190
So‘zlanning orasidagi masofa esa bir xil saqlanishi (5-6
mm dan oshmasligi,
bundan oz ham bo‘lmasligi) kerak. Xatning chiroyli chiqishda harflar va so‘zlar
orasidagi masofaning bir xilda bo‘lishi katta rol o‘ynaydi. Shuning uchun 3
sinfda bu masalaga alohida e’tibor berish lozim.
So‘zlarni qatorlarga to‘g’ri joylashtirish malakasi ko‘proq ko‘chirib yozuv
mashqlari orqali hosil qilinadi.
3-4 sinflarda bosh harflarning yozilishini ko‘proq mashq qildirish lozim.
Bosh harflarni mashq qildirish orqali ayrim ish qog’ozlarini xat, adres va
hokazolarni yozish qoidalari ham tushuntiriladi. Bunday ish qog’ozlarini aniq,
ozoda va to‘g’ri bajarish shu sinflardan boshlab talab etiladi.
Tinish belgilarini yozishga o‘rgatish. Tinish
belgilari, asosan qo‘shma
gap tarkibidagi ayrim sodda gaplarni, gapning ajratilgan
ikkinchi darajali
bo‘laklari va uyushiq bo‘laklarni, kirish so‘z va gaplarni ajratish uchun
ishlatiladi. Bu gaplar esa ayrim gap va gap bo‘laklarini
grammatik
ifodalanishiga, mazmunga va ohanglariga ko‘ra bir-biridan ajratiladi.
Hozirgi o‘zbek yozuvida o‘n xil tinish belgi ishlatiladi:
1.
. (nuqta). 2.
? (so‘roq belgisi). 3.
! (undov belgisi). 4.
… (ko‘p nuqta).
5.
, (vergul). 6.
; (nuqtali vergul). 7.
: (ikki nuqta). 8.
– (tire). 9.
( ) (qavs). 10.
“
”,
« » (qo‘shtirnoq).
Tinish belgilari qoidalari tizimini tilshunoslikning punktuatsiya bo‘limi
o‘rgatadi.
Quyida qo‘l yozma ishlarda tinish belgilarining qanday qo‘yilishini
ko‘rsatib o‘tamiz.
Nuqta yozma va bosma tekstlarda daftar chizig’ining ustiga dumaloq
shaklda qo‘yiladi.
So‘roq
belgisi nuqtadan boshlanib, yarim doira va egri chiziqdan iborat
bo‘ladi, egri chiziqning oxirgi qismi ingichkalashib boradi. Egri chiziqchaning
ostidagi nuqta daftar chizig’ining ustiga qo‘yiladi.
191
Undov belgisi yuqori qismi bilan yoziladigan to‘g’ri tayoqcha va nuqtadan
iborat bo‘lib, to‘g’ri tayoqchaning oxirgi
qismi ingichkalashib boradi, to‘g’ri
tayoqcha ostidagi nuqta daftar chizig’ining ustiga qo‘yiladi.
Ko‘p nuqta (odatda ketma-ket qo‘yiladigan uchta nuqta) daftar chizig’ining
ustiga qo‘yiladi. Agar ko‘p nuqta so‘roq va undov belgisidan keyin qo‘yilishi
kerak bo‘lsa, so‘roq yoki undov belgisidan keyin faqat ikkita nuqta qo‘yiladi.
Vergul nuqta bilan boshlanib, uning nuqtasi daftar chizig’ining ustida,
oxirgi qismi esa ingichkalashib, chiziqdan pastga tushadi.
Nuqtali vergulning nuqtasi vergulning ustiga qo‘yiladi.
Ikki nuqtaning ostidagi nuqta daftar chizig’ining ustiga qo‘yiladi.
Tirening uzun-qisqaligi matematikadagi minus (ayiruv) bilan teng bo‘lib,
daftar chizig’idan bir oz yuqoriga qo‘yiladi.
Ayrim o‘quvchilar
tire bilan orfografik
belgi hisoblanadigan chiziqchani