Partaning o‘quvchiga qaragan qirrasining pol sathidan balandligi o‘quvchi
o‘tirganda pol sathidan to‘g’ri burchak hosil qilgan tirsakning balandligiga teng
bo‘lishi kerak.
Parta ustki qismining o‘tirg’ichiga nisbatan 15° pastda og’ishi gigiyenik
talablarga javob beradi.
Partalarning ustki sathi tabiiy taxta rangida yoki yashil, sariq va havo
rangga bo‘yalgani ma’qul, bunda yorug’likni qaytarish koeffitsenti 35-55%
atrofida bo‘ladi.
101
Bolalarni antropometrik belgilarni hisobga olib partalarga o‘tqizish
ularning to‘g’ri rivojlanishiga ta’sir qilib qolmay, ish qobiliyatini ham oshiradi.
3.3. Yozuv qurollari va ulardan foydalanish O‘qituvchi sunfda o‘quvchilarning ish joyini to‘gri tashkil etgandan so‘ng
ularga yozuv qurollari va daftardan qanday foydalanishni o‘rgatishi lozim.
Birinchi navbatda o‘qituvchi o‘z shogirdlari uchun sifatli yozuv qurollari
tanlaydi, chunki yozuvning chiroyli bo‘lishi ko‘p jihatdan yozuv qurollariga
bog’liqdir. Hozirgi zamonda yozuv qurollarining turi nihoyatda ko‘p va ularning
hammasi talabga javob beradi. Ko‘pgina yozuv qurollari ta’lim standartlari
talablariga javob berolmaydi. Shuning uchun o‘qituvchining o‘zi talabalarni
sifatli yozuv qurollari bilan ta’minlashi lozim.
Daftar. Daftar asosiy yozuv quroli sifatida katta ahamiyatga egadir. U
birinchi navbatda sifatli oq qog’ozdan, silliq va chiziqlari aniq ko‘rinib
turadigan bo‘lishi kerak.
Talabga muvofiq 1-sinf o‘quvchilari uchun qiya chiziqlari orasidagi
masofa 25 mm ga, kichik harflar yoziladigan satr chizig’i oralig’i 5 mm ga
teng bolgan ikki chiziqli daftar tavsiya etiladi. daftarning qiya chiziqlari 65ºga
teng bo‘lishi lozim (1-rasm):
(1-rasm)
Qiya chiziqlari siyrak bo‘lgan ikki chiziqli daftarga yozdirib mashq
qildirish orqali 1-sinf o‘quvchilarini mayda harflar bilan tez yozishga tayyorlab
boriladi. Bunday daftarda mashq qilish o‘quvchilarga harflarning eni va ular
orasidagi masofani ko‘z bilan chamalashga hamda harflarning qiyaligiga rioya
qilishga imkon beradi.
102
Boshlang’ich sinf o‘quvchilari uchun tavsiya etilgan bir chiziqli
daftarning parallel chiziqlari orasidagi masofa 8 mm ga teng bo‘lib, undan kam
oraliqdagi daftarga (bir chiziqli daftarlar turli-tuman bo‘lib, ular orasidagi
masofalar ham har xildir) yozdirish mumkin emas. 2-sinfda bir chiziqli daftarga
kichik harflarning bo‘yi 3 mm, bosh harflarning bo‘yi 6 mm ga teng bo‘lishi
lozim. Daftar hoshiyasi 30 mmga teng bo‘lishi kerak (2-rasm).
____________________________________________________________
________
↕ 8 mm 30 mm
(2-rasm)
O‘quvchilar tomonidan noto‘g’ri yozilgan harf va uning unsurlari faqat
hoshiyada yozib ko‘rsatiladi.
O‘quvchilarda yozuv malakasini to‘g’ri shakllantirish uchun daftarni
to‘g’ri tutishda alohida e’tibor berish lozim, chunki daftar butun o‘qish
davomida o‘quvchining zarur yozuv qurollaridan biri hisoblanadi.
O‘quvchilarning, xususan 1-sinf o‘quvchilarining daftar tutishlariga
yaxshi ahamiyat bermaslik, uning zarur qoidalarini tushuntirmaslik yozuv
sifatining pasayishiga olib keladi.
O‘quvchilarning daftarlariga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri
daftarning tashqi ko‘rinishini bir xilda bo‘lishiga erishishdir. daftarning
muqovasiga husnixat qoidalariga moslab bir xilda yozish kerak.
1-sinf o‘quvchilarining daftarlari ustiga o‘qituvchining o‘zi yozib berishi
kerak. 2-sinfdan boshlab o‘quvchilarning o‘zlari daftarning muqovasiga
o‘qituvchi tomonidan ko‘rsatilgan namunaga qarab mustaqil yoza olishlari
mumkin.
Har bir o‘quvchida yozuv uchun ikkita daftar bo‘lishi lozim. Biriga
sinfda yozadi va o‘qituvchiga tekshirish uchun topshiradi, ikkinchisini esa
o‘qituvchidan qaytarib oladi. Nazorat ishlari uchun esa alohida daftar tuttiriladi.
103
O‘qituvchilarning daftarlari o‘qituvchi tomonidan muntazam ravishda
tekshirib boriladi. Daftarni toza tutgan va chiroyli yozgan o‘quvchilarni
rag’batlantirib borish kerak. O‘quvchilarni rag’batlantirishda faqat “4” va “5”
baholar bilan chegaralanmay, ularning daftarlari ustiga alohida ajrab turishi
uchun “yulduzcha”, “bayroqcha”, “besburchak”, “to‘rtburchak” va