236
qilingan hikoya qilish shakli bir xil so‘z va iboralarning qayta-qayta takrorlanib
turishi, ohangdorligi, tilining ta'sirchanligi, ifoda vositalarining jonliligi, bolalar
uchun juda qiziqarliligidir. Ertakda qatnashuvchilar ko‘pincha rahmdil, saxiy,
adolatli hamda ularning aksi bo‘lgan yovuz, baxil, ochko‘z kishilar timsoli
boiadi.
Ertakning pedagogik qiymati shundan iboratki, o‘quvchilar unda to‘g'rilik,
halollik g'alaba qilganidan, kambag'al kishilar qiyinchilikdan qutilganidan, ya'ni
yaxshilik, ezgulik ro‘yobga chiqqanidan va yomonlik, vovuzlik mahkumlikka
uchraganidan quvonadilar. Ular hayotda ham doimo shunday bo‘lishini
istaydilar. Masalan, „Halollik" ertagida (3-sinf) asosiy fikr kambag'allarga
yordam ko‘rsatish, o‘z mehnati bilan hayot kechirish bo‘lib, bu hatto butun xalq
istagi ekanligi g'oyasi ilgari surilgan bo‘lsa, „Hiylagarning jazosi" ertagida esa
(4-sinf) soddadilning to‘g'riligi hiylagarning makri ustidan g'olib kelishi,
xiyonat jazosiz qolmasligi g'oyasi ilgari surilgan. Har ikki ertak ham
to‘g'riso‘zlilikning g'alabasi bilan yakunlanadi. Bunday g'alaba
maishiy
ertaklardan tashqari, sehrli ertaklarda ham ifodalangan.
Ertak bolalarda qahramonlarning hatti-harakatini muhokama qilib,
baholash ko‘nikmasini o‘stirishi bilan birga yaxshilikning doimo g'alaba
qozonishiga ishonch uyg'otadi. O‘quvchilar ertakni tahlil qilish jarayonida
„Kishilardagi qanday sifatlar sizga yoqdi? (yoki yoqmadi?)", „Nima uchun?",
„... nima uchun jazolandi? (yoki rag'batlantirildi?)", „Nima uchun ertakdagi ba'zi
qahramonlarga hatto tabiat kuchlari ham yordam beradi? (yoki ba'zilaridan yuz
o‘giradi?)" kabi savollarga javob topish jarayonida mushohada qiladilar,
muhokama qilib, xulosaga keladilar.
Boshlang'ich sinflarda hayvonlar haqidagi ertaklar ko‘proq o‘qitiladi.
„Bo‘rining tabib bo‘lgani haqida ertak" (Anvar Obidjon), „Ko‘zacha bilan tulki"
kabi ertaklar aniq hayotiy hikoyalar tarzida o‘qitiladi va tahlil qilinadi.
Ertak matni ustida ishlashda tanlab o‘qish, savollarga javob berish,
o‘quvchilarning o‘zlari ertak mazmuniga oid savollar tuzib, javob berishlari, reja
tuzish, qayta hikoyalash, ijodiy davom ettirish,
ertak aytish, qahramonlarni
237
grafik tasvirlash kabi ish turlaridan foydalaniladi. Bunday ertaklarda
hayvonlarning odatlari tahlil qilinadi, ammo ularni kishilar xarakteriga
taqqoslash tavsiya qilinmaydi.
Maktab tajribasidan ma'lumki, kichik yoshdagi o‘quvchilar ertakdagi
hayvonlar gapirmasligini, tulki va turna bir-birinikiga mehmonga bormasligini
yaxshi
biladilar, ammo ertaklar dunyosini hayotiy hikoya kabi qabul qiladilar.
Ertakni o‘qib tahlil qilganda, barcha ishlar matnning mazmunini yaxshi idrok
etishga, sujet rivojini, qatnashuvchi personajlarning hatti-harakati, o‘zaro
munosabatlarini to‘g'ri tasavvur etishga yo‘naltiriladi. Bunda tanlab o‘qish va
qayta hikoyalashning ahamiyati katta. Masalan, „Odobli bo‘lish osonmi?"
(A. Obidjon) ertagining mazmunini o‘zlashtirish uchun quyidagi
topshiriqlardan foydalanish mumkin:.
