Bog'liq 12590 2 CE8BD3CE1F03505534B64BE6967001D373895E4B
O harfini yozishda o‘quvchilar ko‘pincha quyidagi xatoga yo‘l
qo‘yadilar:
1. O harfini oziga cho‘zinchoq emas, balki lo‘nda va to‘g’ri yozadilar:
2. Harfni kichkina va ingichka yozadilar.
O‘quvchilar o‘ harfini yozish jarayonida ham aynan shunday xatolarga
yo‘l qo‘yadilar.
181
Kichik a harfining unsurlari qo‘shib yoziladi. U o‘zidan keyin
yoziladigan harflar bilan ham oson bog’lanadi. Kichik a harfini yozish
uchun birinchi navbatd cho‘zinchoq doira o‘tkaziladi va qo‘lni daftardan
olmasdan turib ikkinchi elementi tushiriladi:
Bu harfning yozilish shaklini o‘quvchilar juda yaxshi o‘zlashtirib
olishlari zarur. Agar uning yozilish tarzini yaxshi o‘zlashtirib ololmasalar
qo‘lni uzib yozishga o‘rganib qoladilar. Shuning uchun o‘qituvchi
o‘quvchilarga ba harfning yozilishini qayerdan boshlashni va qayerda
tugatishni doim eslatib turishi lozim.
O‘quvchilarning yozuvida quyidagicha noto‘g’ri yozilgan a harflarini
uchratish mumkin:
1. Ikkinchi (osti ilmoqli tayoqcha) unsuri birinchi cho‘zinchoq doira
unsuridan yuqorga chiqib ketadi:
2. Cho‘zinchoq doira shaklidagi unsurini ochiq qoldirib, unsurlarni to‘g’ri
bog’lay olmaydilar:
3. Unsurlarning qo‘shilish joyida burchak (joy) qoldirmaydilar:
182
O‘qituvchi bunday xatolarni tuzatish uchun doskada yana qayta (katta
o‘lchamda) to‘g’ri yozilishini ko‘rsatib berishi lozim.
Kichik g harfi ikki unsurdan iborat bo‘lib, o‘zidan keyingi harflar bilan
oson bog’lanadi:
Bu harf yozilish shakli jihatidan sodda bo‘lishiga qaramay o‘quvchilar
quyidagi xatolarga yo‘l qo‘yadilar:
Bu xatolarni tuzatish uchun harflar bilan bir qatorda, osti ilmoqli, uzun
tayoqcha shaklidagi unsurini yozdirish va ularni qiyos qilib ko‘rsatish lozim.
O‘quvchilar g’ harfini yozish jarayonida ham asosan shundy xatolarga yo‘l
qo‘yadilar.
Kichik p harfi unsurlarga ajratilmay bir butun shaklda yozdiriladi. Bu
harfni yozishda qatorlar orasining o‘rtasidan pastki qatorlar orasining
o‘rtasigacha uzun tayoqcha tushiramiz, keyin esa qo‘l harakatini uzmay
tayoqcha bo‘ylab yuqoriga ko‘taramiz va satrlar orasini to‘ldirib tayoqchaga
ulangan o yozamiz.
183
Bu harfni yozishda o‘quvchilarning xatida quyidagi kamchiliklarni
uchratish mumkin:
1. Qo‘l harakatini uzib, unsurlarini alohida-alohida yozish:
2. Uzun tayoqcha shaklidagi chiziqning ustidan qo‘lni qayta aniq
yurgiza olmaydilar, burilish chizig’ini daftar chizig’ining ostidan
boshlaydilar:
3. Harf unsurlarining qiyaligini to‘g’ri saqlay olamydilar:
Bunday kamchiliklarning oldini olish uchun o‘quvchilarning diqqatini
harf unsurlarining to‘g’ri yozilishiga tortib, quyidagicha mashqlar o‘tkazish
lozim:
Kichik q harfi kichik o harfiga osti tugunchakli unsurini qo‘shib yozish
orqali hosil bo‘ladi:
184
Ushbu harfni yozishda quyidagi xatolarga yo‘l qo‘yadilar:
1. Birinchi va ikkinchi unsuri noto‘g’ri bog’lanadi:
2. Ikkinchi unsurning keyingi harfga bog’lanadigan ilmoqi qator
o‘rtasidan emas, balki pastroqdan qo‘yiladi: