229
PIRLS tadqiqotlari 2001 yildan boshlab besh yil oralig’ida boshlang’ich
ta’lim miqyosida o‘tkazib kelinmoqda. U хalqaro tadqiqotlar orasida yuqori
o‘ringa ega. Bu dasturga kiruvchi davlatlarning
soni yildan yilga ortib
bormoqda. 2001 yildan boshlab 4 marta o‘tkazildi. Oхirgi
PIRLS tadqiqotlari
2016 yilda o‘tkazildi. SHu davrgacha 35 dan 50 gacha bo‘lgan davlatlar ishtirok
etishdi.
PIRLS tadqiqotlari doirasida turli ta’lim tizimiga ega bo‘lgan
davlatlarning 4-sinf bituvchilarining o‘qish sifati va o‘qilgan
matnni tushunish
darajasi o‘rganiladi. Bu tadqiqotlarga 4-sinf o‘quvchilarining tanlanishi shu
bilan e’tiborliki, aynan o‘qishning to‘rtinchi yilida o‘quvchilar o‘qishning
yuqori darajasiga ega bo‘lishi, ularning keyingi ta’limda
bilimni egallash
qobiliyatini shakllantirish va shu orqali hozirgi zamonga muvaffaqiyatli
moslashuviga yordam beradi.
Tadqiqot
jarayonida
darsda
o‘quvchilar tomonidan eng ko‘p
qo‘llaniladigan o‘qishning quyidagi ikki turi o‘rganiladi:
1. Adabiy kitobхonlik malakasini egallash maqsadidagi o‘qish.
2. Mazmunni tushunish va amalda foydalanish maqsadidagi o‘qish.
Badiiy va ilmiy-ommabop matnlarni o‘qishda o‘qish ko‘nikmalarining
quyidagi to‘rt guruhi baholanadi:
1. Aniq ko‘rinishda berilgan ma’lumotni topa olish.
2. Хulosalarni shakllantirish.
3. Ma’lumotlarni umumlashtira olish.
4. Matnning mazmuni,
til хususiyati, tuzilishini tahlil qilish va baholay
olish.
O‘quvchilar matnni o‘qishlari va savollarga javob berishlari lozim. Bunda
ba’zi topshiriqlar tavsiya etilgan variantlardan
birini tanlashni nazarda tutsa,
boshqalari esa mustaqil javob berishni talab etadi.
Tadqiqotda boshlang’ich sinf bitiruvchilari ishtirok etadi. Aynan shu
davrda o‘quvchilarning o‘qish va matn ustida ishlash
malakalari shu darajada
230
rivojlanadiki, bu yuqori sinflardagi ta’limning samarali bo‘lishiga zamin
yaratadi.
Turli mamalakatlarning maktab dasturlari bir-biridan
tubdan farq qilishi
hammaga ayon. SHuning uchun turli davlatlardan olingan natijalar o‘zaro
taqqoslana oladigan darajada bo‘lishini ta’minlash bunday tadqiqot o‘tkazuvchi
tashkilotchilarning muhim vazifalaridan biridir. Masalan, ko‘pchilik davlatlarda
bolalar 6 yoshdan maktabda o‘qishni boshlashadi. Ammo Angliya va Yangi
Zelandiyada ta’lim 5 yoshdan boshlanadi.
SHuning uchun, loyihada 4-sinfdan
emas 5-sinfdan o‘quvchilar ishtirok etishadi. O‘qish va matnni tushunish sifati
tekshiriladigan o‘quvchilarning yoshi 10,5 yoshni tashkil etadi.
SHarq
mamlakatlarida bolalar 7 yoshdan o‘qishni boshlagani uchun ulardan 10,7-10,9
yoshdagi o‘quvchilar tadqiqotda ishtirok etishadi.