165
O‘quvchilar, oldingi darsda «Alifbe» kitobidan qaysi tovushni o‘tgan
edik? Shu tovush so‘zning o‘rtasida, oxirida va boshida kelgan so‘zlardan
ayting (o‘quvchilar so‘z topadilar). Endi kesma alifbedan kichik r harfini
toping. Mana bu - kichik
r harfining bosma shakli. Endi sizlar bilan harfning
yozilishini o‘rganamiz. (O‘qituvchi doskada ko‘rsatadi.) Men
qaysi tomondan
boshlab yozyapman va qaysi tomonga qo‘limni yo‘naltiryapman: shunga
qarab turing.
Kichik r harfi ikki elementdan tuzilgan bo‘lib, birinchi elementi ikkita
bir-biriga qo‘shilgan to‘lqinsimon unsurdan tashkil topgan bo‘lib, ikkinchi
elementi esa osti ilgakli kichik tayoqcha shaklida bo‘ladi. Ammo
yozayotganda har ikki elementini bir-biriga qo‘shib yozamiz,
bu harfni
yozishda qo‘l harakati uzilmaydi.
-Qarang, men birinchi elementini qanday yozaman, daftarning o‘rta
chizig’idan 1,5 mm pastdan boshlab yuqoriga qarab qiya va ilmoqli shaklda
yozamiz, ikkinchi unsurni yuqori chiziqdan pastga qarab to‘g’ri chiziqli ilmoq
shaklida yozamiz.
Bu harfni yozishda uning qiyaligiga alohida e’tibor bering. U
daftarning qiya chizig’iga parallel bo‘lsin.
Avtoruchkani chiziqning ustidan qayta yurgizishda uni yo‘g’on qilib
yubormang, chunki harfning yo‘g’onligi bir xil qalinlikda bo‘lishi kerak.
-Qani, o‘quvchilar, bu harfni
yozishga boshlashdan oldin, yozuv
vaqtida partada qanday o‘tirish lozim ekanligini aytib bering-chi? Oyog’imiz
qayerda turishi kerak? Gavdani qanday tutamiz? (O‘quvchilar javob
beradilar.) Ruchkani qaysi barmoqlarimiz bilan ushlaymiz? Ko‘rsatkich
barmog’imiz qayerda turadi? Avtoruchkani qanday ushlayotganimizni tekshirib
ko‘ramiz. «Bir» deganda ko‘rsatkich barmog’imizni ko‘taramiz, «ikki»
deganda tushiramiz. (O‘quvchilar ruchkani ko‘targan holda ko‘rsatkich
barmoqlarini ko‘rsatadilar).
Endi daftarimizning to‘g’ri turganligini tekshiramiz. Daftarning chetki
qirralarini partaning ustidagi qiya chiziqqa to‘g’rilab olamiz.
Harfni yozishga
166
boshlaymiz. Siz ham harflarni men daftaringizda ko‘rsatgandek qilib bir tekis
yozing. Bir qatorga 10 tadan ortiq yozmang.
Shundan keyin o‘qituvchi o‘quvchilarning yozuvlarini tekshirib
chiqib, zarur bo‘lsa tegishli ko‘rsatmalar beradi, o‘quvchilar yana ikki qator
yozib mashq qiladilar.
O‘quvchilar kichik r harfini yozish malakasini egallab olganlaridan
keyin «Husnixat» daftaridan so‘zlar yozdiriladi: ari, arra, anor, shar.
O‘quvchilarga so‘zlarni yozdirishdan avval o‘qituvchi doskada ularning
bog’lanishini ko‘rsatib
beradi va kichik r harfi o‘zidan oldingi va keyigi
harflar bilan qo‘l harakati uzilmasdan qo‘shib yozilishini eslatib o‘tadi.
Bir qator yozib bo‘lingandan so‘ng o‘quvchilarning qo‘llari toliqib
qolmasligi uchun qisqa og’zaki ko‘rsatmalar beriladi.
Darsni yakunlashda o‘qituvchi o‘quvchilarda uchragan ayrim tipik
xatolarni va eng yaxshi yozgan o‘quvchilarni eslatib o‘tadi, uyga vazifa beradi:
ikki qator kichik
r harfini va shu harf ishtirok etgan so‘zlarni yozib kelish.
I sinfda o‘quv yilining ikkinchi yarmida ona tili
darslarida yozuvning
orfografik tomoniga e’tibor berib, uning grafik tomonini esdan chiqarib
qo‘ymaslik kerak. Ayrim harflarning yozilishini bir yoki ikki kun emas,
balki bir necha kun mashq qildirish mumkin. Ammo mashqlarning turi har
xil bo‘lishi lozim. «Husnixat» kitobida II yarim yil uchun
berilgan materiallar
alifbe davridagiga o‘xshab soatlarga yoki qismlarga ajratilgan emas.
O‘qituvchi o‘z istagicha ona tilidan o‘tayotgan temasiga moslab yozuv
mashqlarini tanlab olishi mumkin.
Uyga vazifa qilib shu harf ishtirok etgan so‘zlarni topib yozib
kelish topshiriladi. Agar o‘quvchilar shunda ham bu harfning yozilishini yaxshi
o‘zlashtirib ololmasalar, keyingi darslarda yana takrorlash mumkin.
Ayrim
vaqtlarda esa shu harfdan tashkil topgan so‘zlarni esa «Husnixat» daftaridan
ko‘chirib yozishga berish mumkin.
Kichik harflarga o‘xshash bosh harflar ham guruhlarga ajratib
berilgan. Masalan, o‘xshash elementli L va M harflarini bir darsda mashq
167
qildirish mumkin. Bosh harflarni mashq qildirishda o‘quvchilarga tanish bo‘lgan
shahar va daryolarning nomini, kishilarning ismini yozdirish mumkin.
Quyida ona tili darsining tarkibiy qismida
husnixat mashqlari qanday
o‘tkazilishini namuna tarzida ko‘rsatib o‘tamiz.