N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi




Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/163
Sana12.01.2024
Hajmi5,58 Mb.
#136140
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   163
Bog'liq
12590 2 CE8BD3CE1F03505534B64BE6967001D373895E4B


partalarga o‘tqazishi kerar. 
Sinf partalari birinchi navbatda pedagogik talablarga to‘liq javob berishi 
lozim. Bu talablar quyidagilar: 
1. O‘quvchilarning yoshlari va bo‘ylariga mos bo‘lishi. 
2. O‘quvchilarning gavdasiga mos bo‘lishi. 
3. Yozish hamda rasm chizish uchun qulay bo‘lishi. 
4. O‘quvchi turganda yoki o‘tirganda qiyinchilik tug’dirmasligi. 
Deraza tomondagi birinchi partada asosan ko‘rish qobiliyati pastroq 
yoki eshitish imkoniyatlari pastroq bo‘lgan talabani o‘tirg’izish lozim. 
Partalar sinfda asosan uch qator bo‘lishi kerak. Birinchi parta va sinf doskasi 
o‘rtasidagi masofa 2 metrdan, oxirgi parta bilan doska orasidagi masofa esa 8 
metrdan kam bo‘lmasligi lozim. Bu masofa bolalarning yaxshi ko‘rishlari va 
o‘qituvchini yaxshi eshitishlari uchun zarur. Derazadan ichkaridagi oxirgi 
parta orasidagi masofa 6 metrdan oshmasligi kerak.
Qatorlar o‘rtasidagi partalarning orasi 75 sm bo‘lishi kerak. Bu masofa 
qatorlar orasida ikkita o‘quvchini bemalol harakatlanishi uchun zarur.
Bizning kuzatish va tajribalarimiz shundan guvohlik beradiki, ko‘pgina 
umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinflarida bu talablarga umuman rioya 
etilmaydi va yo ular qo‘pol tarzda buziladi. Birinchidan, o‘quvchilar partasi 
ularning yosh, bo‘y va gavdasiga mos emas. Aslida partalar bir o‘rinli va ikki 
o‘rinli bo‘lishi mumkin. Xorijiy mamlakatlarda ko‘pincha bir o‘rinli partalardan 
foydalaniladi. 


96 
Respublikamiz maktablarida, ayni damda, ikki o‘rinli partalardan
foydalanilmoqda. Ta’kidlash joizki, professor F.F.Erisman tomonidan yaratilgan 
ikki o‘rinli yog’och partalar gigiyenik tomondan juda qulay edi. 
Lekin ming afsuski, ayni damda bunday partalar batamom iste’moldan 
chiqdi. Mabodo qolgan bo‘lsa ham ular qishloq maktablarida mavjud. 
Talabga muvofiq parta ustining qiyaligi 15ºga teng bo‘lishi lozim, chunki 
bunday qiyalikda yozish va o‘qish juda qulay bo‘lib, ko‘z tez charchamaydi (1-
rasm). 
1-rasm 


97 
Yana bir muhim talablardan biri partaning qopqog’i ochilib ham yopilib 
turadigan bo‘lishi lozimligidir. Agar partada ochilib yopiladigan qopqoq 
bo‘lmasa o‘quvchining o‘rnidan turishi va o‘rniga o‘tirishi noqulay boladi. 
Natijada bu o‘ng’aysizlik bola ruhiyatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Hozir 
iste’moldagi partalarda shunday qopqog’ining yo‘qligi afsuslanarli holdir. Parta 
o‘tirg’ichining mustahkam turishi to‘g’ri o‘tirishni ta’minlaydigan eng muhim 
omildir. Agar o‘tirg’ichning taxtasi orqa tomonga bir oz moyil bo‘lsa yana ham 
yaxshiroq bo‘ladi. O‘quvchilarning yanada qulayroq o‘rnashib o‘tirishlari 
uchun orqa suyanchiqning balandligi o‘quvchining belidan yuqori bo‘lishi kerar. 
Download 5,58 Mb.
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   163




Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi

Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish