Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi




Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/163
Sana12.01.2024
Hajmi5,58 Mb.
#136140
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   163
Bog'liq
12590 2 CE8BD3CE1F03505534B64BE6967001D373895E4B

Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi
Miqdoriy ko‘rsatkich: 35-40 so‘zdan iborali diktant yoza olish. 
Talablar: 
a) imlo xatolarga yo‘l qo‘ymaslik; 
b) ijodiy matnning mantiqiy jihatdan izchilligi; 
Diktant turlari: lug’at diktant, yoddan yozuv diktanti, nazorat diktanti. 
Miqdoriy ko‘rsatkich: 3-4 gapdan iborat kichik va sodda matn (fikr 
ehtiyoji bilan bog’liq mavzu asosida) yaratish. 
Talablar
a) matndagi gaplarning mazmunidan o‘zaro bog’liqligi va
aloqadorligi, ko‘rsatilgan mavzu doirasida birlashish; 
b) harflar va tinish belgilarini to‘g’ri yozish; 
d) so‘z va gaplarni to‘g’ri yozib, tinish belgilarini o‘z o‘rniga qo‘ya 
olish. 
Matnning xarakteri: rasm, manzara, voqea-hodisalar tasviri,
o‘quvchiga tanish bo‘lgan narsa, buyum tasviri. 
«Boshlang’ich ta’lim bo‘yicha yangi tahrirdagi o‘quv dasturi»da husnixat 
mashg’ulotlari birinchi sinf «Tayyorgarlik davrida yozuv darslari» hamda 
Alifbe davrining «Yozuvga o‘rgatish» bo‘limlarida amalga oshirilishi
ta’kidlangan bo‘lsa, ikkinchi sinfda «Fonetika, grammatika, imlo va nutq
o‘stirish» bo‘limining «Husnixat» faslida o‘rgatilishi yozilgan. 


170 
Quyida «Husnixat» faslida berilgan dasturni aynan iqtibos keltiramiz: 
«Bir chiziqli daftarda tez takrorlanadigan» unsurli harflarni yozishga va
ikki harfni bir-biriga tutashtirishga oid tayyorgarlik mashqlari: o‘xshash
unsurli kichik harflar guruhlaridagi kichik harflarni, shu harflardan tuzilgan
bo‘g’inlar va so‘zlarni yozishni, shuningdek, bosh harflarni o‘zidan keyingi
kelgan kichik harfga tutashtirishning qiyinlashib borishini hisobga olgan 
holda, yozuv qoidalariga rioya qilib, chiroyli yozishga o‘rgatish. 
Ayrim yozuv qoidalari: 
1. To‘g’ri, aniq va chiroyli yozuvni o‘rgatish. 
2. Daftarlarning past tomonidagi burchagini ko‘krak o‘rtasining
qarshisiga to‘g’ri qo‘yish. 
3. Daftarni chap qo‘l bilan ushlab turib yozish. 
4. Boshini salgina pastga egib, to‘g’ri o‘tirish. 
5. Oyoqni bo‘sh tutib, erga qo‘yib o‘tirish. 
6. Qo‘lni to‘g’ri tutish. Ruchkani erkin ushlash. 
7. Har bir harfni to‘g’ri tutashtirishga rioya qilgan holda bo‘g’in va
so‘zlarni aniq yozishga harakat qilish. 
8. Shoshmasdan, chaplashtirmasdan yozish. 
9. Har bir mashqni uch-to‘rt marta takrorlash. 
Tez takrorlanadigan unsurli harflarni yozishga va ikki harfni bir-
biriga tutashtirishga oid tayyorgarlik mashqlari. 
O‘quv yili davomida imlosi qiyin bo‘lgan quyidagi so‘zlarning
talaffuzi va yozilishini bilib olish: avgust, baland, baho, bahor, behi, Buxoro, 
dars, daftar, do‘st, farzand, fasl, havo, hikoya, jahon, juft, karam, kaft, konki, 
lavlagi, loviya, lug’at, mashina, minnatdor, moslama, navbatchi, no‘xat, oktyabr, 
payvand, palto, paxta, qo‘ng’iroq, quyosh, sabzi, Samarqand, sentyabr, sinf,
singil, soat, Toshkent, tarktor, vazifa, vatan, xalq, xursand, yomg’ir, yostiq, 
o‘qituvchi, o‘quvchi, shahar kabi. 

Download 5,58 Mb.
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   163




Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi

Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish