139
o‘rgatish davrida bolalarda grafik malakalarni shakllantirish bilan birga imloga
oid malakalarning shakllanishiga zamin yaratiladi.
Malumki, savod o‘rgatish davrida o‘quvchi gapni bosh harf bilan yozish,
so‘zning satrga sig’may qolgan qismini keyingi qatorga ko‘chirish, kishilar ismi,
sharifi, hayvonlarga qo‘yilgan nomlarda bosh harf ishlatilishini amaliy tarzda
o‘rganadi.
Chiroyli yozuv darslarida so‘zlar, gaplar, matnlar yozish, ularning
imlosini tekshirishi orfografik ziyraklikni asta-sekin shakllantira boradi, imlo
qoidalarini puxta egallashlariga zamin yaratadi.
Insonning yozma nutqi harflar orqali shakllanadi. Husnixat darslarida
savodli yozuv grafik malakalar bilan shakllantirilishi asosiy vazifa hisoblanadi.
Har bir harfning aniq yozilishi yozuvning aniq va ravon bolishini ta’minlaydi.
Buhing uchun harflarning shaklini to‘g’ri yozish, ularni to‘g’ri ulashning
ahamiyati kattadir. Harflami bosmasdan bir tekisda yozish, elementlarni
ajratmasdan boglash, so‘zlarni qatorda to‘gri joylashtirish, yozuv vaqtining
belgilab olinishi, tahlil ishlarining (bo‘gln-tovush, tovush-harf, imloviy tahlil),
ya’ni fonetik-grafik tahlilning amalga oshirilishi muhim sanaladi.
Yillar davomida o‘quvchilarni chiroyli va bexato yozishga o‘rgatish
uchun qoyidagi metodlardan foydalanib kelinmoqda: