• Mavzuni takrorlash va mustahkamlash uchun savollar hamda topshiriqlar
  • N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi




    Download 5,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet90/163
    Sana12.01.2024
    Hajmi5,58 Mb.
    #136140
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   163
    Bog'liq
    12590 2 CE8BD3CE1F03505534B64BE6967001D373895E4B

    (defisni) farq qilmaydilar, ya’ni bularning har ikkisini bir xil kattalikda qo‘ya 
    beradilar. Bu kamchilikning oldini olish zarur, chiziqcha (defis) tirening uchdan 
    bir qismi bo‘lishi kerak. 
    Qavs uch xildir: kichik qavs, o‘rta qavs, katta qavs. Bularning hammasi 
    matematikada qo‘llaniladi. Xatda esa tinish belgi sifatida asosan kichik qavs 
    ishlatiladi. 
    Ochiladigan va yopiladigan qavslarning o‘rta qismi yarim doira shaklida 
    yoziladi. Kichik qavsning uchdan bir qismi daftar chizig’ining ostiga tushib 
    turadi. 
    Qo‘shtirnoq odatda ikki xil (yozma va bosma shakli) qo‘yiladi. Yozma 
    qo‘shtirnoq qo‘shaloq vergulga o‘xshab ochiladi, yopilishida esa teskari 
    qo‘shaloq vergul tarzida qo‘yiladi. 
    Qo‘shtirnoqning bosma shakli matematikadagi kichik va katta belgilarning 
    qo‘shaloq shakliga o‘xshaydi, u bosma tekstlarda qo‘llanadi. 
    Bolalarning yozma ishlarida qo‘shtirnoqning yozma shakli ishlatilishiga 
    erishish lozim, buning uchun maxsus mashq o‘tkazib, qo‘shtirnoqning yozma va 
    bosma shakllarini eslatib turish kerak. 


    192 
    Har bir tinish belgisi aniq va chiroyli qilib qo‘yilib, harflarning moyilligiga 
    muvofiq, o‘ng tomonga qiya bo‘lib turishi zarur; bo‘yi, katta-kichikligi esa 
    harflarga monand bo‘ladi. 
    Shunday qilib, husnixat qoidalariga faqat harflarni yozishdagina emas, 
    balki tinish belgilarini qo‘yishda ham rioya qilish zarur. 
    Mavzuni takrorlash va mustahkamlash uchun savollar hamda
    topshiriqlar: 
    1. Chiroyli yozuv malakalarini shakllantirish yo‘llari borasida gapirib 
    bering. 
    2. Alifbegacha bo‘lgan davrda qanday tayyorgarlik mashqlari tashkil 
    etiladi? Ularni qanday gurunlarga bo‘lish mumkin? 
    3. Alifbe davrida yozuv darslari qanday tashkil etiladi? Bunday 
    darslarning o‘ziga xos xususiyatlari nimalarda namoyon bo‘ladi? 
    4. Ikkinchi sinfda partada to‘g’ri o‘tirish malakasi qanday usullar bilan 
    mustahkamlanadi? 
    5. 2- sinfda yozuv qurollarini to‘g’ri ushlash malakasi qanday o‘stiriladi? 
    6. O‘xshash unsurli kichik va bosh harflarni yozish usullari borasida 
    nimalarni bilasiz? 
    7. Uchinchi sinflarda husnixat darslari qanday tashkil etiladi? 
    8. To‘rtinchi sinflarda husnixat darslari qanday tashkil etiladi? 
    9. Nega biz raqamlarni aniq va chiroyli yozishga o‘rgatishimiz lozim? 
    10. Tinish belgilarini yozish metodikasi borasida gapirib bering. 

    Download 5,58 Mb.
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   163




    Download 5,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi

    Download 5,58 Mb.
    Pdf ko'rish