178
Bunday kamchiliklarni oldini olish uchun o‘quvchilar ko‘proq mashq
qilishlari lozim va namunaga qarab yozishni o‘zlashtirishlari kerak/
Kichik
u harfining yozilishi o‘quvchilarga tanish bo‘lsa ham uning
yozilish shaklini qayta ko‘rsatish zarur: Ikki chiziqning o‘rtasini
belgilab olib,
pastga qarab kichik tayoqcha tushuramiz va uni pastki chiziqqa etkazmay turib
o‘ngga buramiz va yuqoriga qarab davom ettiramiz. qo‘lni daftardan olmasdan
turib, ikkinchi unsurini tushiramiz:
Kichik
u harfini yozishda o‘quvchilar quyidagi xatolarga yo‘l qo‘yishlari
mumkin:
1. Harf unsurlari orasidagi masofaralni juda keng yoki tor va burilish joyini
qirrali qilib yozadilar:
2. Harfni juda yirik (8 mm balandlikda) yoki juda mayda (2 mm
balandlikda) qilib yozadlar:
Bunday kamchiliklarning oldini olish uchun daftarni to‘g’ri tutish
malakasi
mustahkamlanadi, harf unsurlarini bog’lab yozishga o‘rgatiladi.
179
Kichik
n harfi ikki unsurdan iborat bo‘lib, ular qo‘shib yoziladi:
Bu harfni yozishda o‘quvchilar quyidagi kabi xatolarga yo‘l qo‘yishi
mumkin:
1. Birinchi va ikkinchi unsurlarini yozishda qiyalikni har xil qilib
qo‘yadilar:
2. Harf unsurlari orasidagi masofani keng yoki tor qilib yozadilar:
Kichik
m harfi uch unsurdan iborat bo‘lib, ular qo‘l harakati uzilmay bir-
biriga bog’lab yoziladi.
Bu harfni yozishda uchraydigan asosiy kamchilik-unsurlar
orasidagi
masofani to‘g’ri saqlay olmaslik:
Bunday kamchilikning oldini olish uchun to‘g’ri va noto‘g’ri yozilgan
harflarni taqqoslab ko‘rsatish lozim.
Kichik
y harfini yozishda ham qo‘l harakati uzilmaydi. Uning birinchi
unsuri kichik
u harfining unsuriga o‘xshash
yoziladi, ikkinchi unsuri esa
satr chizig’idan pastga tushirilib,
katta tuguncha hosil qilib, boshqa harflar
bilan bog’lanadi.
180
Bu harfni yozishda uchraydigan asosiy kamchilik tugunchakli unsurini
juda qisqa yoki juda uchun yozilishidir:
2-guruh o‘xshash unsurli kichik harflar.
Kichik
o harfi cho‘zinchoq doira shaklida bo‘lib, uni ikki ko‘rinishda
yozish mumkin: