134
10. XX asrda yozuvga va husnixatga o‘rgatish bo‘yicha ishlarni amalga
oshirildi?
11. Kitobatchilik bilan shug‘ullangan tarixiy shahslardan kimlarni bilasiz?
12. Xattotlar va xattotlik maktablari faoliyat haqida so‘zlang?
4-MAVZU:HUSNIXATGA O‘RGATISH TAMOYILLARI VA
USULLARI
Tayanch so‘zlar: Onglilik tamoyili, husnixat bilan yozish, ko‘rgazmalilik
tamoyili, genetik tamoyili, takrorlash tamoyili, nusxaga qarab ko‘chirish usuli,
ritmik usuli, yozuv malakasi, chiziqli uslub, ritmik usul, ijodiy yozuv, o‘zini-o‘zi
tеkshirish, harf elementlari, yozuv matnlari.
4.1.1-4-sinflarda husnixat darslari
Boshlang’ich sinf o‘quvchilari husnixat malakalarini o‘qtuvchilarning
o‘zlari tayyorlaydilar. Matn tanlashda quyidagilarga rioya qilish lozim.
-
umumdidaktik talablar asosida tanlanadi
-
materiallarning mavsumga mos bo‘lishi
-
bosqichli ketma-ketlik tamoyiliga amal qilinishi
-
husnixat materialining o‘rganiladigan mavzu bilan bog’lanishiga
-
imlo bilan bog’lanishiga
-
bolalar hayoti bilan bog’lanishiga
-
ajratilgan vaqtga mosligiga
Amaldagi dasturga muvofiq boshlang’ich sinflarda husnixat: 1) bir
dars ajratiladi 2-dasrning ma’lum daqiqalari ajratiladi.
1-sinfda
husnixat
yuzasidan
o‘quvchilarda
quyidagi
malakalarni shakllantirish ko‘zda tutiladi.
-
yozuv jarayonida partada to‘g’ri o‘tirish;
-
daftarni 65 gradus qiyalikda qo‘yish;
-
ruchkani to‘g’ri ushlash;
-
yozuv chiziqlarini farqlash;
135
-
so‘zlar orasidagi bir xil tenglikda saqlanishi.
Dastur talablarini to‘liq amalga oshirish uchun ishni rejalashtirib olish
lozim. Rejalashtirishda husnixarga o‘rganish jarayonida ish turlarining qiziqarli
va turli tuman bo‘lishiga e’tibor qaratiladi.
Boshlang’ich sinfda o‘quv dasturi;1-sinfning i kkinchi yarim yilida
o‘qituvchi husnixatga o‘rgatishni ona tili darslariga qo‘shib olib boradi. Bu
davrga kelib yozuv sharti ham o‘zgaradi. O‘quvchilarning
daftarida harf
namunasi yo‘qligi tufayli ular qo‘shishga bir qancha shartlarni bajaradilar.
Jumladan bosma harfni yozma harfga aylantiradilar. Bundan tashqari mashq
shartlari ham bajarilishi lozim. O‘qituvchi husnixat daqiqasini rejalashtirihda
albatta yuqoridagi holatlarni hisobga olishi lozim.
Shuningdek, ikkinchi sinfda chiroyli yozuv
malakasini shakllantirish
quyidagi vazifalarni o‘z ichiga oladi:
1. Partada to‘g’ri o‘tirish, ruchkani ushlash, daftarni to‘g’ri tutish.
2. O‘quvchilarda chiroyli yozishga qiziqish uyg’otish
3. Husnixat darslarini sanoq-ohang usullari va jismoniy mashqlar bilan
bog’lab olib borish
4. O‘quvchilarning chamalab yozish qobiliyatlarini o‘stiruvchi
mashqlar bajartirish
5. Qo‘l va barmoq muskullari harakatini o‘stiruvchi mashqlar bajartirish
6. Harflarni qo‘l harakatini uzmasdan tutashtirib yozishga o‘rgatish
7. Kichik va bosh harflarni ajratib yozishga o‘rgatish
8. Xato yozilgan harflar yuzasidan mashqlar bajarirish
9. Darsda
yozib mashq qilish
Yozuv jarayonida yozuv sifatini shakllantirish katta ahamiyatga ega.
Yozuvning aniq, toza, bir xil qiyalikda va balandlikda bo‘lishi hamda bir tekis
silliq yozilishi uning sifatini ta’minlaydi.
Yozuv sifatini shakllantirish uchun quyidagi ko‘rsatmalarga amal qilish
lozim:
1. Harf unsurlari va harflarni to‘g’ri bog’lab yozish.
136
2. Yozuvni 65º qiyalikda yozishga o‘rgatish.
3. Har bir qatordagi harflarning bir xil balandlikda bo‘lishiga erishish.
4.
Harf unsurlari, harflar va so‘zlar orasidagi masofalarni bir xilda
saqlash.
5. Sinfdagi barcha o‘quvchilarni bir xil tezlikda ravon qilib yozishlariga
erishish.