• SMART Technologies Inc. ( www.smarttech.com ) kompaniyasi 1991 yil birinchi interfaol doskani chiqardi. Shundan beri SMART
  • N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi




    Download 5,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet60/163
    Sana12.01.2024
    Hajmi5,58 Mb.
    #136140
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   163
    Bog'liq
    12590 2 CE8BD3CE1F03505534B64BE6967001D373895E4B

    Elektron interfaol doska – bu sensorli kopyuterga ulangan ekran bo‘lib, 
    kompyuterga ishni boshlash uchun interfaol doska yuziga qo‘l tegizsangiz 
    bo‘ldi u ishlab ketadi.
    SMART Notebook nomli maxsus ta’minlash dasturi esa interfaol 
    doskalarda ishlashni osonlashtiradi, matnlar va audio - videomateriallar ustida 
    ishlashni ta’minlaydi.
    SMART Technologies Inc. (
    www.smarttech.com
    ) kompaniyasi 1991 yil 
    birinchi interfaol doskani chiqardi. Shundan beri SMART mahsuloti butun 
    dunyoda cheksiz muvaffaqiyat qozondi.
    Doska (sinf taxtasi) taraqqiyotining eng yuqori cho‘qqisi bu elektron 
    interfaol doskalar hisoblanadi. Bu doskalar ham xuddi oddiy doskalarga 
    o‘xshaydi. Lekin unga har nima yozilsa tezda shaxsiy kompyuter 
    ekraniga 


    125 
    chiqadi. Yozilgan infqormatsiya fayl shaklida saqlanadi hamda printerdan 
    chiqarilishi mumkin. Elektron doskalarning eng yaxshi tomoni shundaki unda 
    animatsiyalar imkoniyati juda yuqori. Rasm chizish, qo‘shish, ma’ruza 
    matnlarini tayyorlash va boshqa shunga o‘xshash ishlarni rangli va animatsiyalar 
    yordamida tez va sifatli bajarish imkoniyati mavjud. 
    Rossiyaning umumta’lim maktablarida 1996 yildan beri bu doskalardan 
    foydalanadilar. Mazkur doskalardan boshlang’ich sinflarda keng foydalanish 
    yaxshi samara beradi. Elektron interfaol doskalar o‘zining katta imkoniyatlari 
    bilan kishini lol qoldiradi. O‘quvchi unda oddiy bo‘r bilan emas rangli 
    “qalamchalar” bilan yozishi va chizishi mumkin. Bu ishda hech qanday chegara 
    yo‘q. O‘quvchilar katta qiziqish bilan bu doskadan foydalanadilar. O‘zlarining
    layoqatlarini bu doska orqali namoyon etishlari mumkin. 
    Ustozlarimiz uchun ham bu doska katta 
    imkoniyatlar eshigini ochib beradi. Masalan 
    boshlang’ich sinflarda husnixat darslarini 
    ushbu doska orqali qiziqarli va samarali tashkil 
    etish mumkin.
    Birinchi sinfda yozuv mashqlarini tashkil 
    etish birmuncha murakkab. Bu uchun birinchi navbatda tayyorgarlik mashqlarini 
    yaxshi tashkil etish zarur. Oddiy doskada tayyorgarlik mashqlarini bajarish 
    uchun o‘quvchilarni qora va rangli bo‘rlar bilan ta’minlash lozim. Agar elektron 
    interfaol doskadan foydalanilsa bo‘r va lattaga umuman 
    hojat qolmaydi. Elektron doskalarda xohlagan narsani 
    xohlagan rangda yozish mumkin. Bu ham ortiqcha 
    mehnat va pulni tejaydi, tozalik gigienasini ta’minlaydi 
    hamda o‘quvchilar qiziqishini yuqori darajada ko‘tarib, 
    samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.
    Tayyorgarlik davrida o‘tkaziladigan mashqlar ma’lum darajada 
    guruhlarga bo‘lib, avval sodda, keyin murakkabroq mashqlarni bajarish lozim. 
    Masalan, birinchi guruh mashqlarida o‘quvchilar chiziq ustida muayyan 


