• “giblatul kuttob”
  • Xattotlik – chiroyli va to‘g’ri yozish san’ati




    Download 5,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet45/163
    Sana12.01.2024
    Hajmi5,58 Mb.
    #136140
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   163
    Bog'liq
    12590 2 CE8BD3CE1F03505534B64BE6967001D373895E4B

    Xattotlik – chiroyli va to‘g’ri yozish san’ati. Xattotlik (kalligrafiya) -
    chiroyli va to‘g’ri yozish san’ati, kitob ko‘chirish kasbidir. Bu san’at O‘rta 
    Osiyoda qadimdan rivoj topgan. Xattotlik tarixi yozuv taraqqiyoti va 
    kitobatning asosiy silohi qalam (nayqalam) bilan chambarchas bog’liqdir. 
    Yozuv va qalam paydo bo‘lgandan keyin maxsus kishilar xattotlik bilan 


    87 
    shug’ullana boshlaganlar. Ayniqsa, arab yozuvi tarqalgandan keyin xattotlik 
    keng rivoj topgan.
    Matbaachilik vujudga kelganga qadar kitob tayyorlash, ularning nusxasini 
    ko‘paytirish ishi bilan xattotlar shug’ullanganlar. Saroylarda, ayrim amaldorlar 
    huzurida xattotlik jamoalari tashkil etilgan. Masalan, Mirzo Boysung’ur o‘z 
    saroyida 40 xattotdan iborat guruhni to‘plagan edi. Shunday xattotlardan biri 
    Sultonali Mashhadiy bo‘lib, u 1432-yilda tug’ilib, 1520-yilda vafot etgan. U 
    “giblatul kuttob” (kitoblar qiblasi) va “sutonul-xattotayn” (xattotlar sultoni) 
    kabi faxriy laqablar bilan mashhur bo‘lgan. Unda shoirlik zavqi ham begona 
    bo‘lmagan.
    Nasta’liq xati o‘zining go‘zalligi va nafosati uchun “xatlar kelinchagi” 
    deb nom olgan va XIV asrdan buyon Xuroson, Movarounnahr, Eron, Hidiston, 
    Ozarbayjon va Turkiyada tarixiy, badiiy asarlar ko‘chirishda, imoratlar 
    kitobalarida istifoda etilgan. 
    Arab imlosidagi klassik etti yozuv turi yoki etti qalamning biri bo‘lmish 
    nasta’liq xati XIV asr ikkinchi yarmida Tabrizlik ustod xattot Xoja Mir Ali 
    tomonidan ixtiro qilingan. 
    Nasta’liq xatining Movarounnahrda keng tarqalishida va o‘ziga xos 
    xattotlik uslubi va maktabining shakllanishida Sulton Ali Mashhadiy va Mir Ali 
    Xeraviyning ustot xattot sifatidagi xizmatlari va sermahsul ijodlari juda muhim 
    ahamiyatga ega bo‘lgan. Sulton Ali Mashhadiy xattotlikni o‘rganishda asosan 
    nazariy mashq – boshqalar xatini aynan ko‘chirish va xayoliy mashq – erkin 
    mashqqa katta e’tibor bergan edi. 
    Sultonali 
    Mashhaqiy 
    1461- 
    yil Nizomiyning “Maxzanul-asror” 
    masnaviysi, 1464- yil Hofiz Sheroziyning devoni, 1465-1466- yillar esa Alisher 
    Navoiyning g’azaliyot devonini kitobat qilib, shuhrat topdi. Keyinchalik 
    Navoiyning taklifi bilan Mashaddan Hirotga kelib, Husayn Boyqaro 
    kitobxonasida xattotlarga boshchilik qilgan. Hozirga qadar u oqqa ko‘chirgan 50 
    ta asar bizgacha etib kelgan. 


    88 
    Sultonali Mashhadiyning faoliyati borasida Hazrat Navoiy “Majolisun-
    nafois”da, Qozi Ahmad va Som Mirzolar tazkiralarida ma’lumot berib o‘tganlar. 
    Yaxshi va chiroyli yozishdan maqsad faqat oson o‘qish emas, balki 
    o‘quvchiga estetik zavq bag’ishlash, yozuvni maleh va bade qilishdir. 
    Ta’kidlaganimizdek, xattotlik san’ati yaqin Sharq xalqlari o‘rtasida arab yozuvi 
    asosida keng tarqaldi. Arab yozuvida oltita yozuv shakli juda mashhurdir. Bular 
    quyidagilar: 
    1. Kufi –ي فوك لا – Kufa shahridan 
    2. Suls – ثل ث لا – «uchdan bir» 
    3. Nasx – خس ن لا – «nusxa ko‘chirish» 
    4. Ta’liq – قي ل ع ت لا – bu yozuv turini “forsiy” ham deydilar 
    5. Devoniy – ي ناو يد لا
    6. Riqo – ةع قر لا
    Xattotlik usuli yozuv turiga bog’liqdir. Xattotlik o‘z nazariy va amaliy 
    qonunlariga ega ediki, xushnavislar bunga qat’iy rioya etar edilar. Xattotlik 
    nazariyasiga X-XI asr mashhur xattotlari Abu Ali Muhammad (Ibni Musla) va 
    Ali Ibni Nihol (Ibni Vavvob) asos solganlar. Ular an’anasini Yoqut Musta’simiy 
    nazariy jihatdan rivojlantirdi. Quyida arab xattotlik san’atidan namunalar 
    keltiramiz: 


    89 

    Download 5,58 Mb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   163




    Download 5,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xattotlik – chiroyli va to‘g’ri yozish san’ati

    Download 5,58 Mb.
    Pdf ko'rish