• Chiziqli metod.
  • Namunaga qarab ko‘chirib yozish usulida




    Download 5,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet67/163
    Sana12.01.2024
    Hajmi5,58 Mb.
    #136140
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   163
    Bog'liq
    12590 2 CE8BD3CE1F03505534B64BE6967001D373895E4B

    Namunaga qarab ko‘chirib yozish usulida o‘quvchilar, asosan, 
    harflarning shaklini “Yozuv daftari”dagi namunaga qarab ko‘chirib yozadilar. 
    Namunaga qarab ko‘chirib yozish tayyor harflarning ustidan yozishga 
    nisbatan ancha murakkab bo‘lib, ularning har ikkalasini qaysi vaqtda qo‘llashni 
    o‘qituvchi yaxshi bilishi kerak. 
    Tayyor holdagi nuqtalar bilan ifodalangan harflar ustidan qo‘lni yurgizib 
    mashq qilish ixtiyorsiz jarayon bo‘lib, o‘quvchilar bu topshiriqni oson 
    bajaradilar. Ikkinchidan, “Husnixat” daftariga berilgan namunaga qarab 
    yozdirish o‘qituvchining vaqtini ancha tejaydi. 
    Chiziqli metod.
    Chiziqli metod XIX asrning boshlarida qo‘llanila 
    boshlangan. Bu metodning qo‘llanilishi bilan turli chiziqli daftarlar chiqarila 
    boshlanadi, bu esa o‘quvchilarga harflarni chiroyli hamda bir tomonga bir oz 


    141 
    moyil qilib yozish uchun ma’lum darajada qulaylik tug’dirdi. Bunday 
    daftarlardagi chiziqlar, ya’ni harf turlari bir necha yotiq va qiya chiziqlardan 
    iborat bo‘lib, ular kichik va bosh harflarni yozish uchun mo‘ljallanadi. Chiziqli 
    daftarlar bir necha xil bo‘lib, har bir turi ma’lum sinflarga mo‘ljallab 
    chiqariladi: 
    a) ikki chiziqli daftar – kichik harflar yoziladigan gorizontal chiziqlar 
    orasidagi masofa 5 mm ga, bosh harflar yoziladigan gorizontal chiziqlar 
    orasidagi masofa esa 11 mm ga, qiya chiziqlar orasidagi masofa esa 3,3 mm ga 
    teng bo‘lib, 1-sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan edi. 1970-yildan boshlab 
    bunday daftar maktablarda qo‘llanmaydigan bo‘ldi. 
    b) ikki chiziqli daftar – qiya chiziqlari orasidagi masofa 25 mm ga, 
    kichik harflar yoziladigan gorizontal parallel chiziqlar orasidagi masofa 5 mm 
    ga, bosh harflar yoziladigan parallel chiziqlar orasidagi masofa esa 10 mm ga 
    teng bo‘lib, 1970-yildan boshlab 1-sinf o‘quvchilari uchun tavsiya etila 
    boshlandi. 
    c) bir chiziqli daftar – parallel chiziqlari orasidagi masofa 8 mm ga teng 
    bo‘lib, 1970-yildan boshlab 2-sinf o‘quvchilari uchun tavsiya etildi. 
    Genetik metod. Mazkur metod harflarni o‘xshash unsurlarini hisobga 
    olib guruhlarga bo‘lib o‘rgatishga tayanadi. Bu metodning asosiy xususiyati 
    shundaki, bosh va kichik harflar guruhlarga bo‘lib yozdiriladi. Genetik 
    metoddan asosan boshlang’ich sinflarning 2- 4- sinflarida foydalanish tavsiya 
    etiladi. 
    Genetik metodga asosan harflar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 

    Download 5,58 Mb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   163




    Download 5,58 Mb.
    Pdf ko'rish