1. Sichqonchaning onasi bilan qilgan suhbatini o‘qing. Sichqonchaning
„Odobli bo‘lish uchun nimalar qilish kerak?" degan savoliga onasi qanday javob
qaytarganligini so‘zlab bering.
2. Sichqonchaning mushuk bilan uchrashgan holati aks ettirilgan o‘rinni
topib o‘qing. Nima uchun „Shum Baroq" ko‘zidagi yovuzlik birdaniga so‘nadi?
3. Echki nima uchun Sichqonchani „Kam bo‘lma" deb duo qiladi? Shu
o‘rinni topib o‘qing.
Ertakni tahlil qilishning oxirgi bosqichida „Ertakning
sizga juda yoqqan
joyini topib o‘qing", „Nima uchun aynan shu joyi yoqqanini ayting",
„Hayotingizda ertakdagi voqealarga o‘xshash voqealar bo‘lganmi?" kabi savol-
topshiriqlar yordamida o‘quvchilarning ertak xulosasini tushunishlariga
erishiladi.
Boshlang'ich sinf o‘quvchilari hayvonlar haqidagi ertaklardan tashqari,
„Davlat", „Ilm afzal", „Hiylagarning jazosi"', „Hunarsiz kishi o‘limga yaqin"
kabi maishiy ertaklarni ham o‘qiydilar. Bunday ertaklarda xalq o‘z hayotini
hikoya qiladi, shu sababli o‘quvchilar ertakni o‘qigach, o‘tmishdagi xalq
hayotini, o‘y-fikrlari va orzu-istaklarini bilib oladilar.
238
Bunday ertaklarni tahlil qilish badiiy hikoya tarzida uyushtiriladi. Bolalar
o‘qituvchi rahbarligida ertakda qatnashuvchilaming xulq-atvori, ayrim hatti-
harakatlarini baholaydilar, ularning bir-birlariga bo‘lgan
munosabatlarini
aytadilar va shular asosida ayrim obrazlar haqida xulosalar chiqaradilar, ertak
rejasini tuzadilar, ertakni rollarga bo‘lib o‘qiydilar.
„Davlat" ertagi (4-sinf) oddiy turmushga tegishli hodisalarni tasvirlovchi
ertakdir. Ertakni o‘qishga tayyorlash uchun ota-bobolarimiz atrofimizdagi
tabiatni, borliqni qanday tasawur etishlari haqida suhbat o‘tkaziladi. Bunday
suhbat ertakdagi badiiy obrazlarni, ularning o‘zaro
munosabatlarini, xulq-
atvorlari, xarakterlarini to‘g'ri tushunishga yordam beradi. „Davlat" ertagi matni
ustida ishlash jarayonida o‘quvchilar
„Dehqonning xonadoni qanday hayot
kechirar ekan?", „Nima uchun Davlat dehqonning xonadonidan ketishni
istamaydi?" kabi savollarga javob topish orqali ertak qahramonlarini
baholaydilar, ahil va inoq bo‘lib, halol mehnat qilish lozim degan xulosaga
keladilar.
Ertak ustida ishlashda bolalarni ertakni o‘qishgagina etnas, balki uni aytib
berishga o‘rgatish ham muhimdir. Ertak aytish og'zaki nutqni o‘stiradi, bolalar
nutqini yangi so‘z va iboralar bilan boyitadi.
O‘quvchilarni 1-sinfdayoq ertak tilidan erkin foydalanishga o‘rgatish uchun
ertak bilan birinchi tanishtirishda uni o‘qituvchi aytib berishi mumkin.
O‘quvchi ertak mazmunini o‘zlashtirib olgandan so‘ng, uning tili ustida
ishlashga alohida ahamiyat qaratilishi zarur.
Ertak mazmunini qayta
hikoyalashda, qahramonlarga tavsif berishda o‘quvchilarning o‘z nutqida til
vositalaridan o‘rinli foydalanish talab qilinadi. Til vositalaridan foydalanish
uchun talab va vaziyat, ehtiyoj yaratish zarur.
Ertak tilida shunday so‘z va iboralar borki, ular bolaga o‘zgacha ta'sir
ko‘rsatadi. Masalan, „Yo‘lbars, Tulki va Bo‘ri" ertagida „Tog' echkisi siz