• Darsning maqsadi.
  • N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi




    Download 5,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet77/163
    Sana12.01.2024
    Hajmi5,58 Mb.
    #136140
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   163
    Bog'liq
    12590 2 CE8BD3CE1F03505534B64BE6967001D373895E4B

    Ikkinchi vazifa. O‘tkir burchak hosil qilib yozilgan element bilan 
    osti ilmoqli kichik tayoqcha elementlarini qiyos qilib ko‘rsatish. (Osti
    ilmoqli tayoqcha elementining to‘g’ri yozilishi ko‘rsatib o‘tiladi, chunki
    bu element kichik harflarning yozilishida ko‘p uchraydi.) O‘quvchilarga
    bu qoidalar tushuntirilgandan so‘ng bir qator oralatib, bitta kichik to‘g’ri
    tayoqcha va bitta osti ilmoqli kichik tayoqcha elementi yozdiriladi. 
     
    O l t i n ch i g u r u h m a sh q l a r. 
    Darsning maqsadi. Cho‘zinchoq doira shaklini yozishga o‘rgatish.
    Birinchi vazifa. Cho‘zinchoq doira shakli bilan tanishtirish hamda
    uni aylana bilan qiyos qilib ko‘rsatish . 
    O‘qituvchi doskada aylana va uning yoniga cho‘zinchoq doira
    shaklini yozib, ularni solishtirib ko‘rsatadi; 
    Ularning bir-biridan farqini tushuntiradi: aylana - bu koptok yoki
    tarvuzga, cho‘zinchoq doira esa olxo‘ri yoki qovun shakliga o‘xshaydi. 
    So‘ng o‘qituvchi cho‘zinchoq doirani tik va qiya holatda yozib
    ko‘rsatadi. O‘quvchilar uni solishtirib ko‘radilar: biri tik holatda , ikkinchi
    esa bir tomonga qiya qilib yozilgan. 


    160 
    O‘qituvchi cho‘zinchoq doira shaklidagi bu elementni bir tomonga
    qiya qilib yozish shart ekanligini ta’kidlaydi. O‘quvchilar uning 
    yozilishini bir necha marta havoda bajaradilar, so‘ngra yozishga ruxsat 
    etiladi. O‘qituvchi cho‘zinchoq doiraning balandligini ham tayoqcha bilan
    barobar yozilishini eslatadi. O‘quvchilar bir qatorga bitta kichik tayoqcha
    va bitta cho‘zinchoq doira shaklini almashtirib yozadilar.
    Cho‘zinchoq doira shaklining orasiga qo‘yilgan bu kichik tayoqchalar
    uning qiyaligini saqlab yozishga yordam beradi. 
    E t t i n ch i g u r u h m a sh q l a r 
    Darsning maqsadi. Kichik harf elementlarining qo‘shib yozilishini 
    hamda ularning orasidagi masofani to‘g’ri saqlashga o‘rgatish. 

    Download 5,58 Mb.
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   163




    Download 5,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi

    Download 5,58 Mb.
    Pdf ko'rish