94
bel va oyoq tomirlari hamda asab torlari ancha taranglashadi. Shuning uchun
o‘qituvchilar bu jarayonni
sezgirlik bilan kuzatadilar, barmoq va qo‘l
muskullarining harakat tezligi, partada to‘g’ri o‘tirishi, umuman o‘quvchilarning
jismoniy va ruhiy holati hamda tayyorgarligini hisobga oladilar.
Tabiiyki, yozish va o‘qish jarayonlari dastlabki bosqichlarda jismoniy va
ruhiy siqilishlar ostida o‘tadi. Bola birinchi mushkilot va muvaffaqiyatsizlikni
qiyinchilik bilan hazm qiladi. Shuning uchun jismoniy va ruhiy zo‘riqishlar ham
kutilgan samarani bermaydi. O‘quvchi o‘z
xatosini sezadi va tushunadi, lekin
o‘quvchisining yo‘l – yo‘riqlari bilan ham uni bartaraf etolmaydi. Bunday
hollarda o‘qituvchi o‘quvchini ruhiyati – kayfiyatini ko‘tarish
uchun turli xil
lahzalik sho‘x o‘yinlar tashkil etiladi. Bunday lahzalik jismoniy va ruhiy
tanaffuslar bolaning ruhiy zo‘riqishini mo‘tadillashtiradi va bolaning mavzuni
o‘zlashtirish, qabul qilish darajasini oshiradi. Aytganlarimiz o‘sha vaqt o‘z
samarasi – mevasini beradiki, boshlang’ich sinf o‘quvchisi, xususan birinchi sinf
o‘quvchisining ta’lim olishi uchun hama tashkiliy va metodik ishlar a’lo
darajada tayyorlangan bo‘lishi lozim. Tashkiliy
va metodik ishlarga nimalar
kiradi? Keling, shu haqda bahslashaylik!
Maktab o‘quvchisi o‘zining ko‘p vaqtini darsxonada quyidagi o‘quv
qurollari bilan bog’liq holda o‘tkazadi: parta, sinf taxta (doska)si, daftar, ruchka
va boshqalar. Shunday ekan o‘quv qurollarining gigiyenik va pedagogik
talablarga javob berishi katta ahamiyatga egadir. Ta’kidlaganimizdek maktab
o‘quvchilari o‘zining juda ko‘p vaqtini partada o‘tirib o‘tkazadi. Shuning uchun
bu mas’uliyatli davrda o‘quvchilarni qo‘yilgan
gigiyenik talablarga amal
qilishga o‘rgatish kerak.
Ish qobiliyati uzoq vaqtgacha pasaymay turishini hamda bolalar qaddi-
qomatining to‘g’ri rivojlanishi, o‘qish davrida ko‘zning salbiy ta’sirlanmasligini
ta’minlash maqsadida sinflarni gigiyena talablariga javob beradigan partalar
bilan jihozlash muhim ahamiyatga ega. Birinchi navbatda ustoz – muallim o‘z
shogirdining mo‘tadil ishlashi uchun zarur shart-sharoit yaratib berishi lozim.
Bu ishga tayyorgarlik avgust oyidan boshlanadi. O‘qituvchi
unga ajratilgan
95
sinfxonani va undagi partalarni bo‘lajak shogirdlari ishlashi uchun mos kelish-
kelmasligini tekshirib ko‘rishi lozim. Shogirdlarini maktabga qabul qilib
olgandan so‘ng esa ularning bo‘yiga, ko‘rish va eshitish qobiliyatlariga qarab