• “Ko‘rildi”, “Xato”
  • Avtoruchka.
  • Po‘lod qalam”
  • DO‘ST______________________  ___Bir bor ekan, bir…___________________________________  1 (To‘g’ri)




    Download 5,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet54/163
    Sana12.01.2024
    Hajmi5,58 Mb.
    #136140
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   163
    Bog'liq
    12590 2 CE8BD3CE1F03505534B64BE6967001D373895E4B

    DO‘ST______________________ 
    ___Bir bor ekan, bir…___________________________________ 
    1 (To‘g’ri) 
    IKKI_DO‘ST_____________________________________________
    Bir bor ekan, bir…_________________________________________ 
    2 (Noto‘gri) 
    1-sinf o‘quvchilaridan kunlarni raqamlar bilan, oylarning nomini esa 
    harflar bilan varaqning o‘rtasdiga yozish talab etiladi. 
    O‘quvchilarning yozgan harf va matnlarini muntazam ravishda qizil 
    siyoh bilan tekshirib, zarur ko‘rsatmalar berib borish o‘quvchilarning kelgusida 
    benuqson yozishlari uchun zamin hozirlaydi. 


    106 
    O‘quvchilarning ishlarini baholashga alohida e’tibor qilib, tegishli 
    ko‘rsatmalar berib borish lozim. O‘quvchilarning bahosi bajarilgan ishning 
    ostiga qo‘yilishi kerak. 
    O‘quvchilarning daftarlariga “Ko‘rildi”, “Xato” tarzida emas, 
    “Chiziqdan yoz”, “Harflar orasidagi masofani to‘g’ri saqla”, “Harflarni 
    bog’lab yoz”, “Qiyaroq yoz” kabi yozib ko‘rsatish maqul. 
    O‘quvchilarning husnixatga, daftar tutishga qiziqishlarini o‘stirish 
    maqsadida maktab bo‘yicha eng yaxshi tutilgan daftarlarni yig’ib ko‘rgazma 
    tashkil etish kerak. 
    Avtoruchka. Yozuv qurollarining tarixi, xususan ruchka juda qadimga, 
    miloddan oldingi davrlarga, qadimgi odamlar g’or devorlariga tosh bilan rasm 
    chizgan davrlarga borib taqaladi.
    Qadimdan 
    hozirga 
    qadar 
    yozuv 
    qurollarining 
    mexanizmi 
    turli 
    o‘zgarishlarga uchradi. Bu hol odamlarning turmush tarzining o‘zgarishi bilan 
    bog’liq holda rivojlandi. Odamlar devorlarda turli xildagi rasmlarni chizadigan 
    bo‘ldilar. Buning uchun qirrali toshlar, suyaklardan foydalanar edilar. Bundan 
    4000 yil oldin shunday edi. Bundan 3000 yil avval yegipetliklar tomonidan 
    iyerogliflar ixtiro qilindi. Yerogliflarni yozish uchun mo‘yqalamlar yaratildi. 
    Ana shu mo‘yqalamlar hozirgi ruchkalarning prototipiga aylandi. Xitoyliklar 
    mo‘yqalamni sichqon va tuya junidan tayyorlar edilar.
    Shu davrda bo‘yoq tayyorlash resepti ham paydo bo‘ldi. Bo‘yoq ixtiro 
    qilingandan so‘ng yozuv qurollari yanada mukammal bo‘ldi.


    107 
    Endi ruchka o‘rniga bambuk, nay, qamish poyalaridan foydalanar edilar. 
    Bu o‘simliklarning poyalari bo‘yoqni o‘ziga juda yaxshi ushlar edi va yozishga 
    qulay edi. Milodiy davrning 600-1800-yillari yozish uchun turli qushlar 
    qanotining bir parchasi (pat)dan foydalanildi.
    Pat o‘simlik poyalaridan ko‘proq va yaxshiroq xizmat qilar edi. Yozish 
    uchun asosan yosh g’ozlarning patidan foydalanilar edi. Patni bahor fasli 
    g’ozlarning chap qanotidan olar edilar. O‘ng qanotdan olingan patlar yozuv 
    jarayonida xat ustini yopib qo‘yar edi. ХVIII asrda kelib patlarga ehtiyoj yana 
    ortdi. Rossiya har yili Angliyaga 27 million pat yuborar edi.
    Massachuyetlik Djon D.Laud 1888-yilning oktabr oyida “uchi aylanadigan 
    ruchka” ixtiro qilib patent oldi.
    Uchida sharikchasi bor ruchka bo‘yoqqa botirilar edi. Shu ruchkaning 
    nusxasi keyinchalik boshqa ruchkalarning yasalishiga asos bo‘ldi. Keyinroq aka-
    ukalar Ladislo va Georg Birolar ruchkaning yaxshi nusxasini yaratdilar. Ular 
    yasagan ruchka uchida ham sharikcha bor edi. Bu sharikcha aylanib o‘zidan iz 
    qoldirar edi. Ruchka bo‘yog’i muammosi ham ularni ko‘p qiynagan. Ular o‘z 
    ixtirolarini franso‘z Marselo Bichga sotdilar. 1952- yildan boshlab bo‘yog’i 
    qurimaydigan va tommaydigan ruchka ixtiro qilindi.
     
    1997- yil shunday ruchka ixtiro qilindiki, bosim bilan 
    yozishga hojat yo‘q edi.


    108 
    Qalam (karandash – turkcha karadas – “qora tosh“ so‘zidan olingan) 1775- 
    yil franso‘z Nikolya Jak konte tomonidan ixtiro qilingan. Grafit (karbonning bir 
    turi), ya’ni qalamning qora bo‘yog’i avvallari temir naychaning ichida solinar 
    edi. Boshida tillo naychadan foydalanganlar. Bu qalam turi yozish uchun emas, 
    balki shon – shavkat uchun olib yurilar edi.
    Markaziy Osiyoda xat siyohda qalam (qamish qalam, savag’ich qalam) 
    bilan yozilgan. XIX asrning ikkinchi yarmidan ruchka bilan yozish rasm bo‘la 
    boshlagan. Shu davrda o‘zbek tilida “Po‘lod qalam” atamasi paydo bo‘lib, 
    hozirgi qalam esa qarindoshqalam (karandash-qalam) deb yuritilgan. Bizning 
    davrimizda yozuvda avtoruchka, sharikli ruchka, qalam, yozuv mashinkasi va 
    kompyuterdan foydalanilmoqda. Yozuvning bu kabi vositalaridan harflar bosim 
    bilan yozilmaydi. Shuning uchun ham har bir harfni aniq, toza, chiroyli, ayni 
    vaqtda, tez yozish talab qilinadi.
    Hozirgi kunda avtoruchkalar xilma-xil bo‘lib, ularning hammasi ham 
    boshlang’ich sinf o‘quvchilariga mos kelmaydi. Boshlang’ich sinf o‘quvchilari 
    uchun tavsiya etiladigan sharikli avtoruchkalarning yo‘g’onligi bolalarning qo‘l 
    barmoqlariga mos bo‘lishi kerak. Tavsiya etiladigan sharikli avtoruchkalarning 
    uzunligi 130 mm ga, yo‘g’onligi esa 8 mmdan oshmasligi lozim (6-rasm).

    Download 5,58 Mb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   163




    Download 5,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    DO‘ST______________________  ___Bir bor ekan, bir…___________________________________  1 (To‘g’ri)

    Download 5,58 Mb.
    Pdf ko'rish