• «Vatan mo‘’tabardir»
  • «O‘zbekistonim»
  • «Mangulikka tatigulik kun»
  • «Ajdodlarimiz-faxrimiz»
  • N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi




    Download 5,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet92/163
    Sana12.01.2024
    Hajmi5,58 Mb.
    #136140
    1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   163
    Bog'liq
    12590 2 CE8BD3CE1F03505534B64BE6967001D373895E4B

    «Ona yurtim-oltin beshigim» bo‘limiga kiritilgan «O‘zbekistonim» (H. 
    Imonberdiev), «Istiqlol» (J. Jabborov), «O‘lka» (E. Vohidov)«Yur tog‘larga» 
    (U. Nosir), 3-sinfda «Ona bitta, Vatan yagona» bo‘limidagi «Vatan haqida 
    she’r» (A. Avloniy), “O‘zbegim” (E.Vohidov), «Vatan mo‘’tabardir» (X. 
    Davron), «Bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi» (Tohir Malik), 4-sinfda 
    «O‘zbekiston − Vatanim manim» bo‘limidagi «Serquyosh o‘lka» (Z. Diyor), 
    «Iqboli buyuksan» (A.Oripov), «Toshkentnoma» (M. Shayxzoda), “Xarita” 
    (N.Norqobil) kabi asarlar misolida atroflicha tahlilga tortiladi. 
    Ijtimoiy-tarixiy mazmundagi mavzular Vatanimiz o‘tmishi, xalqimiz 
    hayoti, mardonavor kurashi, ulug‘ siymolar tomonidan amalga oshirilgan ishlar, 
    tarixiy sanalar to‘g‘risida muayyan tasavvur beradi. Beruniy, Amir Temur, 
    Alisher Navoiy, Bobur va boshqa ajdodlarimiz haqidagi matnlar shular 
    jumlasidandir. Bu xildagi asarlar o‘quvchilarni faqat o‘tmishimiz bilan 
    tanishtirib qolmasdan, Vatan oldidagi farzandlik burchi va mas’uliyatini teran 
    anglashga ham yordam beradi. Ularda Vatanga muhabbat tuyg‘usi shu tariqa 
    shakllanadi. Vatanimiz o‘tmishi haqida hikoya qilingan asarlar bilan tanishish va 
    ularni tahlil qilish jarayonida o‘quvchilar o‘tmish bilan bugungi kunni 
    taqqoslash imkoniga ega bo‘ladilar, jamiyat taraqqiyoti xususida qisqacha 
    bo‘lsa-da, tushuncha hosil qiladilar. Bu borada ayniqsa milliy istiqlol bilan 
    bog‘liq H. Imonberdievning «O‘zbekistonim», J. Jabborovning «Istiqlol» (2-
    sinf), A. Rustamovning «Bayroq nima?», A. Obidjonning «O‘ktam avlod» (3-


    195 
    sinf), S. Barnoevning «Mangulikka tatigulik kun», E.Malikovning «Assalom, 
    Neksiya!» (4-sinf) mavzusidagi asarlari yaqindan yordam beradi. 
    Tabiatga oid mavzular yordamida o‘quvchilar tabiatdagi o‘zgarishlar, yil 
    fasllarining almashinuvi, hayvonot olamiga doir bilimlarni egallaydilar. Bunday 
    mavzudagi asarlar o‘quvchilarni kuzatuvchanlikka, tabiatni sevishga, unga 
    nisbatan to‘g‘ri munosabatda bo‘lishga o‘rgatadi. 
    Tabiat tasviriga oid matnlar ustida ishlashda tabiat bag‘riga sayohat 
    uyushtirilib, bolalar kuzatuvchanlikka o‘rgatilsa, vatanparvarlikka oid asarlar 
    tahlili vatanning dongdor kishilari bilan uchrashuvlar yoki mavzuga daxldor 
    kinofilmlar namoyishi vositasida amalga oshirilsa, dars samaradorligi yanada 
    ortadi. 
    Umuman, «O‘qish kitobi» darsliklaridagi barcha mavzular o‘quvchilarga 
    ta’lim-tarbiya berish bilan birga, ularning lug‘atini boyitishga, og‘zaki va yozma 
    nutqini to‘g‘ri shakllantirish va nutq madaniyatini o‘stirishga ham qaratiladi. 
    Amaldagi «O‘qish kitobi» darsliklarida materiallarning sinfdan sinfga 
    o‘tgan sari mavzu jihatidan ham, mazmun jihatidan ham kengaya borishi 
    hisobga olingan. Masalan, 1-sinfda o‘rgatiladigan «Ajdodlarimiz-faxrimiz», 

    Download 5,58 Mb.
    1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   163




    Download 5,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi

    Download 5,58 Mb.
    Pdf ko'rish