Masal janridagi asarlarni o‘qitish metodikasi




Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/163
Sana12.01.2024
Hajmi5,58 Mb.
#136140
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   163
Bog'liq
12590 2 CE8BD3CE1F03505534B64BE6967001D373895E4B

8.4. Masal janridagi asarlarni o‘qitish metodikasi 
 
Masal — axloqiy, satirik va kesatiq mazmunini kinoyaviy obrazlarda aks 
ettirgan aksariyat kichik she'riy, ba'zan nasriy asardir. Inson xarakteriga xos 
xususiyatlar masalda majoziy obrazlar-hayvonlar, jonivorlar va o‘simliklar 
dunyosiga ko‘chiriladi. Timsollarning kinoyaviy xarakterda bo‘lishidan tashqari, 
kulgili savol-javob ham masal tili va uslubi uchun xarakterlidir. Ko‘pincha 
masalning kirish qismida, ba'zan pirovardida qissadan hissa-ibratli xulosa 
chiqariladi. 


255 
Adabiyot nazariyasida masalga liro-epik janrlardan biri sifatida she'riy 
shakldagi, majoziy xarakterdagi qisqa sujetli asar deb ta'rif beriladi. Masallarda 
turli hayvonlar majoziy suratda asarning qahramonlari sifatida tasvirlanadi. 
Masal kichik hajmli, ammo boy mazmunli, tugun, kulminatsion nuqta va 
yechimi bo‘lgan kichik piesani eslatadi. U biror voqea-hodisani qisqa, mazmunli 
tasvirlashda ajoyib namuna bola oladi. 
„Antik adabiyotda Ezop masallari juda mashhur bo‘lgan. O‘z ma'nosidan 
ko‘chirilgan (majoziy) so‘z va kinoyaviy iboralar orqali qilinadigan 
„yashirincha" tanqidning tili va uslubi Ezopga nisbatan berilib, „Ezop tili" 
deyilgan va shu ta'bir joriy qilingan". 
Mashhur masalnavis Gulxaniyning „Toshbaqa bilan Chayon", „Maymun 
bilan Najjor" masallari boshlang'ich sinf o‘quvchilarining yoshiga mos keladi. 
Ularda do‘stlik, rostgo‘ylik, qo‘lidan kelmaydigan ishga urinmaslik kabi 
g'oyalar ilgari suriladi. 
Ma'lumki, tarbiya ko‘proq ta'lim jarayonida berib boriladi. Bolalarga 
maktabga kelgan kunidan boshlab, bilim olishga havas tuyg'usi shakllantiriladi. 
Ularda asta-sekin bilim olishga ehtiyoj paydo bo‘ladi va bu orqali o‘quvchilar 
ma'naviy ozuqa ola boshlaydilar. Bu bilan bolada kelajakka intilish, orzu-havas, 
mehnatga chanqoqlik, xayru ehsonda sofdillik, ona-Vatanga mehr-muhabbat, 
fidoyilik, milliy g'urur, matonat, mehr-oqibat, do‘stlik, ezgulik kabi yuksak 
hislar paydo bo‘ladi. 
Jumladan, masal janridagi asarlar ham boladagi qo‘pollik, qo‘rslik, 
yolg'onchilik, yalqovlik, beparvolik kabi illatlarni bartaraf etishda yordam 
beradi. Lekin amaldagi boshlang'ich sinf ,,O‘qish kitobi" darsliklarida masal 
janriga kam o‘rin berilgan. Vaholanki, bola tarbiyasida masalning o‘rni 
beqiyosdir. Masaldagi qissadan hissa o‘quvchi matndagi e'tibordan chetda 
qoldirgan, yuzaki o‘qib o‘tib ketgan, yaxshi anglashga harakat qilmagan o‘rinni, 
bo‘shliqni to‘ldiradi. 
3-sinf ,,O‘qish kitobi"dan o‘rin olgan „Qaysar buzoqcha" (O.Qo‘ch-
qorbekov) masali oilasi, o‘rtoqlari, do‘stlaridan ajralib, yomon yo‘llarga kirib 


