4-MODUL. SINFDA O‘QISH MЕTODIKASI
5-MAVZU: SINFDA O‘QISH DARSLARINING TA’LIMIY-
TARBIYAVIY AHAMIYATI VA VAZIFALARI
Tayanch so‘zlar: ongli o‘qish, o‘qish malakalari, , anglab o‘qish, to‘g‘ri
o‘qish, ovozli o‘qish, sintetik bosqich, Intonastiya, ovozli o‘qish,.ichda o‘qish.,
shivirlab o‘qish, tarbiyaviy ahamiyat, ongli o‘qish, milliy qadriyatlar, vatanimiz
tarixi, ijtimoiy tarixiy mavzular.
193
5.1. O‘qish darslarining tarbiyalovchi imkoniyatlari
Boshlang‘ich sinflarning o‘qish darslari o‘z mohiyati, maqsad va
vazifalariga ko‘ra ta’lim tizimida alohida o‘rin tutadi. Negaki uning zaminida
savodxonlik va axloqiy-ta’limiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham
boshqa predmetlar ta’limini o‘qish ta’limisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
O‘quvchi matnni to‘g‘ri, tez, tushunib o‘qish, mazmunini o‘zlashtirish
bilan ilk bor o‘qish darslarida yuzlashadi. O‘qish darslari orqali o‘quvchilarning
Davlat ta’lim standartlari (DTS) talablari bo‘yicha o‘zlashtirishlari ko‘zda
tutilgan o‘quv-biluv ko‘nikma-malakalari hamda bilimlarni egallashlariga yo‘l
ochiladi. Aynan o‘qish ta’limida insonning, avvalo, o‘zligini, qolaversa olamni
anglashga bo‘lgan intilishlariga turtki beriladi.
Shu maqsadda «O‘qish kitobi» darsliklariga ona tabiat, atrofimizni o‘rab
turgan olam, Vatanimiz tarixi va bugungi qiyofasi, kattalar va bolalar hayoti,
mehnatsevarlik, istiqlol va milliy-ma’naviy qadriyatlar, xalqlar do‘stligi va
tinchlik kabi turli mavzular bo‘yicha atroflicha tushunchalar berishga
mo‘ljallangan badiiy, axloqiy-ta’limiy, ilmiy-ommabop asarlar kiritiladi.
O‘qish darslari savod o‘rgatish davrida o‘quvchilarni bo‘g‘in, so‘z va
gaplar bilan tanishtirish va ularni o‘qish, rasmlar asosida hikoya qilish tarzida
uyushtirilsa, o‘qish texnikasi egallangandan so‘ng o‘qish muayyan mavzular
bo‘yicha tanlangan badiiy, ilmiy-ommabop matnlar yuzasidan olib boriladi.
Boshlang‘ich sinf “O‘qish kitobi” darsliklariga kiritilgan muayyan
mavzular o‘quvchilarni badiiy adabiyotning sehrli olamiga olib kirishi,
dunyoqarashlarini milliy istiqlol mafkurasi asosida to‘g‘ri shakllantirishga
qaratilishi bilan belgilanadi. Shunga ko‘ra, o‘qish darslarining etakchi xususiyati
o‘quvchilarning savodxonligini ta’minlash bilan birga o‘quvchilarni milliy
mafkura asosida yuksak axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratiladi.
Boshlang‘ich sinflarning o‘qish darslarida o‘rganiladigan asarlarning
mavzu doirasi ancha keng bo‘lib, ular ona tabiat, yil fasllari, xalq og‘zaki ijodi,
194
mehnatga muhabbat, asosiy bayram sanalari, milliy istiqlol va ma’naviyat kabi
umumiy mavzular doirasida birlashtirilgan.
O‘qish darslari uchun tanlangan mavzular o‘quvchilarga kundalik hayot,
mustaqillikni mustahkamlash va insoniy munosabatlar bo‘yicha ham bilim va
tarbiya berishni ko‘zda tutadi. Bular ichida istiqlol, vatan, ma’naviyat va tabiat
haqidagi mavzular alohida ajralib turadi. Ulardan ko‘zlangan maqsad o‘zlikni
anglash, istiqlol, vatan va tabiat bilan bog‘liq tuyg‘ularni uyg‘otishdir.
Vatanparvarlik, atrofimizdagi olam, mehnatsevarlik kabi mavzular o‘qish
darsliklaridagi keng qamrovli mavzulardan bo‘lib, 2-sinf “O‘qish kitobi”dagi
|