244
Har bir guruhga tegishli vazifalar alohida-alohida aytiladi.(bular
ijodiy
daftarda ishlash, diafilmlar tuzish, matndan bosh g‘oyalarni
ajratib yozish,
ertakdan olgan taassurotlari asosida rasm chizish va h.)
Darsni xulosalash.
Bu darsdan qanday yangilik o‘rgandingiz?
Sizga nima yoqdi?
Nima sizga yoqmadi, siz qanday bo‘lishini xohlar edingiz?
Demak dars yakunida ertak g'oyasiga mos shunday xulosaga kelinadi:
„Boshingga qilich kelsa ham to‘g'ri gapir". O‘quvchilar ushbu maqol mazmunini
tushunib olishsa, o‘zlari ham yuqoridagi kabi ertak tuzib, hikoya qilib berishlari
mumkin.
So‘z ma'nolari ustida ishlashda boshlang'ich sinf o‘quvchilariga mos
bo‘lgan usullardan yana biri rasmdan foydalanishdir. Masalan, 2-sinfda
„Ko‘ngilchan o‘tinchi" ertagida
qayin, eman, shumtol, zarang, zirk, tog'terak,
qarag'ay, qayrag'och, chinor kabi daraxt nomlari keltirilgan. Ularni bola ko‘z
oldiga keltira olmaydi. Ertakni o‘qishdan oldin shu daraxt rasmlarini ko‘rsatib,
uning o‘ziga xos xususiyatlarini izohlash va nomlarini aytish lozim. Shundan
so‘ng didaktik o‘yin o‘tkaziladi. Bunda daraxt rasmlari bolalarga bo‘lib beriladi.
Har bir o‘quvchi o‘ziga berilgan rasmdagi daraxtning
nomini aytishi va
ertakdagi shu daraxtning so‘zini o‘z so‘zlari bilan aytib berishi kerak bo‘ladi.
Shu ertakni o‘qib, mazmuni bilan tanishtirilgach, o‘quvchilardan
shaylanib,
ro‘parasida, sharbat, xayrli ish, xivchin, muhayyo so‘zlarining ma'nosi
so‘raladi. Javoblar to‘ldiriladi, umumlashtiriladi.
Ertak matni bilan ishlash jarayonida unda qo‘llangan badiiy vositalar.
jonlantirish, metafora, mubolag'alar ustida ishlash
ham muhim ahamiyat kasb
etadi.
Yuqoridagi barcha fikrlarni hisobga olganda, ertakni o‘rganish darslarining
qurilishi quyidagicha bo‘lishi mumkin:
Ertak bilan tanishtirish:
O‘quvchilarni ertakni idrok etishga tayyorlash;
245
O‘qituvchining ertakni ifodali o‘qishi, yod aytib berishi va hokazo.
Ertakni o‘quvchilar qay darajada idrok etganliklarini
aniqlash maqsadida
qisqacha suhbat o‘tkazish;
Ertakni qismlarga bo‘lib o‘qish va tahlil qilish;
undagi ayrim tasviriy
vositalar, ma'nodosh so‘zlarni topish, lug'at ishi (ayrim so‘zlar ma'nosini
tushuntirish);
Ertakni aytib berishga tayyorlanish (ichda o‘qish);
Ertakni so‘zlab berish;
Umumlashtiruvchi suhbat (ertak g'oyasini ochish);
Ma'lum topshiriq asosida ertakni qayta o‘qish (ijodiy va mustaqil ishlar);
Vazifani tekshirish va yakunlash;
Uyda ertakni o‘qib (yoki aytib) berishga tayyorlanish.