    126 
    masofalarda nuqta qo‘yib chiqish mashqini bajarishlari kerak. Bu hol 
    o‘quvchilarga zerikarli tuyuladi. SHu bois o‘qituvchi rangli bo‘rlardan 
    foydalanib, ular qiziqishini oshirar edi. Elektron doskalarda esa bu ish oddiy tus 
    oladi. O‘quvchi nuqtalarni xohlagan rangida yozishi mumkin. Masalan, birinchi 
    nuqtani ko‘k rangda, ikkinchisini qizil rangda, uchinchisini yashil rangda va 
    hokazo. Tayyorgarlik mashqlari sirasiga turli xildagi geometrik figuralar, 
    bayroqchalar, daraxtlar maketi, turli shakl va hajmdagi tayyoqchalarni chizish 
    ham kiradi. Bu ishlarni elektron doskalar yordamida tez va sifatli tarzda 
    o‘quvchilarga o‘rgatish mumkin. Masalan doskaning bir burchagida chizilgan 
    kichik ilmoqchani sinf oxirida o‘tirgan o‘quvchi yaxshi ko‘rolmasligi mumkin. 
    Elektron doska orqali har bir yozilgan va chizilgan narsa xohlagan kattalikda 
    ko‘rsatilishi mumkin. Bu imkoniyat husnixat darslari samaradorligini oshirishga 
    katta yordam beradi. Mazkur doskalarni osonlik bilan bir necha qismga bo‘lib, 
    birdaniga bir necha o‘quvchiga topshiriqni bajartirish mumkin. Bajarilgan 
    topshiriqlar kompyuter xotirasiga kiritilib boriladi. U xohlagan vaqtda orqaga 
    qaytarilib qayta – qayta ko‘rilishi mumkin. Oddiy doskada esa yozilgan narsa 
    o‘chirilsa tamom. Uni qayta ko‘rish imkoniyati yuqoladi. Elektron doskada esa 
    uni xohlagan vaqtda qaytadan ko‘rish va tahrir etish imkoniyati mavjud. 
    Alifbe davrida bolalarni yozishga o‘rgatish juda muhimdir. Bu davrda 
    o‘quvchilarga harf va uning unsurlari amaldagi “Alifbe” kitobida ko‘rsatilgan 
    tartibda o‘rgatiladi. 
    Alifbe davrida bajariladigan asosiy grafik ishlar quyidagilardan iborat: 
    1. 
    Kichik va bosh harflarni alifbe tartibida yozish. 
    2. 
    Harflarni bo‘g’in va so‘zlarda qo‘shib yozish. 
    3. 
    Qo‘l harakatini uzmay yozishga o‘rgatish. 
    4. 
    Harflarning qiyaligini va enini to‘g’ri saqlashga o‘rgatish. 
    Mazkur ishlarni oddiy doska yordamida o‘quvchilarga o‘rgatish 
    o‘qituvchidan katta zahmatni talab etadi. U bu uchun katta hajmda ko‘rgazma 
    qurollar tayyorlashi lozim. Agar ushbu ishlar elektron interfaol doskalar 
    yordamida o‘quvchilarga tushuntirilsa ham samarasi katta bo‘ladi ham 


    127 
    o‘qituvchining mehnati ancha yengil bo‘ladi. Ijodkor o‘qituvchi elektron 
    doskalardan juda yaxshi foydalanishi mumkin. 
    Mazkur doska yordamida “Alifbe” darsligining xohlagan varaqi va yo 
    sahifasini o‘quvchilarga kattalashtirilgan holda ko‘rsatish mumkin. Unda har bir 
    o‘tilishi lozim bo‘lgan harfni unsurlarga bo‘lib o‘tish imkoniyati nihoyatda 
    kattadir.
    Ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi sinflarda ham o‘quvchilarni chiroyli 
    yozishga o‘rgatishga elektron interfaol doskalardan foydalanish mumkin. 
    Husnixat darslarini elektron slaydlardan foydalangan holda ham samarali 
    va qiziqarli tashkil etish hamda o‘tkazish mumkin. Elektron slaydlar kompyuter 
    orqali tayyorlanadi. Dars mashg’ulotini ham elektron slayd tarzida tayyorlash 
    mumkin. Bunda turli xildagi animatsiyalardan foydalanish mumkin. (1- ilovaga 
    qarang). 
    Har bir harfni o‘rgatish uchun maxsus elektron slaydlar tayyorlash 
    mumkin. Bu ham qiziqarli ham samarali bo‘ladi. O‘quvchi darsni o‘qituvchi 
    so‘zidan emas, balki kompyuterda chiroyli animatsiyalar bilan jihozlangan 
    o‘yinlar orqali o‘zlashtirib boradi. Umuman olganda husnixat darslarini 
    elektron slaydlar orqali o‘rgatib, yuqori samaradorlikka erishish mumkin. 
    Pastda elektron doskalardan namunalar berilgan: 


    128 

    Download 5,58 Mb.
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   163




    Download 5,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi

    Download 5,58 Mb.
    Pdf ko'rish