256 
qolgan, oqibatda ko‘ngilsiz holatlarga tushib qolgan bolalarni tarbiyalashda 
katta ahamiyatga ega. 
Yaylovda bir buzoqcha 
Arazlabdi to‘dadan 
Ketib qolib uzoqqa, 
Adashibdi podadan. 
Yakka o‘zi o‘tlarkan, 
Borib yaylov to‘riga. 
Buzoq shunda to‘satdan, 
Duch kelibdi bo‘riga. 
Ma’rasa ham qancha u, 
Bilishmabdi do‘stlari. 
Maza qilib och bo‘ri, 
O‘yib yebdi ko‘zlarin. 
Bobolar bu haqda der: 
“Bo‘linganni bo‘ri yer”.
Ushbu masaldagi asosiy xulosa masal oxirida berilgan qissadan hissada, 
ya'ni ota-bobolarimiz yaratib, bizga nasihat sifatida qoldirgan „Bo‘linganni bo‘ri 
yer" hikmatida o‘z ifodasini topgan. Bu hozirgi kunda maqol tusini olgan. Shoir 
esa bundan juda ustalik bilan foydalangan. 
Chumoli va Tipratikan" masali esa nasriy turga mansub bo‘lib, unda 
Chumoli timsoli orqali bolalar halollikka o‘rgatiladi, har bir narsani, u katta yoki 
kichik bo‘lishidan qat'iy nazar, so‘rab olishga, egasining ruxsati bilan 
foydalanishga da'vat etiladi. Masalni o‘qishda bolalar Tipratikan timsoliga 
tanqidiy nazar bilan yondashadilar, agar o‘zining hayotida biron-bir shunday 
holat-voqea yuz bersa, uni boshqa takrorlamaslikka o‘rganadilar. 
Masalning, avvalo, ixchamliligi, tilining qisqa va lo‘ndaligi, soddaligi, 
o‘tkirligi va xalqchilligi bola hissiyotiga qattiq ta'sir qiladi. Bular o‘quvchilar 
nutqini o‘stirishda ham muhim material hisoblanadi. Masal qahramonlarining 


257 
xatti-harakatlari, fe'1-atvorlari, nutqiy o‘ziga xosliklari o‘quvchining diqqatini 
o‘ziga jalb qiladi. O‘quvchi masalni o‘rganish orqali quyidagi xulosaga keladi: 
Halol boylik qilar sheryurak, 
O‘g‘irlik mol qilar jonsarak. 
Masalni o‘rganish jarayonida o‘quvchilarga quyidagi savollar bilan 
murojaat qilish mumkin: 
1. Masal nima haqida boradi? 
2. Badnafs so‘zini qanday tushundingiz? Uning o‘rnida yana 
qanday so‘z ishlatish mumkin? 
3. Masaldagi maqolning ma’nosini ayting? 
O‘quvchilar bu savollarga javob berish orqali matn mazmunini to‘liq 
o‘zlashtiradilar, xulosa chiqarishga o‘rganadilar.
“O‘jar Toshbaqa” masalidaToshbaqaning injiqliklari gapga kirmasligi, 
onasini ranjitishlari ifoda etilgan. Masalni o‘qishda quyidagi savollar bilan 
o‘quvchilarga murojaat qilish mumkin: 
Masalda nima haqida gap boradi? 
Yosh toshbaqa nima deb janjal qildi? 
Nima uchun yosh toshbaqa onasidan uzr so‘radi? 
Masal mazmuniga mos qanday maqol va topishmoqlar bilasiz? 
Shuningdek, matndan ona nasihati berilgan o‘rinlarni topib o‘qittirish ham 
o‘quvchilarning matn mazmunini yaxshi o‘zlashtirishlariga va masaldan to‘g‘ri 
xulosa chiqarishlarida yaxshi samara beradi. Uyga vazifa masal mazmuniga mos 
rasm chizish topshriladi. 
Bu masallarning qahramonlarining barchasi hayvonlar: buzoqcha, chumoli, 
tipratikan, toshbaqa, chayon. Majoziy qahramonlarni tanlashda ham yozuvchi 
har bir hayvonning xususiyatidan kelib chiqadi. Masalan, buzoqchalar arqondan 
bo‘shatib yuborilsa, shataloq otib, uzoq-uzoqlarga ketib qoladi. Qaysar 
buzoqcha ham to‘dasidan ajralib, bo‘riga duch keladi, ya'ni ko‘ngilsiz voqea yuz 
beradi. Buzoqcha orqali onasidan uzoqlashib ketgan bolalar, vatanidan yiroqda 
turli kulfatlarga duch kelayotgan kishilar nazarda tutilgan. 


