142
1-guruh: I, J, L, U.
2-guruh: A, M, N.
3-guruh: E, O, Q, X, O‘.
4-guruh: G, H, K, Y, G’.
5-guruh: B, D, F, P, R, T.
6-guruh; S, V, Z.
Genetik usulda o‘qituvchi, kichik va bosh harflarni
guruhlarga ajratish
bilan birga, ularning qanday unsurlardan tuzilganligini
va ularning nomlarini
yaxshi bilishi hamda yoza olishi lozim. Yuqorida ko‘rsatilgan
kichik va bosh
harflar guruhlarini bir-biridan ajrata olgan va ularning shaklini to‘g’ri
o‘zlashtirgan o‘quvchilargina harflarni chiroyli yoza olishlari mumkin.
Mazkur usulni qo‘llashda, o‘qituvchi, harf va
uning elementlarini sanoq
bilan yozdirish usulidan (bu usul haqida pastda ma’lumot beramiz) foydalangani
ma’qul. Bu usulni ko‘proq 2-sinfda qo‘llash mumkin.
Sanoq-ohang metodi. O‘qituvchi mazkur
usuldan foydalanishda harf
va uning unsurlarini sanash orqali yozdirib tushuntiradi.
Bu usulni ayniqsa
savod o‘rgatish davrida kenf qo‘llash mumkin.
Sanoq-ohang metodining boshqa metodlarga
nisbatan afzallik tomonlari
ko‘p. Birinchidan, u harflarni tekis yozilishini ta’minlaydi va harf unsurlarining
tushib qolishiga yo‘l qo‘ymaydi; ikkinchidan, sekin yozadigan o‘quvchilarni tez
va sinfdagi barcha o‘quvchilar
bilan barobar yozishga undaydi;
uchinchidan,
o‘quvchilarga harakatlarni aniq va dadil bajarishni o‘rgatadi; to‘rtinchidan,
sinfda darsni jonlantirishga yordam beradi.
Mazkur metoddan butun dars davomida
foydalanish tavsiya qilinmaydi,
chunki o‘quvchilar charchab, yozuv sifatini pasaytirib yuborishlari mumkin.
Bu usuldan foydalanishda, asosan, harflarning asosiy unsuri
“bir”,
“ikki”,