Husnixat darslarida kompyuter o‘yinlaridan foydalanish




Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/163
Sana12.01.2024
Hajmi5,58 Mb.
#136140
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   163
Bog'liq
12590 2 CE8BD3CE1F03505534B64BE6967001D373895E4B

Husnixat darslarida kompyuter o‘yinlaridan foydalanish. O‘quvchi 
e’tiborini faollashtirish, tasavvurni to‘g’ri tuzishda qiziqtira olish o‘qituvchiga 
tasviriy san’at bo‘yicha EHMning maxsus dasturlarini qo‘llashga yordam 
beradi.
Darsda ishni savodli tashkil etish o‘quvchini darsga qiziqtira bilish uchun 
sharoitlar yaratish o‘qituvchiga badiiy qobiliyatlarni rivojlantirish uchun 
qo‘shimcha imkoniyatlarni qo‘llashga yordam beradi. Darslarning bunday 
tashkil etishi qisqa muddat ichida bolalarga maktabgacha bo‘lgan yoshlarida 
ma’lum bo‘lgan tasviriy usullarni eslash va mustahkamlashga yordam beradi. 
Oliy ta’lim tizimida amalga oshiriladigan eng dolzarb muammolardan biri 
yetuk, komil inson yetishtirib chiqarishdir. Bu maqsadni amalga oshirishda ona 
tili o‘qitish usuliyoti fanining ham o‘z o‘rni mavjud. Tilshunoslikdan olingan 
nazariy bilimlarni yosh avlodga yetkazish usullarini o‘rgatuvchi fan ona tili 
o‘qitish usuliyotidir. Shuning uchun ham ushbu fandan samaradorlikni oshirish 
maqsadida hozirgi zamon axborot texnologiyalaridan foydalanish maqsadga 
muvofiq deb o‘ylaymiz. Ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirishi, zamon 
talablariga 
javob 
beradigan 
sifatli 
o‘quv-uslubiy, ilmiy adabiyotlar, 
darsliklarning elektron versiyalarini ishlab chiqishdan iborat. Elektron darsliklar 
kompyuter texnologiyasiga asoslangan ko‘p axborotli ko‘rinishda: matnli, 
ovozli, video va multimediyali bo‘lishi talabalar uchun ona tili o‘qitish usuliyoti 
darslarini yanada chuqurroq o‘zlashtirish imkoniyatini yaratadi. Tovush tizimi 


129 
va uning hosil bo‘lishida tovush apparatlarining ishtirok etish jarayonini 
talabalar multimediyali elektron darslik va axborot texnologiyalari yordamida 
hosil bo‘layotgan tovushning boshqa tovushlardan o‘xshash va farqli tomonlari 
xususida chuqur ma’lumotga ega bo‘ladi. Shuningdek, tovush apparatlarining 
savod o‘rgatish jarayonidagi ahamiyati rivojlanganlik darajasini ko‘rsatishda 
ham qator afzalliklarga ega. Ushbu fan yuzasidan biz har bir bo‘limni o‘z ichiga 
qamrab oluvchi elektron darsliklar yaratishni maqsad qilib qo‘yganmiz. Bu 
borada qator ishlarni amalga oshirga harakat qilayapmiz. Grammatik 
tushunchalarni o‘zlashtirishdagi samarador usullar haqida yetarli darajada to‘liq 
va aniq tasavvur etishda elektron darsliklarning o‘rni ulkan ahamiyat kasb etadi. 
Grammatik tushunchalarni o‘zlashtirishni qo‘yidagi tartibda amalga oshirish 
mumkin:
1. Tovush, harf, so‘z. 2. So‘z turkumlari. 3.Uslubiyat va tinish belgilari. 
Bu uchala tipdagi tushunchalar butun tilshunoslik bo‘limlarini o‘ziga 
birlashtirib olgan. Har birining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olib, uni 
multimediyali tasvirlardan foydalanib muhokama etilganda talabalarda ko‘proq 
tushunchalar hosil bo‘ladi.
Elektron 
darsliklarning an’anaviy, bosma shaklda tayyorlangan 
adabiyotlardan afzalligi shundaki, ulardan kompyuterlar orqali masofali o‘qitish 
va o‘qish jarayonlarida keng foydalanish mumkin. O‘z navbatida talabalar 
mustaqil ravishda ulardan foydalanib darslarga avvaldan tayyorgarlik ko‘rishlari 
va hatto bir bo‘lim uchun tayyorlangan test majmualari asosida o‘z bilim 
darajasini aniqlash imkoniga ega bo‘ladi.
Buning uchun, avvalo, o‘qituvchining o‘zi kompyuter, elektron darslik va 
internet haqida tushunchaga ega bo‘lishi va ulardan foydalanishni bilishi lozim. 
SHunda o‘qituvchi darsni zamon talablari asosida o‘qita oladi, avlodni yangicha 
o‘qitish tizimi sari yetaklaydi. O‘zbekiston respublikasining 2001 yil 23 
maydagi “2001–2005 yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini 
rivojlantirish “Internet”ning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini 


