Doston topishmoq, tеz aytish, maqol janridagi asarlarni o‘qitish




Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/163
Sana12.01.2024
Hajmi5,58 Mb.
#136140
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   163
Bog'liq
12590 2 CE8BD3CE1F03505534B64BE6967001D373895E4B

 
8.6. Doston topishmoq, tеz aytish, maqol janridagi asarlarni o‘qitish 
mеtodikasi 
O‘zbek xalqi og‘zaki ijodi juda uzoq tarixga ega. Og‘zaki ijodning 
qadimdan shakllangan janri dostondir. U eng murakkab, yirik va keng tarqalgan 
shakllardan hisoblanadi. «Doston» so‘zi «qissa», «hikoya», «ta’rif», «maqtov», 
«shon-shuhrat», «sarguzasht» ma’nolarida ishlatiladi. Adabiy atama sifatida 
yirik hajmli, liro-epik asarlarni anglatadi. Dastlab xalq og‘zaki ijodida 
shakllangan bu janr keyinchalik yozma adabiyotda ham salmoqli o‘rin tutgan. 
Xalq dostonlari maxsus ijrochilar tomonidan kuylangan. Ular hozir ham 
baxshi, oqin, shoir nomlari bilan ataladi. Xalq dostonlarining matni nazmiy va 
nasriy parchalardan iborat bo‘lib, mavzusiga ko‘ra xilma-xildir. Xalq dostonlari 
quyidagi turlarga bo‘linadi: 
1. Qahramonlik dostonlari;
2. Jangnoma dostonlar;
3. Ishqiy-romantik dostonlar;
4. Tarixiy dostonlar;
5. Kitobiy dostonlar. 
Xalqning qahramonona kurashlari qahramonlik dostonlarining paydo 
bo‘lishiga sabab bo‘lgan. «Alpomish», «Yodgor» kabi xalq qahramonlik 
dostonlarida fantaziya va romantik tasvirning kuchli bo‘lishiga qaramay, 
ularning asosini xalq hayoti va kurashi, uning orzu-armonlari tashkil etadi. 
Xalqqa 
xos 
insonparvarlik, 
vatanparvarlik, 
qahramonlik, 
mardlik, 
mehnatsevarlik, do‘stlik va sadoqat kabi oliyjanob fazilatlar xalq dostonlaridagi 
qahramonlar obrazida mujassamlashgan. 
Boshlang‘ich sinf o‘qish darsliklarida doston janriga kam o‘rin berilgan. 3-
sinf «O‘qish kitobi» da «Alpomish», «Rustamxon» dostonlaridan parchalar 
berilgan bo‘lsa, 4-sinfda M. SHayxzodaning «Toshkentnoma» dostoni 
keltirilgan. 


