Husnixat darslarida turli xildagi jadvallardan foydalanish. Boshqa
darslarda bo‘lgani kabi, husnixat mashg’ulotlarida ham ko‘rgazma qurollardan
foydalaniladi. Bunda o‘quvchilar harf va uning elementlarini to‘liq va to‘g’ri
o‘zlashtirib oladilar.
Husnixat mashg’ulotlarida quyidagi ko‘rgazma usullardan foydalanish
maqsadga muvofiqdir.
1. Harf va uning unsurlarini sinf taxtasi (doska)da yozib ko‘rsatish.
2. O‘quvchilarning daftarlarida va harf va uning elementlarini yozib
ko‘rsatish.
3. Husnixat daftaridagi harflarga qarab yozdirish.
4. Turli xildagi jadvallardan foydalanish.
Bularning ichida harf va uning unsurlarini sinf taxtasida yozib ko‘rsatish
asosiy usul hisoblanadi. Agar o‘qituvchi sinf taxtasida harf va uning
unsurlarini chiroyli va aniq yozib ko‘rsatsa, o‘quvchilar ham shunday
yozishga kirishadilar.
O‘quvchilarda doskaga yozish malakasini hosil qilish uchun ularning
barmoq va qo‘l harakatlari o‘stirilib, harflarning nisbatini to‘g’ri olish, bo‘rni
to‘g’ri ushlash hamda bir xil yo‘g’onlikdagi chiziqlarni chizish o‘rgatiladi.
Bunday ko‘nikmalar hosil qilingandan so‘ng doskada yozish uchun
tayyorgarlik mashqlari o‘tkaziladi. Bu mashqlarni bajarishdan oldin doskada
111
30x30 smli kvadratlar chizib olinadi. Shu kvadratlarning ichiga to‘g’ri
chiziqlar ko‘z bilan chamalab chiziladi (rasmga qarang).
To‘g’ri chiziqlarni chizish mashq qilingandan so‘ng har xil qiyaliklardan
va aylanalar shaklidan iborat bo‘lgan mashqlarga o‘tiladi (rasmga qarang).
Bunday mashqlarni bajarishda qo‘lning harakatiga alohida e’tibor berish
zarur. Mazkur rasmlarni o‘quvchilarning o‘zlari dars boshlanishidan oldin
bajarishni mashq qilib ko‘rishlari mumkin, chunki bu ularning qo‘l harakatini
o‘stirishga yordam beradi. O‘quvchilarga harflarning yozilish usullarini
tushuntirishdan oldin harf unsurlarini «Husnixat» daftarida berilganidek sinf
taxtasida yozib ko‘rsatish lozim. O‘qituvchi harf va uning unsurlarini
o‘quvchilarga o‘rgatish uchun quyidagilarga ahamiyat berishi lozim.
1. O‘qituvchi sinf taxtasiga yozayotgan vaqtida shunday turishi kerakki,
sinf taxtasiga yozilayotgan harf yoki uning unsurlari o‘quvchilarga aniq
ko‘rinib tursin.
112
2. Harflarni oldindan (tanaffus vaqtida) yozib qo‘ymaslik kerak, chunki
o‘quvchilar o‘qituvchining yozayotgandagi qo‘l harakatlarini ko‘rmasalar,
harflarni ko‘r-ko‘rona ko‘chirib oladilar.
Har bir harfning yozilishini o‘quvchi to‘g’ri o‘zlashtirib olishi uchun
dars jarayonida tushuntirib, ko‘rsatib yozish maqsadga muvofiqdir.
3. Sinf taxtasida harflarning bir tekis joylanishiga ahamiyat berish, sinf
taxtasining to‘g’ri kelgan yeridan yoza bermay, hamma o‘quvchilarga ko‘rinarli
bo‘lgan yeridan boshlash va harflarning kata-kichikligini doim bir tekisda olib
borish kerak.
Husnixat mashg’ulotlari uchun ishlangan ko‘rgazma qurollarining harflari
sinf taxtasiga yozilgan harflardan kichik bo‘lmasligi kerak. Jadvallarni 30x50
sm o‘lchamda bajarish mumkin.
Ko‘rsatilayotgan narsaning tasviriga, xarakteriga, yozilishiga yoki biron
mavzuni yoritib borishiga qarab jadvallarni quyidagi besh guruhga bo‘lish
mumkin: 1) tekstli; 2) raqamli; 3) grafik; 4) illyustratsiyali; 5) aralash.
Ayrim o‘qituvchilar ko‘rgazma qurollarning turlariga yetarli e’tibor
bermaydilar hamda ularning bir-biridan yaxshi ajrata olmaydilar. Har bir
jadval o‘z spetsifikasiga qarab ishlanadi va alohida bir vazifani bajaradi,
shuning uchun ularni bir-biri bilan aralashtirib yuborish yaramaydi. Quyida
har bir jadvalning vazifasi bilan tanishib chiqamiz.
1.Tekstli jadvallar. Bu jadval bir yoki bir necha alohida harflar, so‘zlar,
gaplardan tuziladi. Boshlang’ich sinfda tayyorlanadigan tekstli jadvalga misol
qilib grammatika va orfografiyadan ishlangan jadvallarni ko‘rsatish mumkin.
2. Raqamli jadvallar. Bu jadval raqamlardan yoki raqamli
materiallardan tuziladi. Raqamli jadvallarga misol qilib ko‘paytirish, og’zaki
hisoblash, sonlar qatori jadvallarini ko‘rsatish mumkin.
3. Grafik jadvallar. Grafik jadval qator shartli belgilar: chizmalarning
sxemalari, diagramma va rasmlardan iborat bo‘ladi. Boshlang’ich sinflarda
bunday jadvallarga misol qilib maydonlarning o‘lchamlari, jismlarning
hajmlarini o‘lchash va ayrim rasmlarni ko‘rsatish mumkin.
113
4. Illyustratsiyali jadvallar. Bunday jadvallar alohida rasmlar, portetlar
va fotorasmlardan iborat bo‘ladi.
Bunga misol qilib anatomik rasmlar, o‘lchov birligi jadvallari va
boshqalarni olish mumkin.
5. Aralash jadvallar. O‘quv jadvallarini asosiy yo‘llanmalariga qarab,
quyidagi to‘rt guruhga bo‘lish mumkin: a) bilish; b) tushuntirish; v) mashq