258 
„Chumoli va Tipratikan" masalidagi majoziy qahramonlar ham aslida 
jamiyatimiz a'zolaridir. Chumoli hayotdagi halol, pok, to‘g'riso‘z insonlar 
bo‘lsa, tipratikan o‘g'ri, qallob birovning ustidan kuladigan kishilar timsolidir. 
„O‘jar Toshbaqa" masalidagi Toshbaqa hayotdagi o‘jar, qaysar, o‘z 
bilganidan qolmaydigan, ko‘ngli tusaganini qiladiganlar timsolidir. 
2-sinf ,,O‘qish kitobi"da berilgan ,,O‘roq va Kombayn" masalida o‘roq va 
kombayn asar qahramonlari qilib olingan. Ularning munozarasi orqali 
texnikaning afzalligi: kam vaqt sarflab, samarali natijaga erishish mumkinligi 
hamda ularning ahil bo‘lib, birgalikda mehnatga bel bog'lashlari kabi g'oyalar 
ilgari suriladi. Oddiy predmetlar tilga kiradi. Insonlar tomonidan aytiladigan 
texnika va ish qurollari haqidagi gap-so‘zlar bevosita predmetlar tilidan beriladi. 
Masalan, Kombayn o‘roqqa yaqinlashib: 
-Ha, O‘roq buva, nima bo‘ldi sizga?-dedi. 
-Hech narsa, shunchaki o‘zim, seni ko‘rib, avvalgi vaqtlar esimga tushdi. 
Mana shu yerdagi bug‘doyni necha kunlar davomida zo‘rg‘a o‘rardim. 
O‘raverib-o‘raverib qaddim yoydek bukilib ketgan,-deydi 
Ko‘rinadiki, o‘quvchi oddiy ish quroli o‘rnini texnika egallaganini his 
qiladi va shunday xulosaga keladi: 
Ahillik bor joyda qut-baraka bo‘ladi.
Boshlang'ich sinflarda masalni o‘rganayotganda bolalarni masalni ifodali 
o‘qishga va uning mazmunini qisqa, ba'zan bir necha so‘z bilan aytib berishga, 
ayrim qatnashuvchilarning xarakterli xususiyatlarini aniqlab, o‘zaro qiyoslashga 
o‘rgatish muhim ahamiyatga ega. 
Masalning allegorik mazmuniga to‘xtalmasdan, bosh qahramon qiyofasini 
tahlil qilishga kirishiladi. 1-sinfda bolalar masalni hayvonlar haqidagi ertakka 
o‘xshash kulguli asar kabi qabul qilsalar, 2-sinfdan boshlab ular masaldagi 
hayvonlaraing xatti-harakati, o‘zaro munosabatlari ba'zan kishilar hayotida ham 
uchrashini, masal axloqiy bilim beradigan hikoya ekanini, ko‘proq she'riy tarzda 
bo‘lishini, unda kishilardagi ayrim kamchiliklar tasvirlanishini bilib ola 
boshlaydilar. 


259 
Masallarda yashiringan o‘tkir kinoya, voqealarning tez-tez o‘rin almashinib 
turishi uni bir maromda o‘qishga xalaqit beradi. Shuning uchun ifodali o‘qishga 
yetarli malaka hosil qilmagan o‘quvchi avval matn bilan yaxshilab tanishib 
chiqishi lozim. 
Masalan tahlil qilinayotganda, voqea rivojini jonli tasavvur qilish, 
obrazlarni aniq idrok etishda o‘quvchilarga yordam berish zarur. Chunonchi, 
ularga ayrim epizodlarni so‘z bilan tasvirlash, ba'zilariga o‘qituvchi yordamida 
tavsif berish, ishning oxirgi bosqichida rollarga bo‘lib o‘qish kabilarni tavsiya 
qilish maqsadga muvofiq. Qahramonlarga tavsif berishda uning xatti-harakati 
bilan birga, tilning o‘ziga xos xususiyatlaridan ham foydalaniladi. Masalni 
ifodali o‘qishga tayyorla-nishda uning sujetini bilish bilan birga, muallif tilini 
yaxshi tushunish zarur. 
4-sinf ,,O‘qish kitobi"da berilgan Sh. Sa'dullaning „Laqma it" masalida it 
markaziy timsol sanaladi. Mushuk, sigir, xo‘roz, tovuq va kurkalar timsolini it 
birlashtirib turadi. Shuning o‘ziyoq it xarakterini ochish uchun uning atrofidagi 
timsollarning xarakter xususiyatini bilishni talab etadi. 
Mushukning it haqidagi so‘zlarini matndan toptirib o‘qitish itning 
xususiyatini ochib beradi: 
Ajab bo‘ldi .... uy qurmading. 
O‘z va'dangda sen turmading. 
Yozi bilan laqillading. 
Meni ko‘rsang akillading.
Sigirning it haqidagi quyidagi so‘zlarini ham matndan topib o‘qitish orqali 
itning boshqa xususiyati ochiladi: 
— Menga bundoq hiyla qilma 
Sigirlarni axmoq bilma.... 
Uyda yotding oyoq cho‘zib 
Sog'in sutni hadeb buzib.
So‘ng o‘quvchilarga itga xos xususiyatlarni ochuvchi so‘z va iboralarni 
toptirib ayttiriladi. Shu tariqa o‘quvchilar o‘qituvchi yordamida itga tavsif 


