Parta distansiyasi degan tushuncha mavjud. Distansiya deb parta ustining




Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/163
Sana12.01.2024
Hajmi5,58 Mb.
#136140
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   163
Bog'liq
12590 2 CE8BD3CE1F03505534B64BE6967001D373895E4B


Parta distansiyasi degan tushuncha mavjud. Distansiya deb parta ustining 
pastki qirrasi bilan suyanchiq orasidagi masofaga aytiladi. Bu masofa, ya’ni 
ko‘krak qafasi bilan uning qirrasi orasidagi masofa 4 sm bo‘lishi lozim. Ayni 
damda ko‘pgina maktablarning boshlang’ich sinflarida usti bir tekis, o‘tirg’ichi 
alohida, balandligi va tuzilishi (temir va taxta partalar, ish stollari) har xil 
bo‘lgan, oyoqni qo‘yish joyi bo‘lmagan partalardan foydalanilmoqda. Bunday 
gigiyenik va pedagogik talablarning qo‘pol ravishda buzilishi ta’lim sifatiga 
isloh qilib bo‘lmas salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Tasavvur qiling, birinchi sinf 
o‘quvchisi o‘tirg’ichi past, parta o‘rnida ishlatilayotgan idora ish stolida o‘tirib 
yozayapti. O‘tirg’ich pastligi bois u qulochlarini ko‘tarib partaga qulay 
o‘rnashib olishga harakat qiladi, lekin tezda har ikkala qo‘li og’riy boshlaydi. 
Natijada uning diqqati susayib, bezovtalana boshlaydi. Yozish jarayonida 
xatolarga yo‘l qo‘ya boshlaydi va bundan tabiiyki, o‘zi ham asabiylashadi. 
Shunday holatlar bo‘lmasligi uchun partaning distansiyasi to‘g’ri saqlanishi 
lozim. 
Talabga muvofiq partaning distansiyasi uch xil bo‘lishi mumkinmusbat, 
nol, manfiyMusbat distansiyada parta ustining cheti bilan o‘tirg’ich orasidagi 
masofa teng bo‘ladi. Parta ustining chetidan tushirilgan chiziq o‘tirg’ichning 
ustiga emas, balki polga tushadi (2-rasm). 


98 
2- rasm 
Yuqoridagi rasmda ko‘rsatilgan partalarda o‘tirish o‘quvchular uchun 
noqulay bo‘ladi. O‘quvchi bunday partalarda o‘tirsa pastga egilib o‘tirishga 
majbur bo‘ladi. 
Nol masofadagi distansiyada parta ustining cheti bilan o‘tirg’ichning 
orasida hech qanday masofa bo‘lmaydi. Parta ustining chetidan tushirilgan 
chiziq o‘tirg’ich ustining chetiga mos bo‘ladi (3-rasm). Bunday partalar ham 
o‘quvchilar uchun qulay bo‘lmaydi. 
3-rasm 
Uchinchi, ya’ni manfiy distansiyada parta ustining cheti o‘tirg’ichning 
ichiga 4sm masofada kirib turadi. Parta ustining chetidan tushirilgan chiziq 
o‘tirg’ichning ustiga tushadi (4-rasm). 


99 
4-rasm 
Distansiyasi manfiy bo‘lgan partalar boshlang’ich sinf o‘quvchilari uchun 
juda qulay bo‘lib, gigiyenik talablarga to‘liq javob beradi. 
Download 5,58 Mb.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   163




Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Parta distansiyasi degan tushuncha mavjud. Distansiya deb parta ustining

Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish