171
boshlab o‘qituvchining oldida qator bir-birini to‘ldirib va takomillashtirib
borishni taqozo etadigan murakkab vazifalar turadi: partada to‘g’ri o‘tirish,
ruchkani to‘g’ri ushlash malakasini o‘stirish, harflarning qiyaligini va
balandligini to‘g’ri saqlash, yozuv texnikasini takomillashtirish va boshqalar.
2-sinfda ham sharikli ruchkada yozish malakasi rivojlantiriladi.
1-sinf o‘quvchilariga qiya chiziqlari siyrak bo‘lgan ikki chiziqli
daftarga yozish o‘rganilgan bo‘lsa, 2-sinfdan boshlab
bir chiziqli daftarga
toza, aniq va tez yozish malakasi singdirib boriladi.
2-sinf o‘quvchilariga bir chiziqli daftarga kichik harflarning
balandligini 4 mm, bosh harflarning balandligini esa 8 mm yozishga
o‘rgatiladi. Husnixatga o‘rgatishning birinchi kunidan boshlab yozish
vaqtida o‘qituvchi o‘quvchilarning ruchkani qanday ushlayotganliklarini
kuzatib borishi va siyoh to‘ldirish qoidalarini eslatib o‘tishi lozim. Bu sinfda
ko‘proq harflarni bir xil balandlikda chamalab yozishga o‘rgatish
talab
etiladi. O‘quvchilar bilan ular bir chiziqli daftarga yozishga o‘tishlaridan
oldin harflarni bir xil balandlikda yozish mashqlari o‘tkaziladi (mashqlar
namunasi 2-sinf uchun chiqarilgan «Husnixat» daftarida beriladi). Bunda
o‘qituvchining vazifasi o‘quvchilarning chamalash qobiliyatlarini o‘stirishga
qaratiladi. Birinchi navbatda o‘qituvchi o‘z shogirdlarini «Husnixat» daftari
bilan to‘liq ta’minlashga erishishi lozim. Shundagina uning zahmatlari
kerakli natijani berishi mumkin. Agar hamma talabalarda «Husnixat» daftari
bo‘lmasa ularning o‘zlashtirishlari ham har xil bo‘ladi. Tayyorgarlik
mashqlari
asta-sekin quyidagicha murakkablashtirib boriladi:
1-mashq
173
Masalan, bir o‘quvchi
«sa» bo‘g’inini
yozishda «s»ni katta (to‘g’ri)
yozadi,
«a»ni esa nimadan kichikroq (noto‘g’ri) qilib yozadi. Shunda
o‘qituvchi
«a» harfini ham shu balandlikda yoz, deb o‘quvchiga ko‘rsatma
berishi kerak. Agar o‘quvchi to‘g’ri chamalay olmasa, unda o‘qituvchi uning
qo‘lidan ushlab turib yozdirishi kerak.
O‘quvchilarga gaplarni yozdirib mashq qildirishdan oldin o‘qituvchi
doskada ayrim gaplarni namuna tarzida yozib ko‘rsatishi lozim. Bunda
o‘qituvchi doskadagi gapning faqat birinchi
harfi katta yozganligini, qolgan
harflar esa yozilishi talabi va shakliga ko‘ra bir xil balandlikda yozilganligini
aytib o‘tadi.
Yuqoridagi gapdagi harflarning baland pastligi tahlil qilingach, o‘qituvchi
gapdagi birinchi so‘z qanday harf bilan boshlanganligini so‘raydi. SHundan
keyin o‘quvchilar gaplarni yoza boshlaydilar.
Shunday qilib o‘quvchilar birinchi so‘zni yozib bo‘lgach, o‘qituvchi
gapdagi ikkinchi so‘zning qanday harflar bilan yozilishini so‘raydi. Ko‘rib
turganingizdek
«keldi» so‘zi tarkibidagi 4 ta harfda uchtasi
«k»,
«l» va
«d»
kichik qatordan yuqorida ham chiqib ketadi, ya’ni uning shakli kichik bo‘lsa
ham balandligi katta harflar bilan barovar yoziladi.
«E» va
«i» harflari esa
kichik parallel qatorlar ichida yoziladi.
Bunday mashqlar o‘quvchilarni bosh
harflar bilan kichik harf
o‘ratsidagi farqni ajrata olishga va bir tekis yozishga o‘rgatadi. O‘quvchilar
harflarning balandligiga rioya qilib yozishni bilib olganlaridan so‘ng ularning
oldiga yozuvning qiyaligini to‘g’ri saqlash harflarni qo‘l harakatini
uzmasdan bog’lab yozish vazifalari qo‘yiladi.
Harflarni qiyaligini to‘g’ri saqlash parta ustida daftarning holatiga
bog’liq. Agar daftarning holati to‘g’ri qo‘yilsa, xat ham to‘g’ri yoziladi.
Daftarning holatini tez-tez o‘zgarishi natijasida xatning sifati buziladi.
Shuning uchun birinchi navbatda o‘qituvchining o‘zi parta ustida
daftarning to‘g’ri turishiga e’tibor berishi lozim.
Harflarning qiyaligi 65º ga teng bo‘lishi kerak.
174
Yozuvning bir tomonga qiya bo‘lishi
tik yozuvga nisbatan oson
bo‘lib, xat tekis chiqadi va yozuv tezligi oshadi.
Daftarni to‘g’ri tutishi malakasini o‘quv yilining boshidan hosil
qilish va bu malakani butun o‘quv yili davomida mustahkamlab borish
zarur.
O‘quvchilarda daftarni to‘g’ri tutish, yozuv vaqtida to‘g’ri o‘tirish
avtoruchkani to‘g’ri ushlash kabi malakalarni mustahkamlash uchun
quyidagi usullardan foydalanish mumkin: «bir» deganda gavdani to‘g’ri
tutish, «ikki» deganda daftarni to‘g’ri qo‘yish, «uch» deganda ruchkani
ushlash.
Bir chiziqli daftarda qiya chiziqlarning yo‘qligi
daftarni parta ustida
to‘g’ri tutishga alohida e’tibor berishni taqozo qiladi. Buni amalga oshirish
o‘qituvchidan ko‘p mehnat talab etadi, chunki o‘qituvchi har bir
o‘quvchining daftarini butun dars davomida kuzatib borishi lozim bo‘ladi.
Bu ishni osonlashtirish uchun quyidagi usuldan foydalanish mumkin.