130 
ta’minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora tadbirlari to‘g’risida” gi 
230- sonli qarori fikrimiz dalilidir. 
Uzliksiz ta’limning ilk bosqichlaridan boshlab o‘quvchilarga kompyuter, 
elektron darslik va internetdan foydalanish malakasini shakllantirish o‘quvchini 
uzluksiz ta’limning keyingi bosqichlarida bulardan mukammal foydalanishni 
o‘rgansa ularning bilim va malakasini oshirishiga zamin yaratadi.
Dunyoni o‘z qamroviga olgan, hayotning hamma sohasiga kirib kelayotgan 
kompyuter texnologiyasi xoh u telekamunikatsiya bo‘lsin, xoh u tibbiyot sohasi 
bo‘lsin, xoh u ishlab chiqarish korxonalari bo‘lsin kompyuter texnologiyasidan 
foydalanib, ishning samaradorligini oshiryaptilar. Shunday ekan, boshlang’ich 
sinfda o‘qiyotgan bola ertaga kim bo‘lishi, qaerda ishlashi (telekamunikatsiya, 
tibbiyot, ishlab chiqarish va hokazolar)dan qat’iy nazar kompyuterlar bilan 
ishlashni bilish zarurati paydo bo‘layapti. Agar u kompyuterni boshqarolmasa 
qancha nazariy bilimi bo‘lishidan qat’iy nazar u bilimini amalga tadbiq etolmay 
ishdan bo‘shaydi, yo kompyuter boshqarishni o‘rganib, ishini davom ettiradi. 
Hadisi sharifda shunday: “Yoshlikda olingan ilm, toshga uyilgan naqshdir” 
deyiladi. Darhaqiqat, shunday ekan, boshlang’ich sinflarda kompyuter 
yordamida dars tashkil etilsa, o‘quvchilar yoshligidan kompyuter haqida 
ma’lumotga ega bo‘lib dars samaradorligi ham oshadi. Buning uchun 
o‘qituvchilardan izlanuvchanlik bilan bir qatorda kompyuter haqida ma’lumotga 
ham 
ega 
bo‘lishi 
va 
undan 
foydalana 
olishlari 
lozim. 
Darslarni 
kompyuterlashgan tizim asosida tashkil etish bugungi yoshlarimizning ertangi
hayotidagi ayrim kamchiliklarning oldini olib (ishga borgach kompyuter bilan 
ishlashi), ularning o‘zlari tanlagan sohaning ravnaqiga hissalarini qo‘shishga 
zamin yaratadi. Bu ishni, avvalo, maktabgacha bo‘lgan ta’lim muassasalarida 
ham joriy etish lozim. 
Bola orziqib kutilgan kun kelib u maktabga qatnay boshlaydi. Unga 
maktabda va sinfda bo‘layotgan har bir harakat qiziqarli tuyuladi. Shuning 
uchun u bu harakatlardan o‘yin elementlarini axtaradi. Bu besabab emas, 