265 
3-sinfda o‘quvchilarga doston haqida beriladigan ma’lumot «Rustamxon» 
dostoniga bog‘liq holda bayon etiladi. Darsda o‘qituvchi doston haqida quyidagi 
ma’lumotlarni beradi: 
«Doston ham xalq og‘zaki ijodining bir turidir. Dostonda xalq hayoti
kurashi va orzu-umidlari aks etadi. O‘zbek xalq dostonlarida voqea-hodisalar 
she’riy va nasriy yo‘l bilan ifoda qilinadi, qahramonlarning xususiyatlari, xulq-
atvori, ichki kechinmalari va harakati ba’zan baxshi nutqida, ba’zan dostonda 
qatnashuvchilar nutqida aks etadi. Dostonlarda voqealar ma’lum tartibda 
beriladi: avval qahramonlarning yoshlik chog‘lari, xulq-atvori, keyin voqealar 
hikoya qilinadi». 
Boshlang‘ich sinflarda dostonlardan berilgan parchalarda, asosan, 
qahramonlarning bolalik davri aks etgan epizodlar keltiriladi. Bunda bolalarni 
qahramonlikka, Vatanga sadoqatli bo‘lishga chorlovchi voqealar tasvirlanadi. 3-
sinf darsligidan o‘rin olgan «Rustamxon», «Alpomish» dostonlari xalq og‘zaki 
ijodi mahsuli bo‘lganligi uchun muallif haqida ma’lumot berilmaydi. Faqat bu 
dostonlar o‘rganiladigan darslarda dostonni qo‘shiq qilib aytadigan baxshilar 
haqida ma’lumot berish mumkin. 
Qahramonlik dostonlari tahlilida voqealar rivojiga, qahramonlar hayotiga 
alohida e’tibor qaratiladi. Dostondagi mubolag‘a, favqulodda yuz beradigan 
vaziyatlar aniqlanadi, doston qahramonlariga tavsif berish va tarbiyaviy xulosa 
chiqarishda o‘quvchilarning mustaqil mulohaza yuritishlari uchun sharoit 
yaratiladi.
4-sinfda 
yozuvchi 
Maqsud 
SHayxzoda 
tomonidan 
yaratilgan 
«Toshkentnoma» nomli dostoni o‘rganiladi. Bu dostonni quyidagi tartibda 
o‘rganish mumkin:
1. 3-sinfda doston haqida olingan bilimlar esga olinadi va to‘ldiriladi.
2. Dostonni o‘qishdan oldin uning muallifi - Maqsud SHayxzoda haqida 
ma’lumot beriladi. 
3. O‘qituvchi dostonni ifodali o‘qib beradi. 


266 
4. Doston yuzasidan dastlabki suhbat o‘tkaziladi. Suhbatda o‘quvchilarga 
quyidagi savollar bilan murojaat qilinadi: «Doston qaysi shahar haqida ekan?», 
«Dostonni o‘qish orqali Toshkent shahri haqida yana nimalarni bilib oldingiz?» 
va hok.
5. Doston qismlarga bo‘linib, o‘quvchilarga o‘qitiladi.
6. Doston mazmuni to‘liq qayta hikoya qildiriladi. Bunda bir o‘quvchi 
mazmunni gapirib berishi yoki bir necha o‘quvchi ketma-ket davom ettirishi 
mumkin. 
7. Doston matni ustida ishlashda dostondagi badiiy vositalarga e’tibor 
qaratiladi, asar mazmuni yuzasidan savol-topshiriqlar tuzish, dostonning ba’zi 
epizodlariga rasmlar chizdirish, dostonga reja tuzish kabi ish turlaridan 
foydalaniladi. 
8. Umumlashtiruvchi suhbat o‘tkaziladi. Bunda «Toshkentda uch fasl yoz», 
«Osiyoning qo‘ynida yashil shahar bor» kabi gaplarni o‘quvchilar qanday 
tushunganliklari so‘raladi.
Yuqoridagilarni hisobga olib, dostonni o‘rganish darsining qurilishi 
quyidagicha bo‘lishi mumkin: 
1. Tayyorgarlik ishlari (bunda doston xususiyatlari va qaysi sinfda 
o‘qitilishiga mos ravishda ish turlari tanlanadi); 
2. Dostonni o‘quvchi ifodali o‘qishi yoki baxshi aytganini eshittirish; 
3. Dostonni qismlarga bo‘lib o‘qish; 
4. Doston mazmunini tahlil qilish; 
5. Dostonda o‘quvchilar tushunishi qiyin bo‘lgan so‘z va so‘z 
birikmalarining ma’nosi ustida ishlash; 
6. Dostondagi badiiy san’atlar ustida ishlash; 
7. Dostonni qismlarga bo‘lish va reja tuzish; 
8. Dostonni to‘liq qayta hikoyalash; 
9. Umumlashtiruvchi suhbat.

Download 5,58 Mb.
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   163




Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Doston topishmoq, tеz aytish, maqol janridagi asarlarni o‘qitish

Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish