137
sodda harflarni yozdirishga o‘rgatiladi. Ma’lumki, ba’zi bir harflar sodda
ko‘rinishga ega bo‘lib, ularni yozishda qiyinchilik tug’ilmaydi.
Shuning uchun
chiroyli yozuvga o‘rgatishda, dastavval bosh va kichik harflar guruhlab olinadi,
hamda shu guruhlash asosida shakli oson harflardan asta-sekin shakli murakkab,
yozish birmuncha murakkabroq harflarga o‘tiladi. Masalan, kichik harflarning 1-
guruhiga i, n, m, r kabilar kiradi. Bu harflar ilmoq shakllaridan iborat bo‘lganligi
sababli yozishda qiyinchilik bo‘lmaydi. Shuningdek,
genetik tamoyil asosida
harf, bo‘gln, so‘z, gap, matn tartibida osondan murakkabga qarab yozuv
mashqlari o‘tkaziladi.