keng-tor, yaqin-uzoq, yuqoriga, pastga, o‘rta (oraliq), uzunroq-kaltaroq




Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/163
Sana12.01.2024
Hajmi5,58 Mb.
#136140
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   163
Bog'liq
12590 2 CE8BD3CE1F03505534B64BE6967001D373895E4B

keng-tor, yaqin-uzoq, yuqoriga, pastga, o‘rta (oraliq), uzunroq-kaltaroq
teng, teng bo‘lmagan masofa, to‘g’ri-qiya, chapga-o‘ngga. 
O‘qituvchi yozuv malakasiga o‘rgatishga boshlashdan oldin
o‘quvchilar bilan yuqoridagi ko‘rsatib o‘tilgan tushunchalar ustida ish olib
borishi lozim. Bu o‘quvchilarga harflarning shaklini uning harakatini
yaxshi tushunishlariga katta yordam beradi. 
I sinfda yozuv mashqlari uchun berilgan alifbegacha bo‘lgan davrni
birmuncha uzaytirish mumkin. (»Alifbe» kitobida esa bu davr uchun 6-7 kun
berilgan). Ammo bu davrda yozuv darsi bilan o‘qish darsi o‘rtasida birmuncha
farq bo‘lishi mumkin, bundan cho‘chimaslik kerak, chunki bu vaqtda
o‘quvchilar so‘z va harflarni o‘tilgan materiallar asosida yozib o‘rganadilar. 
Keyinchalik esa o‘qish bilan yozuv darsi bir-biri bilan uzviy bog’langan
holda davom etadi. 
O‘qishning birinchi haftalaridagi tayyorgarlik mashqlari asosan 
og’zaki nutqni o‘stirishga qaratiladi. Ammo butun dars davomida og’zaki 
nutq bilan shug’ullanish bolalarni zeriktirib qo‘yishi mumkin. Shuning uchun
bu darslarning ma’lum qismini og’zaki nutqini o‘stirishga, ma’lum qismini
esa yozuv mashqlari uchun sarflash kerak. Bu davrda husnixatga oid
tayyorgarlik mashqlarini tashkil etishning ahamiyati katta. 
I sinf o‘quvchilari bilan tayyorgarlik mashqlarini to‘g’ri olib borish
uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish kerak. 
1.Partada to‘g’ri o‘tirishga, avtoruchkani to‘g’ri ushlashga va daftarni
to‘g’ri tutishga o‘rgatish. 
2.O‘quvchilarning husnixatga qiziqishlarini o‘stirish. 


156 
3.Bolalarning taqqoslash va chamalash qobiliyatlarini o‘stiruvchi 
mashqlarni bajartirish. 
4.Qo‘l va barmoq muskullarining harakatini o‘stirish. 
Tayyorgarlik mashqlarini bajarish uchun o‘quvchilarni qora va rangli 
qalamlar hamda yozuv daftari bilan ta’minlash lozim. O‘qituvchining bu 
davrda rangli bo‘rlardan foydalanishi yaxshi samaralar beradi. 
Tayyorgarlik davrida o‘tkaziladigan mashqlarni ma’lum guruhlarga 
bo‘lib, avval sodda, keyin murakkabroq mashqlarni bajarish lozim. Mashqlarni
quyidagi gruppalarga bo‘lish mumkin: 
B i r i n ch i g u r u h m a sh q l a r 

Download 5,58 Mb.
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   163




Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



keng-tor, yaqin-uzoq, yuqoriga, pastga, o‘rta (oraliq), uzunroq-kaltaroq

Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish