158
Doskada tayoqchalarning baland va pastligi taqqoslab ko‘rsatib
beriladi. Shundan so‘ng o‘quvchilar
vazifani bajarishga
T o‘ r t i n ch I g u r u h m a sh q l a r
Darsning maqsadi. Har xil shaklga va qiyaliklarga ega bo‘lgan
chiziqlarning unsurlarini yozishga o‘rgatish.
Birinchi vazifa. Uzun tayoqcha unsurini bir necha bo‘laklarga bo‘lib,
ularning orasidagi masofani bir xilda saqlashga o‘rgatish. (Bu chiziqlar
jigar
rang qalam bilan chizdiriladi).
Ikkinchi vazifa. Tayoqchalarning baland-pastligi, oralaridagi
masofaning tengligi tekshirilib chiqilgandan so‘ng
zangori rang qalam bilan
har xil qiyalikka ega bo‘lgan kichik chiziqchalar chiziladi. Natijada archa
daraxti shakliga o‘xshash chiziqlar hosil bo‘ladi.
O‘quvchilar bu mashqni bajarish orqali oraliq
masofalarni chamalashga
va qiyaliklarni to‘g’ri saqlashga o‘rganadilar.
B e sh i n ch i g u r u h m a sh q l a r
Darsning maqsadi. O‘quvchilarga «keng» va «tor»
tushunchasini
anglatish; osti ilmoqli kichik tayoqcha shaklidagi elementni yozishga
o‘rgatish.
159
Birinchi vazifa. Osti ilmoqli kichik tayoqcha elementini har xil rangli
qalamda bajarish. Masalan, 3
ta tayoqcha qizil rangda, 3 ta tayoqcha ko‘k
rangda bajarilsa, o‘quvchilarning qiziqishlari ortadi.