Topishmoqlar narsa yoki hodisalarning ataylab yashirilgan belgisi, shakli,
xatti-harakati, holati va vazifasini boshqa narsa yoki hodisalarga qiyoslash
267
asosida topishga asoslangan she'riy yoki nasriy tuzilishdagi savol va
topshiriqlardir. Topishmoqlar xalq turmushi bilan chambarchas bog'liq holda
yaratiladi. Ularning zaminida kishilarning qadimiy e'tiqod va tasavvurlari,
olamni bilish va idrok etishga bo‘lgan intilishlari yotadi.
Topishmoqda yashirilgan narsalar uning javobi hisoblanadi. To-
pishmoqning javobini topish uchun topishmoq matnini e'tibor bilan o‘qish,
nimaga ishora qilinayotganligini fahmlash, topishmoqning asosiy xususiyat va
belgilari aynan nimaga qaratilganligini taxmin qilish bilan ham topishga harakat
qilish kerak.
Topishmoq o‘quvchilarni topqirlik va hozirjavoblikka o‘rgatadi. Shu
sababli xalq og'zaki ijodining bu janridan darsliklarda ham keng qo‘llanilgan.
1—2-sinf „O‘qish kitobi" da topishmoqlar ko‘proq, har bir matn ostida
keltirilgan. Bundan ko‘zlangan maqsad matn mazmunini topishmoqlar asosida
ham o‘zlashtirilishiga erishishdir. Masalan, 1-sinf “O‘qish kitobi” da “Kitobga
mehr” matni ostida „Qat-qat qatlama, Aqling bo‘lsa tashlama" topishmog'i
keltirilgan va mavzuga juda mos tanlangan. Topishmoqlar bunday shaklda
berilganda ularning javobi oson topiladi. 1-4-sinf o‘qish darsliklarida
“Topishmoqlar” mavzusi ostida har xil topishmoqlar ham berilgan bo‘lib, ular
o‘quvchilarning topqirligini yanada oshiradi, tafakkurini o‘stiradi. 2-sinf
“O‘qish” darsligida topishmoq javoblari ularning ostiga yozib qo‘yilgan yoki
rasmlar orqali berilgan.
Osti tosh, usti tosh
O‘rtasida jonli bosh. (Toshbaqa)
Zuv-zuv borar, zuv-zuv kelar,
Doston o‘qir, g‘alvir to‘qir. (O‘rgimchak)
To‘rttir uning oyog‘I,
Temir mixli tuyog‘i.
Manzilga yetishtirar,
Toshdan qattiq tuyog‘i. (ot)
Yorug‘i bor, dovrug‘i bor,
268
O‘zi yo‘q, ovozi bor. (Momaqaldiroq)
3-4-sinflarga o‘tgach esa javoblar qayd etilmagan. Buning sababi shuki, bu
davrga kelib o‘quvchilar topishmoqlar ustida ishlash ko‘nikmalarini hosil qilgan
bo‘ladi.
Topishmoqlar bolalar shoirlari tomonidan ham yaratilib kelinmoqda.
Bunday topishmoqlar sho‘x, qiziqarli bo‘ladi. Masalan, 4-sinf “O‘qish kitobi”
da “Buni toping, qizlarim” (G'. G'ulom) topishmoqlari keltirilgan.
O‘tda yonmaydi,
Suvda botmaydi.
Ayoz bobo novvot sotdi,
Olgan edim qo‘lim qotdi.
Osmondan par tushadi,
Par emas zar tushadi.
Eritadi muzni
Qamashtirar ko‘zni.
“Chiq-chiq” ishlab tolmaydi,
Tunda uxlab qolmaydi.
Pichoq kessa qon chiqar,
Po‘choq ketsa don chiqar.
Bolalarni nutqini o‘rgatishda topishmoqlar alohida o‘rin tutadi.
Ma’lumki, topishmoqlar narsa yoki hodisalarning qisqacha ta’rifi bo‘lib
hisoblanadi. "Topishmoq, — deb yozadi adabiyotshunos M. Abdurahmonov, —
narsa yoki voqelik tushunchasini ongli ravishda yashirishga, sir tutishga
asoslangan kichik poetik asardir".
Topishmoqlarda insonning turmushi bilan bog‘liq bo‘lgan, uning tevarak-
atrofdagi narsa va hodisalar, buyumlar, o‘simlik va hayvonot dunyosi kabilar
ta’riflanadi. Ko‘pincha topishmoqlarda narsa va hodisalarning hajmi, shakli,
rangi, tovushi, mazasi, harakati kabi belgilari beriladi.
Topishmoq bolalarni obrazli va aniq so‘zlashga o‘rgatishni osonlashtiradi.
Topqirlik, aqliy faollik kabi holatlarini rivojlantirish imkonini beradi.
269
Maktab yoshidagi bolalar uchun tanlangan topishmoqlar sodda, qisqa va
tushunarli bo‘lishi kerak. Shu bois topishmoqlarni tanlashda o‘quvchilarning
yosh xususiyatlarini, ayniqsa, o‘zga tilni o‘zlashtirish imkonini hisobga olishi
lozim.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun tanlangan topishmoqlarda narsa va
hodisalarning eng muhim belgilari ifodalanishidan unumli foydalanish zarur.
Masalan, hayvonlar haqidagi topishmoqlarda bunday belgi ularning ovozi
hisoblanadi:
Vov-vov deydi, baqiradi,
Tug‘ishganin chaqiradi. (It)
Topishmoqlarni tanlashda, albatta, bolaning tarbiyasi va yoshi hisobga
olinishi kerak. Chunki umrida eshitmagan yoki ko‘rmagan narsasi haqida
aytilgan topishmoqni bola hech qachon topa olmaydi. Shuning uchun ham
topishmoqlar asosan, nomi o‘zlashtirib olingan narsa va hodisalar haqida boradi.
Topishmoqlar orqali bolalarning mavjud bilimlari mustahkamlanadi.
—Topishmoqlar o‘qish darsi mashg‘ulotida o‘tilayotgan mavzuga ham
muvofiq bo‘lishi kerak. Aks holda bolaning diqqati chalg‘iydi va ko‘zlangan
maqsadga erishish qiyin kechadi. Topishmoqlar ustida quyidagi tarzda ish olib
borgan ma’qul: topishmoqda ko‘rsatilgan narsa va hodisa belgilarini tushunib
olish, ya’ni tahlil qilish;
—bu belgilarni bir-biriga taqqoslash va umumlashtirish;
- aniqlangan belgilar asosida xulosa chiqarish, ya’ni topishmoqning javobini
topish.
Boshlang‘ich
sinf o‘quvchilari topishmoq matni ustida ishlashda
quyidagilarga e’tibor berishi lozim:
1. Ko‘pincha bolalar javob berishga shoshilib, topishmoqni oxirigacha
eshitmaydi, uni har tomonlama batafsil tushunib yetmaydi. Ularning diqqati
matndagi birorta belgiga bog‘lanib qoladi. Xulosani ular faqat shu yagona belgi
asosida, qolganlarini e’tiborga olmagan holda chiqaradilar. Topishmoqni topish
270
uchun muhim bo‘lgan belgi esa e’tiborga olinmaydi. Bunday vaqtda
topishmoqni topish qiyinlashadi.
2. Topishmoq yechishda uning ma’nosini bolalarning yaxshi tushunib olishiga,
izchillik va tartib bilan fikr yuritishiga harakat qilish kerak. Bunda fikr yuritish
tartibi quyidagicha bo‘lishi mumkin:
—umumiy ko‘rinishda nimani qidirishni aniqlash;
—qolgan hamma belgilarni aniqlash;
—taxmin qilinayotgan yechimni keltirish;
—aniqlangan belgilarni birlashtirish;
—xulosa chiqarish.
O‘qituvchi topishmoqlarni ifodali tarzda bayon etadi, bolalar aytilayotgan
narsa-buyumning hamma belgilarini eslab qolishlari uchun matnni qaytaradi.
Savollar yordamida bolalarning e’tiborini belgilarga va ular orasidagi aloqaga
qaratish kerak.
Bir narsa haqida turli topishmoqlar aytilishi bolalar lug‘atini boyitish
imkonini beradi.
Topishmoq topishni yengillashtirish uchun o‘qituvchi bolalarga topishmoq
yuzasidan quyidagicha savollar berishi mumkin:
"Topinglar-chi, bu mevami yoki sabzavotmi?
U qaerda o‘sadi?
Bu qanday faslda bo‘ladi?
Bu qaysi hayvon ekan?" kabi. So‘ng topishmoqni ifodali o‘qib, rasmga
qarab uning javobini topishni taklif qiladi. Masalan, "Stolni bezatish" o‘yinida
stol tasvirlangan rasm tanlab olinadi, idishlar hamda oziq-ovqat rasmlari va ular
haqida topishmoqlar tayyorlanadi. Topishmoqqa javob bo‘lgan rasmni
bolalarning o‘zlari tanlaydilar. Topishmoqni rasmga qarab topish uni topishda
yordamchi savollar berish yaxshi samara beradsh Ba’zan fasllarga bog‘liq
she’rlar, tez aytishlar, topishmoqlarni ham o‘rgatib borish kerak. Yuqorida
aytilganidek, bolalarni qiyin tovushlarni to‘g‘ri talafruz qilishga, topishmoqlar
orqali ularning fikrlash qobiliyatini o‘stirishga erishiladi. O‘quvchilarga:
271
Qishin-yozin bir xil kiyimda (Archa);
U tushganda dala-qir,
Kuladi qiqir-qiqir (Yomg‘ir) —
kabi kichik va qiziq topishmoqlarni o‘rgatish maqsadga muvofiqdir.
|