104
Buning uchun sinf partasining ustiga ikki o‘quvchining har biri uchun ingichka
qiya nazorat chiziq chiziladi. Bu chiziqning ostki uchi o‘quvchilarning chap
ko‘kraklari o‘rtasida to‘g’ri bo‘lib, parta qopqog’iga nisbatan 65º qiya bo‘ladi.
Natijada hamma o‘quvchilarning oldida (partada) nazorat chiziqlar bo‘ladi.
O‘qituvchi o‘quvchilarni daftarning chetini yoki o‘rtasini shu nazorat chiziqqa
tekis qilib qo‘yishlariga erisha olsa bas. Satrlar to‘lib
borgan sari daftarni shu
chiziq bo‘ylab yuqoriga ko‘tarib borish lozim (4-rasm).
(4-rasm)
Agar daftarning chap beti to‘lsa, daftarning buklanadigan yeri nazorat
chiziqqa to‘g’rilab olinadi va o‘ng betiga yozishga o‘tiladi (5-rasm).
(5-rasm)
105
Bu usuldan bir chiziqli daftarga yozishda keng foydalanish mumkin.
Bunday nazorat chiziqlar daftarni buklashdan saqlaydi. Chunki ba’zi o‘quvchilar
o‘ziga qulaylik tug’dirish maqsadida daftarni buklab yozadilar.
Daftarning
hoshiyasiga ham e’tibor berish lozim, chunki daftarning chetida qoldirilgan joy
yozuvning tekis chiqishiga, so‘zlarni bog’inlarga
ajratishga, ayrim noto‘g’ri
yozilgan harf va uning elementlarini to‘g’ri yozib ko‘rsatishga imkon beradi.
Boshlang’ich sinf o‘quvchilari daftarni saqlashda bir oz qiyinchiliklarga
uchraydilar. Shuning uchun ularga daftar o‘lchamidan katta bo‘lgan
va qalin
materialdan ishlangan maktab sumkasidan foydalanishni tavsiya etish lozim.
O‘quvchilarni daftarga yozdirishga boshlashdan oldin ularga sana, sarlavha
va yozuvlarni qayerdan boshlab yozishni tushuntirish lozim.
Daftardagi sarlavha va yozuvlarning to‘g’ri joylanishi yozuvning sifatini
oshiradi. Noto‘g’ri qo‘yilgan sarlavha xatning sifatiga salbiy ta’sir
etadi
___________________________
IKKI