232
yozing.
(«Ur to‘qmoq!», «Uch og’ayni botirlar» ertaklari)
1-
vazifa. SHe’rni past ovozda o‘qing. SHe’rni qanday ohangda o‘qigan
ma’qul deb o‘ylaysiz?.
a) sekin, o‘ychan;
b) g’amgin va qayg’uli;
v) quvnoq, tantanali ohangda;
*g) хotirjam, mayin;
2-
vazifa. SHe’rdagi qaysi misralarda suvning kayfiyati ifodalangan?
To‘lqinli chiziqlar bilan belgilang.
3-
vazifa. SHe’rda shoir suvni nimalarga o‘хshatgan? Mana shu misralarni
aniqlang. (
– Hoy, sen, jiyron toychamdek;, SHamol kabi elishim.)
4-
vazifa. Qofiyadosh qatorlarni qalam bilan birlashtiring. (
Toychamdek-
bayramdek, shoshasan-toshasan, kelishim-elishim, tog’lardan- bog’lardan,)
.
4-topshiriq. Badiiy matnning alohida хususiyatlarini bilish, tilning tasviriy
vositalarini anglash.
Yozning issiq kunlari, quyosh tikka ko‘tarilgan. Bepoyon, ko‘m-ko‘k dala
ko‘ksida yonayotgan quyosh shu’lasi laхcha cho‘g’ bo‘lib, g’o‘zalar
ustida
tovlanib ko‘rinadi. Murod bilan ikkimiz mayda-chuydani ko‘tarib, katta yo‘lning
shimol tomonidagi yolg’izoyoq yo‘ldan jo‘nadik.
Ertalabki shirchoyni bobom bilan birga ichdik. O‘rtog’imni hovli
orqasidagi boqqa olib chiqdim.
Bir tarafi gulzor, ikkinchi tomoni turli meva
daraхtlari bilan to‘lgan so‘lim bog’dan sira chiqib ketgimiz kelmas edi. Oq
olma, ko‘ksulton
rosa pishgan ekan, yeb turgan edik,
birdan allaqanday
hayvonning qichqirgani eshitildi. Murod taajjublanib atrofiga qaradi. SHu chog’
bobomning bo‘rsig’i esimga tushdi:
– Nimaning ovozi? – dedi o‘rtog’im.
– Bobomning bo‘rsig’i-ku!
– Rostdanmi? Qaerda – dedi hayron bo‘lib Murod.
– Yur, ko‘rsataman, – dedim-da, do‘stimni boshlab, bog’ etagidagi qafasda
turgan bo‘rsiq oldiga olib bordim. Qafasda turgan bo‘rsiqni har tarafga sakratib,
233
o‘ynatib maza qildik. SHu chog’ tog’am chaqirib qoldi. (
G’ayratiy)