131 
albatta. U hali o‘yinqaroq bola, o‘quvchi bo‘lib to‘liq shakllanishiga ancha vakt 
bor.
Boshlang’ich sinflarda o‘quvchilarning o‘yin faoliyatini o‘qish faoliyatiga 
o‘tkazish birdan bo‘ladigan didaktik jarayon emas. Bu ikki faoliyatni alohida-
alohida olib borib ham bo‘lmaydi, chunki bolaning o‘yin faoliyatida o‘quv 
elementlari, o‘quv faoliyatida esa o‘yin elementlari mavjud. SHuning uchun 
bolani zeriktirmasdan darsni zamonaviy pedagogik texnologiya, kompyuter 
texnologiyalaridan samarali foydalanish uchun amaliyot davridan boshlab 
talaba-bo‘lg’usi o‘qituvchi unimli foydalanishni o‘rganishi lozim. SHu 
maqsadga bizlar boshlangich sinfning savod o‘rgatish davridan boshlab 
kopmyuter texnologiyalari asosida elektron darslik, prizentatsiya, animatsiya va 
didaktik o‘uyinlar asosida darslarni o‘tishni taklif etmoqchimiz.
Boshlang’ich sinf savod o‘rgatish davridan boshlab o‘quvchilarni yangicha 
ruhda, zamon bilan hamnafaslikda, sodda, qiziqarli darslarni joriy etish lozim. 
Buning uchun kompyuterlar yordamida darslarni juda katta natijalar bilan 
tugatish mumkin. Savod o‘rgatish davriga nazar tashlasak bolalar asosan o‘yin 
faoliyati bilan tanish, o‘rtoq baladilar. Ularni zeriktirish katta xato bo‘lib, bu 
hatto bolaning ruhiy faoliyatiga ham ta’sir ko‘rsatishi ehtimoldan xoli emas. 
Kompyuter texnologiyasining o‘zi bola uchun qiziqarli narsa. Unda 
bajaradigan amallar, o‘yinlar undan ham qiziqarli bo‘ladi. Demak bola zerikmay 
kompyuterlashgan ta’limga qiziqishi tabiiy. Kompyuterdan dars jarayonida
qanday foydalanish mumkin?, u orqali qanday elektron darslik, animatsiya, 
prizentatsiya va didaktik o‘yinlarni tashkil etish mumkin? yoki lozimligi 
borasida fikr yuritmoqchimiz. 
Bizlarga ma’lumki, savod o‘rgatishning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri bu 
bolalarning beg’ubor, toza xotirasiga (biz uni ko‘pincha oq qog’ozga 
o‘xshatamiz) ilmlar kaliti bo‘lgan harflarni muhrlashdir. Endi shu jarayonda
batafsilroq to‘xtasak. O‘qituvchi dars jarayonida har bir harfni o‘qitish uchun 
sinf taxtasiga usha harfni yozadi va talaffuz qiladi. Bu bilan o‘sha harfni bola 
xotirasida poydevor etib joylashtiradi. Endi bir tasavvur qiling: O‘zbekistonning 


