250
ma’nosining satrlar, so‘zlar zaminida yashirin berilishi anglab yetilmaydi.
Buning oqibatida o‘quvchilar she’rdagi obrazlilikning mag‘zini chaqa
olmaydilar. Vaholanki, har qanday asar zaminidagi yashirin ma’noni o‘qish
mehnattalab ishdir. Busiz hatto adabiy ta’limning
maqsadi ham amalga
oshmaydi.
SHe’riy ohangni his qilmaslik, matn so‘zlarini to‘la tushunib yetmaslik
she’r yodlashni zerikarli mashg‘ulotga aylantiradi. Ma’nosi anglanmagan matnni
yodlash oson kechmaydi. Buni deyarli barcha sinflarda o‘rganiladigan
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi” misolida ko‘rish mumkin.
Ma’lumki, madhiya kichik yoshdagi bolalarga mo‘ljallab maxsus yaratilmaydi.
Binobarin, uning matnidagi “hur o‘lka”, “to abad”, “ilmu fan”, “shuhrating”,
“ajdodlar”, “mardona ruhi senga yor”, “o‘chmas iymoni”, “istiqlol mash’ali”,
“tinchlik posboni”, “haqsevar ona yurt”, “mangu bo‘l obod”, “jo‘sh urgan” kabi
ko‘pdan-ko‘p so‘zlar, iboralar o‘quvchilarga izohlab tushuntirilmasa, ta’limdan
ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi.
4-sinfda Q. Hikmatning
“Qish to‘zg‘itar momiq par” she’rini o‘rganishda
albatta tabiat manzaralarini izohlash talab etiladi. SHe’rni o‘qishdan oldin unda
tasvirlangan yil fasllari haqida suhbat o‘tkaziladi yoki she’r mazmunini
tushunish uchun o‘quvchilar bilishi lozim bo‘lgan voqealarni o‘qituvchi
qisqa
qilib aytib beradi.
Ma’lumki, qish fasli go‘zal ko‘rinishi bilan odamda yoqimli tuyg‘ular
uyg‘otadi. Qishda bolalar chana uchish, qorbobo yasash, qorbo‘ron o‘ynashdan
olam-olam zavq oladilar. Qishdagi sof va toza havogina emas, oppoq qorga
burkalib turgan daraxtlar, dala-bog‘lar kishida ajib bir kayfiyat uyg‘otadi.
“Qish to‘zg‘itar momiq par” (Qudrat Hikmat) she’rini o‘rganish
jarayonida agar qor yog‘magan bo‘lsa, ayni manzara tasvirlangan rasmlardan
foydalanish ham mumkin. Qish fasli haqida gapirilar ekan, albatta, “kumush”
sifati qo‘shib aytiladi. Bu shu fasl hukmronligi
davridagi manzaraga, qorning
oppoq bo‘lib tovlanishiga, ko‘zlarni qamashtirishiga ishoradir. Ushbu she’rni
o‘rganish darsi dastlab o‘quvchilarning qish fasli haqidagi tushunchalarini
251
aniqlashdan boshlanadi. Qishning o‘ziga xos belgilari, qishda o‘ynaladigan
o‘yinlar, qish manzarasi yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi. O‘quvchilarning
qish faslida sovuq bo‘lishi tufayli ayrim qushlarning o‘lkamizni
tark etib
janubga uchib ketishlari, qishda sovuqqa mos issiq kiyimlarning kiyilishi
haqidagi tushunchalari aniqlashtirilib, to‘ldiriladi. SHundan so‘ng o‘qituvchi
she’rni ifodali o‘qiydi.
Boshlang‘ich sinflarda ko‘rgazmali ta’limning asosiy shakli she’rni ifodali
o‘qish hisoblanadi. Lirik she’rni ham o‘quvchilar hayajon bilan yaxlit idrok
etishlariga erishish muhim. Shuning uchun she’r birinchi marta o‘qilganda, hech
qanday tushuntirish berilmaydi. She’r o‘quvchilarga qanday ta’sir qilganini
hisobga olish, bilish zarur. O‘qituvchi she’rni shunday ifodali o‘qishi kerakki,
bolalar uning
asosiy mazmunini anglasinlar, ularga jonli so‘z kuchliroq ta’sir
etsin. So‘ngra she’rni mustaqil o‘qish topshiriladi. O‘qish oddiy bo‘lishi kerak.
O‘qiyotganda tabiiy zavq-shavq, shodlik, xursandlik, qahr-g‘azab hissini
qichqiriq ovoz bilan soxta ifodalashga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Bolalar she’rni
o‘qiganda, she’riy satrga rioya qilishlari kerak, bu jarayonda ularning she’r
ritmini buzmasliklariga erishish kerak.
O‘quvchilar she’r matnini mustaqil o‘qiyotganlarida doskaga ma’nosi
izohlanadigan so‘zlar yozib qo‘yiladi. Masalan,
“Qish to‘zg‘itar momiq par”
she’ri o‘rganilganda
“to‘zg‘itar”, “momiq par”, “oq namat”, “nazdimda”,
“zarra” so‘zlari izohlanadi. SHundan so‘ng, she’r o‘quvchilarga
navbat bilan
o‘qittiriladi, uning mazmuni yuzasidan savollar asosida suhbat o‘tkaziladi. Unda
quyidagicha savollar berilishi mumkin:
“SHe’rda qaysi fasl tasvirlangan