3-4-sinfda husnixat darslarini rejalashtirish




Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/163
Sana12.01.2024
Hajmi5,58 Mb.
#136140
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   163
Bog'liq
12590 2 CE8BD3CE1F03505534B64BE6967001D373895E4B

 
4.5. 3-4-sinfda husnixat darslarini rejalashtirish
Uchinchi sinf dasturida o‘quvchilar husnixatini takomillashtirish uchun 
quyidagi talab va tavsiyalar berilgan:
- Yozuvga oid malakalarni mustahkamlash; 
- Bolalarni bir chiziqli daftarda yozishni mashq qildirish (harflarni 
balandlik va kenglik o‘lchamini o‘zlashtirish): 
- O‘quvchi uchun qiyin bo‘lgan ayrim bosh va kichik harflarni, harflar 
birikmasini yozishga, shuningdek, harflarni to‘g’ri ulanishiga rioya qilish. 
Shu tavsiyalarga tayangan holda uchinchi sinfda husnixat darslari tashkil 
etiladi. Bu sinfda o‘quvchilarning yozuv malakalarini mustahkamlash uchun 
ularga ko‘proq ko‘chirib yozish mashqlarini berish va yozuv tezligini hisobga 
olib boorish lozim. Tez yozish malakasini hosil qilish uchun qo‘l va barmoq 
muskullari harakatini o‘stiruvchi mashqlarni bajarish; ayrim kichik va bosh 
harflarning yozilish metodlarini ko‘rsatish kerak bo‘ladi. 
Bunday mashqlar o‘quvchilarning chamalash qobiliyatlarini o‘stirishga, 
harflarni bir-biriga tez bog’lab yozishga o‘rgatishga katta yordam beradi. 
Oquvchilar tayyorgarlik mashqlarini bajarib bo‘lganlaridan so‘ng asta-
sekin yozuv tezligi oshib, tez yozish malakasi hosil bo‘la boradi. Bu davrda 
yozuvga o‘rgatish uchun qo‘yidagi malakalar hosil qilinishi zarur: 
1. Harflarni qo‘l harakatini uzmasdan tez bir-biriga bog’lab yozish. 
2. Bosh va kichik harflarni bir-biriga bog’lab yozish. 


189 
3. Matnga qarab ko‘chirib yozish. 
To‘rtinchi sinfda ham chiroyli yozuvga o‘rgatishni ona tili darsi bilan 
bog’liq holda olib boriladi. Bu sinfda bir chiziqli daftarga kichik harflarni 3 mm 
balandlikda, bosh harflarni esa 7 mm balandlikda yozish malakasi hosil qilinadi. 
Bu sinfda o‘qituvchi, harflarni yozilishini va o‘lchamlarini tushuntirish bilan bir 
qatorda, quyidagi talablarni eslatib turishi lozim: 
1. Partada to‘g’ri o‘tirish, ruchkani to‘g’ri ushlash, daftarni to‘g’ri tutish. 
2. O‘quvchilarni mayda harfar bilan yanada tezroq yozishga o‘rgatish. 
3. Kichik harflarni bir xil balandlikda, bosh harflarni bir xil balandlikda bir 
tekis qilib yozishga o‘rgatish. 
4. Tez yozishga o‘rgatuvchi mashqlarni muntazam o‘tkazish. 
5. Ayrim kichik va bosh harflarni tez yozish uchun moslashtirish. 
Tez yozish ko‘nikmasi 1-2 sinflarda ham ma’lum darajada hosil qilingan. 
3-4 siflarda bu ko‘nikma alohida mashqlar berish orqali mustahkamlanadi. 
Yozuv tezligi esa asta-sekin ortib boradi. Bu mashqlarni bajarishda chamalash 
qobiliyatini o‘atirishga alohida e’tibor berish zarur. 
3-4 sinfda ham ayrim murakkab harflarni alohida yozdirib mashq qildirish 
mumkin. Bunda har bir qatorda 12-14 ta bosh harf yozish kerak. Agar bundan 
ko‘p yozilsa, harflar orasidagi masofa va harflarning eni tor bo‘ladi, bundan kam 
yozilsa, aksincha, keng bo‘lib qoladi: 

Download 5,58 Mb.
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   163




Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 3-4-sinfda husnixat darslarini rejalashtirish

Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish