185
Kichik
b harfi ikki xil shaklda yoziladi:
Agar kichik
b harfi so‘zning oxirida kelsa, yopiq holda yoziladi,
so‘zning boshida yoki o‘rtasida kelsa, ulash unsuri bilan qo‘shib yoziladi:
O‘quvchilar bu harfning yuqoridagi chiquvchi
unsurini bir tomonga
qiyshaytirib yozsalar uni quyidagicha mashqlar o‘tkazish orqali tuzatish
mumkin:
Kichik
x harfi o‘ng va chap yarim cho‘zinchoq doira shaklidan iborat
bo‘lsa ham, ular bir-biriga bog’lab yoziladi.
Bu harfni yozishda o‘quvchilar quyidagi kamchiliklarga yo‘l qo‘yadilar:
1. Harf unsurlarining ustidan qo‘lni qayta aniq yurgiza olmaydilar:
186
Bunday xato ayniqsa uning elementlarini qo‘shib yozishda ko‘proq
uchraydi.
Harf unsurlarini bog’lashda qo‘l harakatini uzib yozadilar:
Bunday xatolarning bo‘lmasligi uchun
x harfni qo‘l harakatini
uzmasdan
yozishni qayta mashq qildirish lozim.
Endi o‘xshash unsuri bosh harflar guruhlaridan ayrim harflarning
yozilishi borasida to‘xtalib o‘tamiz.
Birinchi guruhdan: Katta
U harfi ikki unsurdan iborat bo‘lib, birinchi
unsuri
ham usti, ham tagi ilmoqli, uzun tayoqcha shaklidan, ikkinchi unsuri
esa tagi ilmoqli uzun tayoqcha shaklidan iborat:
Bu harfni yozishda o‘quvchilar ham osti,
ham usti ilmoqli birinchi
unsurini haddan tashqari yotiq qilib, burib yozadilar:
187
Ikkinchi guruhdan: Katta
H harfi unsurlarga ajratilmay,
bir butun
shaklda yoziladi. Uning pastki va ustki tugunchaklari bir xil bo‘lishi lozim:
Katta
H harfining yozilish texnikasi murakkab bo‘lmasa-da,
o‘quvchilarning yozuvlarida quyidagicha o‘xshash ayrim kamchiliklarni
uchratish mumkin:
1. Harf unsurlarining burilish joyini juda katta yoki kichik qilib
yozadilar:
Katta
K harfi ikki unsurdan iborat bo‘lib, ikkinchi
unsuri ham usti,
ham tagi ilmoqli tayoqchadan iborat bo‘lib, keyingi kichik harflar bilan
oson bog’lanadi:
O‘quvchilar bu harfni yozishda ruchkani chiziqning ustidan qayta aniq
yurgiza olmaydilar yoki qo‘l
harakatini uzib, unsurlarga ajratib yozadilar:
Ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf qilish uchun o‘qituvchi qo‘lning
aniq harakat qilishni va qo‘lni uzmasdan yozishni muntazam ta’kidlab
turishi lozim.
188
Beshinchi guruhdan: Katta
Y harfi ikki unsurdan iborat bo‘lib, birinchi
unsuri tagi va usti ilmoqli tayoqcha shaklidan,
ikkinchi unsuri esa tagi
tugunchakli uchun tayoqcha shaklidan iborat. Ammo uning unsurlari bir butun
shaklda yoziladi: