138
O‘quvchining individual xususiyatini hisobga olganda. Ko‘rish qobiliyati
yaxshi bo‘lmagan o‘quvchilarni yorug’ tushadigan deraza tomonga,
eshitish
a’zolarida nuqsonlar bo‘lgan bolani esa oldingi partalarga o‘tkazish ham nazarda
tutiladi.
Malumki, ruchkani barmoqlar orasida noto‘g’ri ushlaydigan o‘quvchilar
ham uchraydi, shu sababli bolaning ruchka ushlashiga ham alohida e’tibor
qaratiladi.
Daftarga harflarni 65° gradus qiyalikda yozish asosiy rol o‘ynaydi. Buning
uchun daftar - parta ustida to‘g’ri turishi lozim. Shuning uchun o‘qituvchi har
bir o‘quvchining daftarlarini kuzatib borishi darkor. Bu qoidaga amal qilish ham
yozuv sifatini oshiradi.
O‘quvchilarning yozuv tezliklarini kuzatish, kamchiliklarini hisobga olish,
yutuqlarini ko‘pchilikka namuna qilib ko‘rsatish
ham bu tamoyilning asosiy
shartlaridan sanaladi.