260 
beradilar. So‘ng boshqa timsollar ustida ishlanadi. Bunda taqqoslash usulidan 
foydalaniladi. Mushukning yaxshi xislatlari sanaladi. Bu kabi tavsiflar sigir, 
xo‘roz, tovuq, kurkalarga ham beriladi. Qahramonlarga tavsif berish matn ustida 
ishlash orqali amalga oshiriladi. Yozuvchi foydalangan til vositasida o‘quvchilar 
qahramonlarga tavsif berishga o‘rganadilar, ularning tili ham yangi so‘zlar bilan 
boyiydi. O‘quvchilarni tavsif berishga o‘rgatish uchun o‘qituvchining o‘zi 
qahramonni xarakterlovchi so‘z, iboralarni tavsiya qiladi. Ular ichiga masaldagi 
timsollarga xos bo‘lmagan xususiyatlarni ifodalovchi so‘z, iboralar kiritib 
qo‘yiladi. O‘quvchi ular ichidan mosini tanlab olish jarayonida mantiqan 
fikrlaydi. Bu so‘z va iboralar esa bolalar nutqiga ko‘chadi. 
4-sinf ,,O‘qish kitobi"da berilgan “Baqa bilan Taqa” (Aziz Abdurazzoq) 
masalida baqa timsoli orqali yozuvchi o‘ziga mos bo‘lmagan, o‘ziga to‘g'ri 
kelmaydigan narsalarni orzu qilish va bu orzuni amalga oshirishda 
boshqalarning 
maslahati, 
nasihatiga 
quloq 
solmay, 
o‘z aytganidan 
qaytmaydigan, o‘jar kishilarni tanqid ostiga oladi. Baqa otlar kabi taqa bilan 
tovush chiqarib yurishni, yurganda yerni jaranglatib, odamlarga bu dunyoda 
o‘zining borligini bildirib yashashni istaydi. U taqachining „Taqani o‘ylama, uni 
otga chiqargan, senga taqa qoqsam, sakrashdan mahrum bo‘lasan... Sen taqa 
bilan yo‘rg'alay olmaysan. Yo‘rg'alashni ham otga chiqargan", „Sen borligingni 
bildirib yurmoq-chi bo‘lsang, sayrab yuraver" deyishlariga quloq solmaydi. Bu 
o‘jarlik uning boshiga kulfat keltiradi: suv tagiga cho‘kib ketadi. Yonidagi 
baqalar bo‘lmaganda halok bo‘lishi ham tayin edi. Kech bo‘lsa ham baqa 
xatosini anglab yetadi, taqachi oldida xijolat chekadi. Bu holatlar o‘quvchini o‘z 
hayotiga, xatti-harakatiga bir nazar tashlashga undaydi. Ular o‘z tengqurlari kabi 
yashash kerakligini anglaydilar. 
Shunday qilib, masal ustida ishlash quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: 
— masal mazmunini aniq idrok etish; 
— kompozitsiyasi, qatnashuvchilarning xarakteriga mos xususiyatlarini, 

Download 5,58 Mb.
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   163




Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Masal janridagi asarlarni o‘qitish metodikasi

Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish