foydalanish.
11. Xato o‘qish o‘quvchining shaxsiy ko‘ruv sezgisiga ham bog‘liq
bo‘ladi.
204
O‘qituvchi tuzilishi murakkab so‘zlarni oldindan doskaga yoki kartonga
bo‘g‘inlarga bo‘lib yozib qo‘yib, o‘quvchilarga xor bo‘lib o‘qitilishi yaxshi
natija beradi.
O‘quvchilar yo‘l qo‘ygan xato ikki xil yo‘l bilan tuzatiladi: 1) O‘quvchi
so‘z
oxiridagi
qo‘shimchani
noto‘g‘ri
o‘qisa, o‘quvchini o‘qishdan
to‘xtatmasdan xatoni to‘g‘rilash mumkin; 2) xato o‘qish
bilan gaplarning
mazmuni buzilsa, qayta o‘qitish usulidan foydalaniladi.Bunda o‘quvchiga
o‘qigan matni yuzasidan savol berilsa, o‘quvchi e’tiborli bo‘lib qayta o‘qiydi.