143
Shuningdek, bu usul bilan
yozishda dastlab sekinroq, keyinchalik uni
tezlashtirib yozib ko‘rsatiladi. Bu usuldan bo‘g’in, so‘z va gaplarni yozishda
ham foydalanish mumkin.
Tasavvur orqali yozish. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan
usullar bilan bir
qatorda, tasavvur qilish orqali havoda harflarning shaklini yozdirib mashq
qildiriladi. O‘qituvchi doskada yozib ko‘rsatgan harf yoki bog’lanishlarni
o‘quvchilarga qanday qilib yozishni, ruchkaning havoda harakatini ko‘rsatib,
o‘quvchilar tasavvur hosil qilganlaridan so‘ng daftarga yozishga ruxsat etiladi.
Bunday mashqlar o‘quvchilarning qiziqishlarini o‘stiradi
hamda jismoniy
mashqlarni ham bajarish imkonini beradi.
Tasavvur orqali yozish usuli. Yuqoridagi usullar bilan bir qatorda,
bolalarga tasavvur orqali havoda harflar shaklini yozdirish ham qo‘llaniladi.
O‘qituvchi doskaga yozib ko‘rsatgan harf yoki uning bog‘lanishlarini
o‘quvchilarga ruchkani havoda harakatlantirib ko‘rsatadi va bu orqali
o‘quvchida harf haqida tasavvur hosil qilinadi. So‘ng o‘quvchi
daftarga
yozishga kirishadi. Bunday mashq usuli o‘quvchining qiziqishini oshiradi
hamda jismoniy mashqlarni bajarishga ham imkon beradi.
Bu usulning salbiy jihati ham bor. Chunki, o‘qituvchi bu usuldan
foydalanganda,
barcha
o‘quvchilarning qo‘l harakatini to‘g‘ri yoki
noto‘g‘riligini bir paytda tekshira olmaydi. Bunda bir necha o‘quvchining qo‘l
harakatini kuzatib, tegishli ko‘rsatma berish mumkin.
Nusxa ko‘chirish, tasavvur orqali zish husnixatga o‘rgatishda
yordamchi
usul sanaladi.
Harf va uning elementlarini tahlil qilish usuli. Harf va uning
elementlarini tahlil qilish turlicha amalga oshiriladi. Harflarni elementlarga
ajratib
tahlil qilish, har bir harfning necha elementdan tuzilganligini, qanday
shaklga ega ekanligini, bu elementlar boshqa harflar bilan bog‘lanishida qanday
ko‘rinishga ega bo‘lishini o‘quvchilar tasavvur etadilar. Ammo soddalashtirilgan
harflar alfaviti ko‘p harflarni
elementlarga ajratmay, bir butun yozishni talab
qiladi. Masalan
b harfi elementlarga ajratilmay, bir butun shaklda yoziladi.
144
Ayrim harflar bir necha elementdan tashkil topgan bo‘lib,
ular bir butun
shaklda yoziladi, ammo o‘qituvchi uning necha elementdan iboratligini faqat
eslatib o‘tadi. Masalan, kichik d harfining birinchi elementi to‘liq oval, ikkinchi
elementi pasti halqali tayoqchadan iborat.
Bu o‘rinda harfning necha elementdan iborat ekanligi esalatib o‘tiladi,
yozishda esa bu harfni qo‘l harakatini uzmasdan yozish talab cheklanadi.