Namunaga qarab ko‘chirish va yozish




Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/163
Sana12.01.2024
Hajmi5,58 Mb.
#136140
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   163
Bog'liq
12590 2 CE8BD3CE1F03505534B64BE6967001D373895E4B

Namunaga qarab ko‘chirish va yozish.  
Bu juda qadimiy usul bo‘lib, 
eski maktablarda juda keng foydalanilgan. XX asrning boshlarida ham bu metod 
rus maktablarida keng qo‘llanilgan. Bu metodda o‘qituvchi o‘quvchilarga harf 
va uning unsurlarini och rangda yozib bergan, o‘quvchilar esa uning ustidan 
mexanik ravishda bo‘yaganlar. O‘quvchilarni bu usul bilan yozuvga o‘rgatish 
o‘qituvchidan juda ko‘p vaqt talab etgan. Keyinchalik o‘qituvchining ishini 
osonlashtirish maqsadida harf va uning unsurlari och rang bilan ko‘rsatilgan 
alohida daftarlar ham chiqarilgan. O‘quvchilar bu daftarlardan foydalanib, harf 
va uning unsurlarini yozishga o‘rganganlar. Bunday metod bilan husnixatga 
o‘rgatish o‘quvchilarni faqat ko‘chirishga odatlantirib, harflarning shaklini 
mustaqil yozishga imkon bermagan. Shuning uchun bu metod keyinchalik kam 


140 
qo‘llanilgan. Faqat ayrim hollardagina yozuv malakasi bo‘sh bo‘lgan 
o‘quvchilarga o‘qituvchi harf va uning unsurlarini qalam bilan yozib bergan. 
O‘quvchilar esa uning uctidan siyoh bilan yurgizib chiqqanlar, lekin bu 
metoddan muntazam ravishda foydalanishga ruxsat etilmagan.
Keyinchalik bu metod takomillashib turli guruhlarga bo‘lindi.
Chiroyli yozuvga o‘rgatishning eng asosiy usullaridan biri harflarning
shaklini namuna qilib ko‘rsatish va yozdirishdir. Har bir harf namunasi 
doskada barcha o‘quvchilarning diqqatini jalb qilgan holda yoki ayrim 
o‘quvchilarga daftarda alohida – alohida ko‘rsatib berilishi lozim. O‘quvchining 
vazifasi esa doskada eslab qolgan shakllari (harf, bo‘g’in, so‘zlar)ni o‘z 
daftariga to‘g’ri aks ettirishdir. 
O‘qituvchi harf va harf unsurlarini doskada shunday tarzda yozishi 
lozimki, u barcha talabalarga bir xilda ko‘rinib tursin. Bundan tashqari harflarni 
yozayotganda ovoz chiqarib, bolalar diqqatini doskada jalb etib yozishi kerak. 
O‘qituvchi har bir harf elementlarini qayerdan boshlab qayerga tugashini ham 
ovoz chiqarib va ham yozib ko‘rsatishi lozim, toki keyinchalik o‘quvchilardan 
so‘ralganda ular aytib bilishlari va amalda ko‘rsatib olishlari lozim. Shundagina 
bu usul samara beradi. 

Download 5,58 Mb.
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   163




Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish