200
Ifodali o‘qish oldiga qo‘yilgan bu talab
M. Abdurashidxonovning «Har kim
ekkanin o‘rar», Sh. Sa’dullaning «Laqma it», A. Oripovning «Dehqonbobo va
o‘n uch bolakay qissasi» kabi she’riy hikoyalarini o‘qishga ham xosdir.
Badiiy o‘qish. Badiiy o‘qish ifodali o‘qishning
yuksak bosqichi
hisoblanadi. Unda so‘z san’atining barcha komponentlari ishtirok etadi. U
o‘quvchidan asar ruhiga batamom kirishni, san’atkorona o‘qishni talab etadi.
Badiiy o‘qishda asar
qahramonlarining ruhiy holati, kechinmalari to‘la anglab
etilgandagina ta’sirchanlikka erishish mumkin. Badiiy o‘qishga
tayyorgarlik
ko‘rishda aktyorlarning audio-video tasmalarga yozilgan ijrolaridan foydalanish
yaxshi samara beradi.
Sinfda o‘qishning muvaffaqiyatini ta’minlaydigan omillardan biri
tanlab