• Qo‘l harakatini mashq qildirish usuli.
  • Yozuv malakasini ongli o‘zlashtirish usuli




    Download 5,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet70/163
    Sana12.01.2024
    Hajmi5,58 Mb.
    #136140
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   163
    Bog'liq
    12590 2 CE8BD3CE1F03505534B64BE6967001D373895E4B

    Yozuv malakasini ongli o‘zlashtirish usuli. Husnixat qoidalarini yaxshi 
    bilish, yozuv malakasining to‘g‘ri shakllanishiga yaqindan yordam beradi. 
    Chiroyli yo¸zuv qoidalarini qisqa va tushunarli qilib bayon etish lozim, 
    shundagina o‘quvchilar uni to‘liq o‘zlashtiradi va amalda qo‘llaydi. Masalan, 1-
    sinfda dastavval to‘g‘ri joylashtirish talablari asosida, so‘zlarda harflarning 
    balandligini va qiyaligini bir xilda saqlash, so‘zlar harflar elementlari va harflar 
    oralig‘ining masofasini chamalab yozish qoidalari kelib chiqadi. 
    Har bir qoidani asta-sekin, o‘z o‘rni bilan o‘rgatib borish husnixat 
    qoidalarini ongli o‘zlashtirishga olib keladi. Masalan, avvalo yozuvning 
    qiyaligini to‘g‘ri belgilash talab etilsa, keyinchalik har va so‘zlarni yozdirishda 
    bu qoidaga amal qilishga kirishiladi. 
    Yozuvning qiyaligi qoidasi singdirilgach, harflarni bir xil masofada tekish 
    zish qoidasi o‘rgatiladi. Harflar elementlarini qo‘l harakatini uzmasdan yozish 
    qoidalari o‘rgatilgach, so‘zlarni qo‘l harakatini uzmasdan yozish qoidalari 
    o‘rgatiladi. 
    Keyinchalik tez, toza, chiroyli, aniq yozish qoidalari o‘rgatiladi. 
    Lekin bu qoidalarni bolani bezor qiladigan darajada takrorlash tavsiya 
    etilmaydi. Negaki, bu qoidalarga ongli ravishda amal qilib borilishi lozim. 
    Qo‘l harakatini mashq qildirish usuli.Qo‘l harakatini mashq qildirish 
    usuli bolalarning charchagan a’zolarini dam olishiga va yozuv sifatiga katta 
    ta’sir etadi. 
    O‘quvchilarga dars jarayonida bajariladigan mashqalar oddiy bo‘lib, kam 
    vaqt olishi, o‘quvchining jismoniy jihatdan o‘sishiga, qo‘l va barmoq 
    muskullarining chiniqishiga, qaddi-qomatining to‘liq, erkin tutishlariga yordam 


    145 
    berishi lozim. Yozuv darslarida 8-10 daqiqa o‘tgandan so‘ng o‘quvchilar betoqat 
    bo‘lib, charchash alomatlari ko‘zga tashlanadi. Bolaning orqasiga yoki yonga 
    yaslanib o‘trishi, o‘rnidan turib ketishi charchaganlikdan dalolat beradi. 
    Mana shunday holatda o‘quvchilarning charchashlariga ahamiyat bermay, 
    ko‘p yozdirish natijasida o‘quvchi toliqadi, harakatlari sustlashadi, xati 
    xunuklashadi, ko‘p xatoga yo‘l qo‘yadi. 
    Shu sababli charchashning oldini olish uchun vaqti-vaqti bilan jismoniy 
    mashqlar o‘tkazib borish katta ahamiyatga ega. Jismoniy mashqlarni dars 
    davomida bir necha marta o‘tkazish tavsiya etiladi. Mashqlar avvalo o‘qituvchi 
    tomonidan ko‘rsatiladi, so‘ng o‘quvchi tomonidan bajariladi. 
    Jismoniy mashq izchil o‘tkazib borilsa, keyin esa yozishga kirishilsa, 
    o‘quvchilarning ish qobiliyati tiklanadi va darsga qiziqishi ortadi. 
    Xullas, ish faoliyati davrida qo‘l harakatini mashq qildiruvchi jismoniy 
    mashqlardan foydalanib turilsa, chiroyli yozuvga o‘rgatishning asosiy 
    shartlaridan biridir. 
    Yoddan chiqarmaslik lozimki, tasavvur orqali yozish chiroyli yozishga 
    o‘rgatishda yordamchi usul vazifasini bajaradi. 

    Download 5,58 Mb.
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   163




    Download 5,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yozuv malakasini ongli o‘zlashtirish usuli

    Download 5,58 Mb.
    Pdf ko'rish