• O‘quvchi
  • N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi




    Download 5,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet55/163
    Sana12.01.2024
    Hajmi5,58 Mb.
    #136140
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   163
    Bog'liq
    12590 2 CE8BD3CE1F03505534B64BE6967001D373895E4B

     
     
    (6-rasm) 
    Avtoruchkalardan foydalanish qoidalari tayyorgarlik davri mashg’ulotlari 
    davomida o‘rgatilishi lozim. O‘quvchilarni sharikli avtoruchkada yozishga 
    o‘rgatishdan avval, undan qanday foydalanish, siyohli naycha (sterjen)ni qanday 


    109 
    almashtirish, uni saqlash qoidalarini o‘rgatish lozim. O‘qituvchi shogirdlarini 
    avtoruchka bilan tanishtirish jarayonini suhbat tarzida tashkil etishi mumkin: 
    - Bolalar, bugun biz birgalikda sharikli avtoruchkadan qanday 
    foydalanishni o‘rganamiz. Avtoruchka bilan yozishni o‘rganishdan oldin sizlar 
    ba’zi bir qoidalarni bilishlaringiz lozim. Hozir shu haqda suhbat qilamiz. Qani 
    kim menga aytadi: qalam qanday bo‘ladi? 
    O‘quvchi: Qalam – bu yog’och tayyoqcha, o‘rtasida esa qora bo‘yog’i
    bor. 
    Shundan keyin o‘qituvchi qalam va avtoruchkani ko‘rsatib, ularning bir – 
    biridan farqini so‘raydi. 
    O‘quvchi: Avtoruchka siyoh bilan yozadi, qalam esa siyohsiz yozadi. 
    O‘qituvchi: To‘g’ri, avtoruchka siyoh bilan yozadi. Endi men sizlarga 
    sharikli avtoruchkaning qanday tuzilishini ko‘rsataman. Mana, mening qo‘limda 
    sharikli avtoruchka. Uning qismlarini alohida-alohida ko‘rib chiqamiz. Bu 
    qopqoq siyohli naycha (sterjen)ni saqlaydi. Mana bu avtoruchkaning siyohli 
    naychasi (o‘qituvchi ruchkani qismlarga bo‘ladi). Uning ichi siyoh bilan 
    to‘ldirilgan. Shuning uchun unga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishimiz 
    kerak (o‘qituvchi uni qo‘liga olib ko‘rsatadi). Faqat naychaning siyohi 
    tugagandan keyin uni almashtirish kerak. 
    Shunday qilib o‘qituvchi sharikli avtoruchkaning old va orqa qopqog’i,
    siyohli naychasi hamda himoya qopqog’i bilan shogirdlarini mufassal 
    tanishtiradi. O‘quvchilarning o‘zlari ham ustozlari yordamida ruchkani 
    qismlarga bo‘lib qayta yig’ishni mashq qiladilar. 
    Sharikli avtoruchkaning qismlari bilan tanishtirilgandan so‘ng undan 
    qanday foydalanish qoidalari tushuntiriladi. 
    O‘qituvchi: Yozayotganda avtoruchka uch barmoq: bosh, ko‘rsatkich, 
    o‘rta barmoq bilan ushlanadi (O‘qituvchi aytganlarini amalda ko‘rsatib beradi, 
    o‘quvchilar esa u ko‘rsatgan amallarni takrorlaydilar). Men ko‘rsatgandek 
    avtoruchkani qo‘lingazga oling. Yozayotganingizda avtoruchkaning kichik 
    qopqoq tomoni o‘ng elkangizga to‘g’ri tursin (O‘qituvchi har bir o‘quvchiga 


    110 
    yozish vaqtida ruchkani qanday ushlashni ko‘rsatib chiqadi). Yozib bo‘lgandan 
    so‘ng avtoruchkani partaning ustidagi chuqurchaga qo‘ying. Dars tugagandan 
    so‘ng esa ruchkangizni o‘z qutichangizga solib qo‘yishni unutmang. 
    Sharikli avtoruchka bilan yozish yuzasidan ota-onalar bilan ham suhbat 
    o‘tkazish lozim. Buning uchun o‘qish boshlanishidan uch-to‘rt kun oldin ota-
    onalarni yig’ib, ularga bolalari qanday avtoruchkada yozishlari va, faqat, shu 
    tavsiya etilgan avtoruchkalarni olib berish tushuntiriladi. 
    Avtoruchkaning yozuvga doim tayyor bo‘lishi, husnixatga o‘rgatishning 
    asosiy shartlaridan biridir, shuning uchun unga alohida e’tibor berish talab 
    etiladi. 

    Download 5,58 Mb.
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   163




    Download 5,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi

    Download 5,58 Mb.
    Pdf ko'rish