164
2. Harflarni bo‘g’in va so‘zlarda qo‘shib yozish.
3. Qo‘l harakatini uzmay yozishga o‘rgatish.
4. Harflarning qiyaligini va enini to‘g’ri saqlashga o‘rgatish.
O‘quvchilar tomonidan harflarning shaklini yozishda ularning yozuvini
ko‘zdan kechirib chiqish, ayrim harflarning elementini noto‘g’ri yozayotgan
o‘quvchilarga shu elementning to‘g’ri yozilishini ko‘rsatib berish lozim.
O‘quvchilarda bu davrda harflarni to‘liq yozmaslik, harflarni almashtirib yozish
kabi xatolar uchraydi. Alifbe davrida (va o‘quv yilining 2 yarmida ham)
o‘quvilarning yozayotgan matnlarini uch xil yo‘l bilan tahlil qilish mumkin:
a) so‘z tarkibini aniqlash;
b) so‘zning ma’nosini aniqlash;
c) mashqlarning grafik tasviri ustida ishlash.
Shularning hammasini hisobga olgan holda «Husnixat» daftaridagi
mashqlarni joylanishi «Alifbe» kitobi asosida berilgan.
Alifbe davrida o‘quvchilarni bo‘g’inlab yozishga, keyinroq esa
so‘zlarni bir butun qilib yozishga o‘rgatish lozim.
Ayrim o‘quvchilar so‘zlarni harflarni alohida-alohida yozishga harakat
qiladilar, bunga aslo yo‘l qo‘ymaslik lozim, chunki harflarni alohida-alohida
yozish natijasida ayrim harflarni tushirib qoldiradilar va almashtirib yozadilar.
Bu davrda o‘quvchilarni yoddan yozishga ham o‘rgatish lozim. Buning quyidagi
kabi topshiriqlarni berib borish lozim: matnni o‘qib, yozilishiga qara, doskaga
qaramay yoz, o‘qi, namuna bilan solishtirib ko‘r.
Alifbe davrining oxirida ko‘pchilik o‘quvchilarda yozuv malakasi hosil
bo‘ladi, ammo bu bilan qanoatlanmasdan yozuvga o‘rgatish malakasini
takomillashtirib borish talab etiladi. Quyida kichik
r harfining qanday
o‘rgatilishini ko‘rsatib o‘tamiz.