• «Partada to‘g’ri o‘tir», «Chiroyli va toza yoz», «Ruchkani to‘g’ri ushla»
  • Ma’lumot beruvchi jadval.
  • N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi




    Download 5,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet57/163
    Sana12.01.2024
    Hajmi5,58 Mb.
    #136140
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   163
    Bog'liq
    12590 2 CE8BD3CE1F03505534B64BE6967001D373895E4B

    qilish; g) ma’lumot berish. 
    Bilish jadvali. Bunday jadvallar o‘qituvchi yangi materialni 
    tushuntirayotgan vaqtda qo‘llaniladi. 
    Tushuntirish jadvali. Bunday jadvallardan o‘quvchilar tomonidan 
    bajarilayotgan ba’zi bir amaliy mashg’ulot yoki ularda amaliy mashg’ulot
    xarakteridagi malakalarni hosil qilishda foydalaniladi. Bu jadval qisqa
    tushuntirishlar, ko‘rsatmalar bilan berilgan rasm va chizmalardan iborat
    bo‘ladi. Bunday jadvallarga «Partada to‘g’ri o‘tir», «Chiroyli va toza yoz», 
    «Ruchkani to‘g’ri ushla» kabi chizmalar misol bo‘la oladi. 
    Mashq qildirish jadvali. Boshlang’ich sinflarda bolalarga kundalik
    hayot uchun zarur bo‘lgan bilim va malakalar berib boriladi. Shunday zarur
    malakalardan biri ularni toza, chiroyli va to‘g’ri yozishga o‘rgatishdir. 
    Bolalarda toza va chiroyli yozish malakasini hosil qilish uchun bir qancha
    amaliy mashqlarni o‘tkazish lozim. «Yozuv qoidalariga rioya qiling» degan
    rasm o‘quvchilarning amaliy mashg’ulotlarni bajarishda hamda mashq qilish 
    vaqtlarida yordam beradi. 
    Ma’lumot beruvchi jadval. Bunday jadval o‘quvchilarga o‘tgan
    materialni qaytarishda hamda ba’zi bir esda tez saqlanib qolmaydigan 
    so‘zlarni, arifmetik raqamlarni yoki ayrim qiyin harflarning unsurlarini 
    eslashlarida kata yordam beradi. Masalan: kata J harfining unsurlari yoki 
    harfning o‘zi o‘quvchilarning esidan chiqib qolgan bo‘lsa, shu harfning
    yozilishi tasvirlangan jadvaldan foydalanish mumkin
    Bu jadvaldan foydalanilganda o‘quvchilar J harfining to‘g’ri yozish
    qoidalarini eslariga tushirib oladilar va o‘z bilimlarini mustahkamlaydilar. 


    114 
    Ko‘rgazma qurollar maktab gigiyenasi qoidalariga to‘la javob bera
    olishi lozim, shuning uchun yozilish sifatiga alohida ahamiyat berish zarur. 
    Ko‘rgazma qurollarning tashqi ko‘rinishining ham katta ahamiyati bor.
    Ko‘rgazma qurollar ortiqcha bezaklarsiz bo‘lishi lozim. Agar jadval yoki 
    tablitsalarning chetlari har xil gullar va bezaklar bilan ishlangan bo‘lsa,
    o‘quvchilar asosiy diqqatni o‘qituvchi tushuntirayotgan darsga emas, balki 
    bezaklarga beradilar. Har bir ko‘rgazma qurol orqada o‘tirgan
    o‘quvchilarga ham aniq ko‘rinib turishi va o‘qishga oson bo‘lishi lozim. 
    Maktab o‘quvchilari uchun atalgan o‘quv ko‘rgazmalari sifatli materiallardan
    ishlangan bo‘lishi kerak. Qog’oz oq rangda va toza bo‘lib yaltiramasligi, 
    bo‘yoqlar ham ochiq rangda bo‘lib, bir xil fon bilan berilishi lozim. 
    Ko‘rgazma qurollar o‘qitish jarayonida bir usul sifatida xizmat qilishi
    zarur. Shuning uchun ko‘rgazma qurollardan faqat zarur bo‘lgan
    vaqtdagina foydalanish kerak. Ko‘rgazma qurollarni tayyorlashda uning 
    kompozitsion joylanishiga ham kata ahamiyat berish lozim. 
    O‘qishning birinchi kunidan boshlab harflar va ularning ayrim
    unsurlarini mumkin qadar tegishli ko‘rgazmalar bilan o‘rgatish lozim. 
    Ko‘rgazma qurollarni mayda harflar bilan xira qilib yozish mavzuni 
    tushunishga va o‘zlashtirishga salbiy ta’sir qiladi: o‘quvchilar harf va 
    belgilarning yozilishini yaxshi ko‘ra olmaydilar, natijada noto‘g’ri
    ifodalaydilar. 
    Ko‘rgazma qurollardagi harflar aniq yozilgan bo‘lishi kerak. Ko‘rgazma 
    qurollarni bemalol ko‘ra oladigan darajada yirik qilib yozish lozim. Bu
    masofa taxminan 6-7 metr bo‘lib, ko‘z bilan kitob o‘rtasidagi masofadan 19-20 
    marta uzundir. Shuning uchun jadvallarni tayyorlash vaqtida uning harflarini 
    shuncha hissa yirik yozish kerak. 
    Har bir ko‘rgazma qurolni ehtiyotkorlik bilan saqlash zarur, ehtiyot 
    qilinmagan taqdirda ular tez ishdan chiqib, yozuvlari xiralashib qoladi. 
    O‘quvchilarga ko‘rgazma qurollarni istalgan balandlikda ko‘rsatish uchun
    qo‘llanmalar osiladigan moslamadan foydalanish mumkin (1- rasm). 


    115 
    1- rasm 
    Tablitsa va rasmlar shunday balandlikda osilishi kerakki, oldingi
    Download 5,58 Mb.
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   163




    Download 5,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi

    Download 5,58 Mb.
    Pdf ko'rish