132 
minglab sinflarida minglab o‘qituvchi bolalarga savod o‘rgatish bilan band. 
Xo‘sh ularning husnixati (chiroyli yozuvi kolligrafiyasi) va talaffuzi 
(ovozlarning talaffuz qilishi qobiliyati) bir xil yoki davlat standarti talablariga 
to‘la javob beradi, deb kim ayta oladi. Yoki o‘qituvchi biron bir sabab bois 
harfni to‘g’ri yozib yoki talaffuz qila olmaydi. Bu nazarga ilmaydigan, oddiydan 
tuyulgan kamchiliklar tilning ravnaqi, ravonligiga, albatta, salbiy ta’sir qiladi. 
Kompyuter esa bu kamchiliklardan xolidir. 
Agar shu jarayonda elektron darslik yaratilsa, har bir harfning boshlang’ich 
yozish elementlaridan boshlab yozishni qayerdan boshlab qayerga tugatishni, 
ovozlar talaffuzini bola katta ekranda standart holda ko‘rsa va eshitsa bu til va 
millat uchun katta muvaffaqiyat bo‘ladi. Chunki endi butun respublikamiz 
maktablarida savod o‘rgatish davrida bolalar bir xil standart harflarni yozish va 
talaffuz qilishni o‘rganadilar. O‘qituvchi esa ortiqcha harakat va vaqt 
sarflashdan ozod bo‘lib bolalarni faol nazorat qilib har bir o‘quvchi bilan 
yakkama-yakka ishlay oladi. 
Hozirgi kunda respublikamizda ta’limni kompyuterlashtirishga qancha 
e’tibor berilsa, ta’limning samarasi muvaffaqiyatli bo‘ladi. Boshlang’ich 
sinflarda kompyuter texnologiyasi asosida tashkil etish mumkin bo‘lgan dars 
namunalari pastda keltirilgan. 
Kompyuter yordamida “Yashiringan harfni top” o‘yini 
O‘yinning borishi: ma’lum bir so‘z berilgan bo‘lib ulardan ayrim harflari 
yashirib qo‘yilgan. masalan, “kitob” so‘zi olsak “k tob” yozilib “i” harfi 
yashirib qo‘yilgan bo‘lib, o‘quvchilardan yashiringan harfni topib so‘zni o‘qish
talab qilinadi. Bu o‘yinni kompyuter yordamida tashkil etish ko‘pgina afzallik 
va qulayliklar yaratadi. O‘quvchilarning o‘z ustiga mustaqil ishlashni o‘rganishi, 
mustaqil fikrlashlari va ishining natijasi ya’ni xotosini tahlil etib kompyuter 
baholashi yangi avlodning zamonaviy tafakkurini boyitishga katta zamin bo‘lib 
xizmat qiladi. 
“O‘z-o‘rningni top” o‘yini 


133 
O‘yinning borishi: O‘qituvchi bolalarga xohlagan bir so‘zni yo gapni 
aytadi, masalan, “Vatan” so‘zi aytilib kompyuterlarga kiritiladi. O‘quvchilar har 
bir harfni ekranga chiqarish uchun bir amalni bajarishlari lozim bo‘ladi. 
Masalan, “V” harfini chiqarish uchun qanday amal bajarishdan qatiy nazar 
natijasi 21 chiqishi lozim. Chunki “V” harfi alfavitda 21- o‘rinda joylashgan. 
Shunday qilib, o‘quvchi “Vatan” so‘zini ekranga chiqarish uchun beshta amal 
bajaradilar. Qaysi o‘quvchi tez va to‘g’ri bajarsa, kompyuterda ma’lum bir kuy 
bilan o‘quvchi taqdirlanadi va o‘qituvchi qaysi o‘quvchi topshiriqni birinchi 
bo‘lib bajarganini aniqlaydi. O‘yin davomida yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni 
kompyuter tahlil etadi. 
Bu o‘yin husnixat va matematika darslarining o‘zaro uyg’unligi, 
bog’liqligini ham yaqqol namoyon etadi. Bola bu o‘yinni aynan kompyuterda 
bajarsa, yaxshi natija beradi. O‘yin jarayonida nafaqat matematik ifodalarni 
tuzib yechish, balki lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosiga 
joylashgan harflarning nomi va o‘rni xotirasiga muhrlanadi. Ular alfavitda 
qaysi harf qaerda, nechanchi o‘rinda joylashganini ham xotiralarida saqlab 
qoladilar. Bu bilan birga ko‘paytirish, bo‘lish, sonlarning yig’indi va ayirmasini 
topish jadvalini o‘zlashtiradi. 

Download 5,58 Mb.
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   163




Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Husnixat darslarida kompyuter o‘yinlaridan foydalanish

Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish