N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi




Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/163
Sana12.01.2024
Hajmi5,58 Mb.
#136140
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   163
Bog'liq
12590 2 CE8BD3CE1F03505534B64BE6967001D373895E4B

Dars mavzusi: d va t undoshlarining aytilishi va yozilishi. 
Darsning borishi. 
Darsning boshlanishida o‘quvchilar bilan quyidagicha savol javob
o‘tkaziladi. 
1. Gap nimadan tuziladi? 
2. So‘z nimalardan tuziladi? 
3. Tovushni nima qilamiz? 
4. Yozuvda tovushlar nima bilan ifodalanadi? 
Shundan so‘ng yangi temani bayon qilishga o‘tiladi. 
Yangi tema d va t undoshlarining aytilishi va yozilishini o‘quvchilarga
tushuntirishdan oldin chiroyli yozuv qoidalariga asoslanib «Husnixat» 
daftaridagi d va t harflarini ikki qatordan yozib mashq qildiriladi. Harflarni
yozdirishga boshlashdan oldin ularning qanday yozilishi, qanday
unsurlardan tuzilganligi, boshqa harflar bilan bog’lanishi haqida yana qayta
tushuncha berib, eslatib o‘tiladi: kichik t harfi ikki unsurdan tuzilgan bo‘lib,
ular qo‘lni uzgan holda yoziladi. Boshqa harflar bilan, so‘zning qayerida
kelishidan qat’i nazar, qo‘shilib yoziladi. Kichik d harfi ham shu tartibda
tushuntiriladi. Keyin «Ona tili» darsligidan shu mavzuga oid material
tushuntriladi va mashqlar bajariladi. Mashqni 3-4 o‘quvchiga o‘qitib, d va t
undoshlari qatnashgan so‘zlar izohlab yozdiriladi. Shundan so‘ng yangi
temaga mos maqol va topishmoqlarni yozdirish mumkin. 
Husnixat mashqlarini ona tili darsi bilan bunday bog’lab o‘tish
to‘g’ri va chiroyli yozish malakalarini hosil qilish va ona tili predmetini
ham puxta o‘zlashtirishga asos bo‘ladi. 
 


168 
4.4. 2-sinfda husnixat darslarini rejalashtirish 
 
Vatanimiz mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlaboq jamiyatni isloh 
qilish va yangilash jarayonining eng muhim bo‘g’ini, jamiyatdagi demokratik
o‘zgarishlarning, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning, Respublikani jahon 
hamjamiyatiga integratsiyalashuvining zarur va majburiy sharti sifatida
ta’lim sohasini isloh qilish siyosati izchillik bilan amalga oshirilmoqda. 
Xalq ta’limi vazirligining buyrug’iga asosan DTS, o‘quv dasturlari
ekspertizadan o‘tkazildi va shu xulosa asosida umumiy o‘rta ta’limning yangi 
tahrirdagi Davlat ta’lim standarti, modernizatsiya qilingan o‘quv dasturlari 
tayyorlandi va tajriba – sinovdan o‘tkazilib, ayni damda amalga tatbiq 
etilmoqda.
«O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’lim to‘g’risida»gi
Nizomda ta’kidlaganidek: «Boshlang’ich ta’lim, o‘qish yozish, sanash, o‘quv 
faoliyatining asosiy malaka va ko‘nikmalari, ijodiy fikrlashi, o‘zini o‘zini 
nazorat qilish o‘quvi, nutq va xulq-atvor madaniyati, shaxsiy gigiyena va 
sog’lom turmush tarzi asoslarining egalab olishlarini ta’minlashga da’vat 
etilgan».
Boshlang’ich ta’lim bosqichi oldiga qo‘yilgan vazifalarning bajarilishini 
nazorat qilish ta’lim standarti orqali amalga oshiriladi. Ta’lim standarti asosida
davlat boshlang’ich sinf o‘quvchilaridan standartga belgilab qo‘yilgan 
ko‘rsatkichlarga erishishni talab qiladi va o‘z navbatida, bu ko‘rsatkichlarga 
erishish uchun zarur bo‘lgan ta’limiy xizmatlar va vositalar bilan ta’minlaydi. 
Boshlang’ich ta’lim standarti ta’lim sohalariga qo‘yilgan standart 
ko‘rsatkichlarni mujassamlashtiradi. Standartning mezon va parametrlarini 
ta’lim sohalariga belgilab qo‘yilgan ta’lim standartining ko‘rsatkichlari
tashkil etadi. Ta’lim sohalari bo‘yicha ta’lim natijasining sifati xuddi mana shu
ko‘rsatkichlarga asoslangan holda aniqlanadi. Bu o‘rinda belgilab qo‘yilgan 
ko‘rsatkichlar umumlashtiriladi hamda aniq o‘lchov biriliklarida ifodalanadi. 


169 
Boshlang’ich ta’lim bosqichida o‘quvchining ona tili ta’limi sohasi 
bo‘yicha tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar quyidagi uch parametrli 
standart mezon orqali aks ettriladi: o‘qish texnikasi, og’zaki fikrni va matn 
mazmunini anglash hamda fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi. 
Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi murakkab jarayon bo‘lib, ona 
tili ta’limining maqsadi shu parametrda mujassamlashadi va o‘quvchi 
tomonidan yaratilgan matnda aks etadi. 
2-sinf o‘quvchilarining o‘zlashtirishi zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va 
malakalar quyidagilar: 

Download 5,58 Mb.
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   163




Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi

Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish