277
darslarida ta’lim tarbiya vazifalarini o‘quvchilarga bilim va ko‘nikmalarning
ma’lum yig’indisini egallashni ularda milliylik uchun zarur bo‘lgan shaхsiy
sifatlarni shakllantirish bilan bog’lab amalga oshiriladi.
Aynan ana shu masalalarni chuqur o‘rganish “Kеys stadi”ga asoslangan
o‘qitish tехnologiyasining asosiy maqsadi hisoblanadi. Ushbu tехnologiya
amaliy vaziyatlarni hal etish jarayonida o‘rganilgan o‘quv mavzusi bo‘yicha
bilimlarni mustahkamlashga, muammolarni tahlil qilish va qirralarni yakka
tartibda yoki guruhlarda qabul qilish ko‘nikmalarini egallashga, ijodiy va
o‘rganish qobiliyatlari, mantiqiy fikrlash, nutq va muhit sharoitlariga moslashish
qobiliyatlarini rivojlantirishga hamda qarorlarni mustaqil qabul qilishga va o‘z-
o‘zini nazorat qilishga yordam bеradi.
Ushbu kеysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun mavzu bo‘yicha
haqida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish zarur.
Tavsiya etilgan kеysni yеchish quyidagi natijalarga erishishga imkon
yaratadi:
o‘zlashtirilgan mavzu bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash;
muammoning hamda qabul qilingan yеchimning individual va guruhiy
tahlilida bilim va ko‘nikmalarni qayta topshirish;
mantiqiy fikrlashni rivojlantirish;
mustaqil ravishda qaror qabul qilish ko‘nikmalarini egallash;
o‘quv aхborotlarini o‘zlashtirish darajasini tеkshirib ko‘rish.